Toshkent farmasevtika instituti


Belgiya ta‟lim tizimining o‟ziga xos xususiyatlari



Yüklə 275,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix24.12.2023
ölçüsü275,62 Kb.
#160594
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Toshkent farmasevtika instituti

Belgiya ta‟lim tizimining o‟ziga xos xususiyatlari 
 
№ 
Ta‘lim bosqichlari 
Yosh 

Boshlang‘ich maktab 
6-12 

O‘rta maktab 
12-16 

O‘rta kasbiy maktab 
16-18 

Oliy maktab 
18-23 
 


Maktabgacha ta‟lim 
Belgiyada MT 2,5 yoshdan boshlanadi. Ushbu belgilangan yoshga yetganda 
bolalarni MTga berishadi, shu sababli guruhdagi bolalar soni yil davomida 
o‘zgarib boradi. MT guruhlarining asosiy maqsadi: bolalarning bilish, bilim 
orttirish 
(kognitiv), 
kommunikativ 
va 
ijodiy 
qobiliyatlarini 
rivojlantirish 
hisoblanadi. Mashg‘ulotlar o‘yin shaklida olib boriladi. Maktabgacha ta‘lim 
majburiy ta‘lim dasturiga kiritilmagan bo‘lsada, Belgiyada tahminan 90%gacha 
bo‘lgan bolalar unda tahsil olishadi. Ko‘p hollarda maktabgacha ta‘lim 
muassasalar boshlang‘ich maktablarga uyg‘unlashgan bo‘ladi. 
Bolalar 6 yoshga etganda boshlang‘ich maktabning birinchi sinfiga o‘qishga 
kiradi.
Maktab 
Maktab ta‘limi davri 2 ta – boshlang‘ich va o‘rta maktab bosqichiga 
bo‘linadi. Boshlang‘ich maktab, o‘z navbatida, 3 ta 2 ta sinfli bosqichdan iborat. 
Bu davrda bolalar arifmetika, o‘qish, yozish, musiqa, tarix va ba‘zi boshqa 
fanlardan ta‘lim olishadi. Darslar 8.30 da boshlanib, 15.30 gacha davom etadi. Soat 
12.00 dan 13.00 gacha tushlik uchun tanaffus beriladi. Chorshanba kuni tushlikdan 
so‘ng, shanba va yakshanba kunlari dam olish kunlari hisoblanadi. 
Bryusseldagi flamand maktab dasturiga birinchi yoki ikkinchi sinfdan 
boshlab, fransuz tilini o‘qitish kiritilgan. Qolgan flamand maktablarining ko‘p 
qismida bu fan boshlang‘ich maktabning 3-bosqichida o‘rgatiladi. Mamlakatning 
fransuz tilida so‘zlashuvchi qismida o‘quvchining hohishiga ko‘ra ingliz yoki 
niderland tillari ham o‘rgatiladi. German tilida so‘zlashuvchi qismida fransuz tili 
majburiy tarzda o‘qitiladi. Shuningdek, Belgiyada, belgilangan ijtimoiy guruh 
(dengizchi va diplomatlar bolalari)ga yo‘naltirilgan qator xususiy maktablar ham 
faoliyat ko‘rsatadi. 
O‘quvchilar boshlangich maktabni tugatib, xuddi shunday 3 ta 2 yillik 
bosqichdan iborat o‘rta maktabga o‘tadilar. Bu bosqichda o‘quvchilar fanlarni 
ma‘lum guruhlar orasidan tanlashlari shart bo‘ladi va bu tanlov ma‘lum darajada 
ularning dars jadvalini aniqlab berishga asos bo‘ladi. Dars jadvalidan bu tanlangan 


fanlardan tashqari xamma uchun majburiy fanlar ham joy olgan. Masalan, davlat 
tili va jismoniy taribiya fanlari va hokazo. 

Yüklə 275,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə