Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə7/112
tarix26.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#131113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Ma’ruza mashg‘ulotlari
I Bo‘lim. MILLIY G‘OYA:
Milliy g‘oyaning nazariy-metodologik asoslari. Milliy g‘oya va mafkura paradigmalarini shakllantirishning nazariy-metodologik masalalari. G‘oya va mafkura tushunchasining mohiyati, mazmuni, namoyon bo‘lish shakllari va rivojlanish xususiyatlari. Ideologiyaning tadqiqot ob’ekti va predmeti. Milliy ideologiyaning mazmun-mohiyati.Turli xil g‘oya va mafkuralarning tarixiy va nazariy asoslari. Islom Karimov asarlarida milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillarining asoslab berilishi. Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillarining mazmun-moxiyati. “G‘oya”,“mafkura , “milliy g‘oya” tushunchalarining nazariy asoslari va mamlakatimizga xos jihatlari. G‘oya va mafkuralarga turli xil karashlar va nazariyalar. Milliy g‘oyaning falsafiy, tarixiy asoslari. Inson va jamiyat hayotida g‘oya va mafkuraga bo’lgan talab-ehtiyojlar, ularning ob’ektivligi. Prezident Islom Karimov tomonidan “Mafkuraning xar qanday jamiyat xayotida zarurligi. Mafkura bo‘lmasa, odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar” ekanligining asoslanishi.
Milliy g‘oyadan ko‘zlangan maqsadlar va vazifalar. O‘zbekiston ijtimoiy hayotining mafkuralar va fikrlar xilma-xilligiga asoslanishi. Milliy g‘oyaning gumanistik mohiyati va demokratik xarakteri, uning xalq madaniy merosi va umume’tirof etilgan demokratik tamoyillarga tayanishi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim., aqliy xujum, T-sxemasi, o‘z- o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: A1;A2;A3; Q14; Q15 Q;A16;18;.


Jamiyat taraqqiyotining g‘oyaviy asoslari va mafkuraviy tamoyillari
G‘oya va mafkuralarni turkumlashtirish tamoyillari, ularning yo‘nalishlari. Milliy va umuminsoniy g‘oyalar, ularning rivojlanish xususiyatlari. G‘oyalarning harakatlantiruvchi motivlari va mexanizmlari. Milliy va umuminsoniy g‘oyalarning o‘zaro nisbati, ularning shakllanishi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Milliy g‘oyani shakllantirishda madaniy me’rosning o‘rni.Insoniyat xayotidagi dastlabki g‘oyaviy-siyosiy qarashlar: turli tarixiy ertak, doston, afsona va rivoyatlardagi g‘oyalar; “Veda” adabiyotlari - Upanishadlar, “Avesto”, “Tavrot(Injil)” va boshqa manbalardagi ma’lumotlar, ularning ijtimoiy-siyosiy moxiyati. Qadimgi Misr, Bobil, Xindiston, Xitoy, YUnoniston xamda Markaziy Osiyo xalqlari xayotida shakllangan g‘oya va mafkuralar, ularning davlat va jamiyat qurilishiga doir asosiy mazmuni. Milliy istiqlol g‘oyasi konsepsiyasining yaratilishi, uning ijtimoiy- falsafiy asoslari. Mustaqil O‘zbekistonda g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlarning rivojlanish xususiyatlari. G‘oya va mafkuraga munosabatlar evolyusiyasi. Milliy g‘oyani shakllantirishning ob’ektiv shart-sharoitlari va sub’ektiv omillari. “Konsepsiya” tushunchasi, uning mazmuni va maqomi. Prezident Islom Karimov - milliy istiqlol g‘oyasi konsepsiyasining asoschisi. (5 soat).Konsepsiyaning ijtimoiy- falsafiy mohiyati va nazariy-metodologik asoslari. “Milliy mafkura - davlatimiz va jamiyatimiz qurilishida biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai” asari.Konsepsiyaning tuzulishi, maqsadi va vazifalari. I.Karimov - milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasining mazmuni va maqsadlari haqida. Konsepsiyadagi asosiy masalalar tavsifi: milliy g‘oya va mafkuralar tarixi; xozirgi zamonda inson ongi va qalbi uchun kurash; O‘zbekiston taraqqiyoti va mafkuraviy muammolar; milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish masalalari, bu borada amalga oshirilgan nazariy va amaliy ishlar. Konsepsiyada yangi jamiyat qurilishiiga doir masalalar. YAngi jamiyat qurilishining g‘oyaviy-mafkuraviy masalalarini yoritish - milliy mafkurani shakllantirishning muxim sharti. G‘oyaviy-mafkuraviy ishlarda O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning mazmun-mohiyatini, uning kelgusi rivojlanish bosqichlarini haqqoniy yoritish vazifalari, buning ilmiy-amaliy ahamiyati.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim., aqliy xujum, T-sxemasi, o‘z- o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: A1;A2;A3; Q14; Q15 Q;A16;18;.19.



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə