Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə1/112
tarix26.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#131113
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI


TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI


MILLIY G‘OYA: O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY- IQTISODIY RIVOJLANISH STRATEGIYASI
FANIDAN O‘QUV USLUBIY MAJMUA

Toshkent – 2016


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI


TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI


IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI



TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha
prorektor, f.f.n Aliyev S.U
_________________
“___” _________2016_ yil



MILLIY G‘OYA: O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY- IQTISODIY
RIVOJLANISH STRATEGIYASI FANIDAN
O‘QUV USLUBIY MAJMUA

Toshkent - 2016
Tuzuvchilar:
N.S.Salimsakova - Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi


Taqrizchi:
Ikromjonov A. M. – TDSHI “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi” dotsenti
O’quv-uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika institutining soha uslubiy kengashning 2016 yil 15.06. dagi 15-sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.
Soha uslubiy kengashning kengash raisi ____________ K.K.Ismoilov
O’quv-uslubiy majmua MUK da ko’rib chiqildi va tasdiqlandi

__________ 2016 yil ______ sonli bayonnomasi


Kelishildi: Markaziy uslubiy kengash raisi __________ S.U.Aliyev




MUNDARIJA:

1.Ishchi dastur 4 bet


2.Sillabus 23 bet
3.Fanni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar. 30 bet
4.Nazariy mashg‘ulot materiallari 31 bet
5. Seminarlar uchun materiallar 100 bet
6.Keyslar banki 117 bet
7.Mustaqil ta’lim mavzulari 119 bet
8.Testlar 122 bet
9.Glossariy 136 bet
10. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 139 bet


Kirish
Mustaqillik yillari Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, bu sohada milliy g‘oyani ilmiy o‘rganish, o‘qitish va targ‘ib-tashviq qilishda salmoqli tajribalar toplandi. Ayni paytda, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, jamiyatimizda g‘oyaviy ta’lim-tarbiya samaradorligini yanada oshirish, xususan, bunda milliy g‘oyani o‘qitish izchilligi va uzluksizligini ta’minlash, bu boradagi ishlarni ta’lim tizimidagi har bir bosqichga moslab differensiyallashtirish, ya’ni o‘rta maktab, litsey(kollej) hamda bakalavriat, magistratura va katta ilmiy xodim-izlanuvchi bosqichlarida milliy g‘oya va mafkuraga doir qaysi masalalar qanday o‘qitilishini konkretlashtirish zaruriyati, ta’lim tizimida milliy g‘oya o‘qitilayotgan fanlarning dasturlarini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo qilmoqda. Mazkur o‘quv dasturi ayni shu ehiyojdan kelib chiqib, oliy ta’lim tizimida milliy g‘oya va mafkurani o’qitishni O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq yaratildi va unda magistratura bosqichida tayyorlanayotgan mutaxassis- kadrlarga milliy g‘oya va mafkuraning tub mazmun-mohiyatini, ularning nazariy- metodologik masalalarini chuqur o‘rgatish belgilandi.
Ishchi dasturni yaratishda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida - o‘rta maktab, litsey, kollej va bakalavriatlarda “Milliy istiqlol goyasi” fanini o’qitishning amaldagi dasturlari qiyosiy tahlil qilib chiqildi va oliy ta’limda ularning takrorlanishi bartaraf etildi. Ishchi dasturdagi mavzular Prezidentimiz I.Karimov asarlaridagi milliy g‘oya, ma’naviyat va mafkuraga doir yul-yuriq va ko’rsatmalar hamda “Milliy istiqlol mafkurasi asosiy konsepsiyasi” mazmuniga muvofiq tuzuldi. Ishchi dasturda talabalarning milliy g‘oyani o‘rganish bo’yicha ta’limning oldingi bosqichlarida olgan bilimlarini mantiqiy davom ettirish nazarda tutilib, ularning muayyan g‘oyaviy-mafkuraviy tayyorgarliklari hamda ixtisosliklari hisobga olindi va predmetning nazariy-metodologik jihatlari kuchaytirildi.



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə