|
Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi
|
səhifə | 67/85 | tarix | 11.05.2022 | ölçüsü | 1,01 Mb. | | #86521 |
| Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasiGeografik tarqalishi. Bu o'simlik O'rta Osiyoning (G'arbiy Tyan-Shan) tog'li tumanida tog' etagidan to o'rta qismigacha bo'lgan mayda toshli va toshli tog' qiyalarida o'sadi. O'zbekistonning Toshkent viloyatida uchraydi.
Mahsulot tayyorlash. O'simlik gullash davrida yer ustki qismi (yerdan 10-20 sm balandlikda) o'rib olinadi va soya yerda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Mahsulot poyaning yuqori serbargli qismi va gulto'plami aralashmasidan tashkil topgan. Poyasi to'rt qirrali, sertukli, uzunligi 25 sm, yo'g'onligi 0,5 sm gacha. Barglari bandli, cho'ziq-lansetsimon yoki chiziqsimon-lansetsimon, tekis qirrali, o'tkir uchli, qalin tukli, poyada qarama-qarshi o'rnashgan, uzunligi 15 sm gacha, eni 5 sm gacha. Gullari poyaning yuqori qismiga joylashgan barglar qo'ltig'ida doira shaklidagi to'pgulni hosil qiladi. Gultojisi ikki labli. Barglari oqish-kulrang, gullari ko'kimtir-pushti, hidi qitiqlovchi, mazasi achchiqroq.
Dostları ilə paylaş: |
|
|