Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə3/112
tarix26.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#131113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fanining o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatidan ketma-ketligi.
“Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi”fani boshqa ijtimoiy – gumanitar fanlar, hususan, arheologiya, etnografiya, numizmatika, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, falsafa, iqtisod, geografiya, demografiya kabilar bilan bevosita bog‘liq rolda o‘rganiladi. Fanlararo aloqalardan unumli foydalanish, o‘zaro uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash “Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi”fanining ta’lim – tarbiya beruvchi, ma’naviyat yuksaltiruvchi va inson kamolot hamda millat ravnaqini ta’minlovchi vazifalarini to‘laqonli amalga oshirishga xizmat qiladi.


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Fanni o‘qitishda mantiqiylik, tarixiylik, sistemalilik tamoyillariga amal qilish, ta’limni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar asosida tashkil etish, o‘quv jarayonida samarali ta’lim usullarini qo‘llash, xususan, darslarda “Aqliy xujum”, “Munozara”, “Bumerang”, “Klaster”, “Matbuot konferensiyasi” kabi metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq. O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
SHaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə