Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə18/112
tarix26.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#131113
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o‘tkaziladi.

ON o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o‘tkaziladi.
Oliy ta'lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o‘tkazish jarayoni muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin.
Bunday hollarda YaN qayta o‘tkaziladi.
Talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
Fan bo‘yicha talabalarning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ya.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N( MI).-55+5 ball va O.N.-10 ball qilib taqsimlanadi.
Magistrlar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, magistrlarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) magistrantlarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
b) magistrantlarda bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari:
Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, xaqqoniylik, ishonchlilik va kulay shaklda baholashni ta’minlash;
v) fanlarning magistrantlar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
g) magistrantlarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
d) magistrantlar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish;
e) o‘quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyutrlashtirishga sharoit yaratish.
Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Magistrantlar bilimini 100 balli reyting tizimi orqali baholash fanlarni chuqur o‘zlashtirish, topshiriqlar va uy vazifalarga ijodiy yondashish, mustaqil fikrlash va ishlashni ko‘zda tutuvchi, umumiy o‘quv yuklamasini hisobga olish, o‘z bilimi va ko‘nikmalarini muntazam ravishda oshirishga intilish, hamda adabiyotlardan keng foydalanish kabi xususiyatlarni shakllantirishga erishiladi.
Magistrantlarning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash semestr (o‘quv yili) davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:
- joriy baholash (JB)
- talabalarning mustaqil ishi (TMI)
- oraliq baholash (OB)
- yakuniy baholash (YAB)
Har bir fan bo‘yicha talabaning semestr (yil sikl) davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimida baholanadi.
Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:



Baholash turi

Maksimal ball

Saralash ball

1

Joriy baholash

55

30,2

2

Talabaning mustaqil ishi

5

1,7

3

Oraliq baholash

10

5,5

4

YAkuniy baholash

30

16,5




JAMI

100

55

Magistrantlarning fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir baholash turlarida to‘plagan ballar yig‘indisiga teng bo‘ladi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə