Toshkent farm atse vtikainstituti


Mahsulotning tashqi ko‘rinishi



Yüklə 243,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/139
tarix28.11.2023
ölçüsü243,18 Kb.
#133326
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   139
Dorivor o\'simliklar vetishtirish texnologiyasi va ekologiya Ahmedov

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. 
Tayyor mahsulot cho‘ziq 
tuxumsimon yoki lansetsimon, qisqa bandli, o ‘tkir uchli, arrasimon 
notekis qirrali bargdan iborat. Bargning uzunligi 8 sm gacha, eni
3 sm gacha bo‘lib, ustki tomoni to ‘q yashil, pastki tomoni esa och 
yashil rangda. Ikkinchi tartibdagi tomirlar yo‘g ‘on tonnrdan burchak 
hosil qilib chiqadi va uchlari bilan birlashib, barg chetida parallel 
chiziq hosil qiladi. Mahsulotning o‘tkir yoqimli hidi bor, mazasi 
tilni achitib, uzoq vaqtgacha muzdek qilib turadi.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 14%, umumiy kuli 14%, 10% 
li xlorid kislotada yerimaydigan kuli 6%, qoraygan barglar 5%, poya 
va gul aralashmalari 10%, teshigining diametri 3 mm li elakdan 
o ‘tadigan mayda qismi 5% (butun dorivor mahsulotlar uchun), 
organik aralashmalar 3% va mineral aralashmalar 1% gacha bo‘lishi 
kerak. Qirqilgan mahsulot uchun 10 mm dan yirik bo‘lakchalar 10% 
dan, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismi 
8% dan ortiq bo‘Imasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi. 
0 ‘simlik bargida 2,40-2,75%, gul to‘plamida
4-6%, poyasida 0,3% efir moyi bo‘ladi.
Qalampir yalpizning yangi naviari tarkibida 4-5% gacha efir 
moyi bor.


XI DF ga ko‘ra barg tarkibida (bargni saqlash davrida efir 
moyining uchib ketishmi nazarda tutgan holda) 1% dan kam efir 
moyi boTmasligi kerak.
Efir moyi 
0
‘simlikning yer ustki qismidan suv bug‘i yordamida 
hay dab olinadi. Moy tiniq rangsiz yoki och sariq suyuqlik boTib, 
hushbo‘y hidga va og‘izni uzoq muddatgacha sovitadigan o ‘tkir 
mazaga ega.
XI DF ga ko‘ra qalampir yalpizdan olinadigan efir moyiniig 
zichligi 0,900-0,910, refraksiya soni 1,459-1,470, qutblangan nur 
tekisligini og‘dirish burchagi - 18° ( - 20° - 32°), kislota soni 1,30 
gacha va efir soni 11,5 dan yuqori (4% dan kam boTmagan mentol 
atsetat murakkab efiriga to‘g ‘ri keladi) boTishi lozim.
Efir moyi sovitilsa, uning stearoptini - mentol kristali holida 
ajraladi. Moy tarkibida 41-70% mentol, 6-25% menton, pinen, 
limonen, dipenten, fellandren, sineol, pulegon, yasinin hamda 4-9% 
mentolning sirka, valeriana va boshqa kislotalar bilan hosil qilgan 
efirlari boTadi.
XI DF ga ko‘ra efir moyi tarkibida yerkin va murakkab efir 
holidagi mentolning umumiy miqdori 50% dan kam boTmasligi 
kerak.
Qalampir yalpiz tarkibida efir moyidan tashqari, 40 mg % 
karotin, gesperidin, evpatorin va boshqa fiavonoidlar, betain, 0,3% 
ursol va 0,12% oleanol kislotalar bor.

Yüklə 243,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə