Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə109/112
tarix26.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#131113
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Ma’naviyat, axloq - odob va ma’rifat mohiyatan mushtarak tushunchadir. Ma’naviyatni axloq - odobsiz va ma’rifatsiz, ma’rifatni esa ma’naviyatsiz va axloq - odobsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular o‘z tabiati va mohiyatiga ko‘ra botinan bir - biri bilan chambarchas uzviy bog‘liq hamda yaxlit tizimdir.
Milliy g‘oyaning umumbashariy tamoyillari - milliy mahdudlik, agressiv millatchilik va shovinizmdan xoli bo‘lish;

  • urush olovini yoqish, o‘zga millatlarga zulm o‘tkazishdan xoli bo‘lish, mamlakatlararo beqarorlikni vujudga keltirish vositasiga aylanmaslik;

  • adolat, tenglik, tinchlik, bunyodkorlik va demokratiya g‘oyalarini o‘zida ifoda ettirish;

  • jahon xalqlari yaratgan sivilizatsiya yutuqlarini asrash va keyingi avlodga etkazishda ma’naviy-ruhiy omil bo‘lish;

  • insoniyatga xavf solayotgan global muammolarning tahdidini keng tashviqot qilish va unga qarshi kurashda jahon xalqlari birligini vujudga keltirishga xizmat qilish;

  • diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini o‘zida ifodalash;

  • inson xaq-huquqlari, shaxs erkinligi va hur fikrlilikni himoya qilish;

  • qonun ustvorligini, millatlararo hamjihatlilikni va siyosiy barqarorlikni vujudga keltirish va mustahkamlashga asos bo‘lish;

  • har bir millatning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini hurmat qilish, ilg‘or tajribalarini o‘rganish va o‘z millati erishgan yutuqlarini ularga etkazish;

vayronkor va turli g‘arazli g‘oyalarga qarshi kurash va bunyodkor g‘oyalar rivojlanishining omili bo‘lish kabilardir. Ular o‘z mazmun va mohiyati jihatdan har bir milliy g‘oya uchun xos bo‘lgan umuminsoniy tamoyillardir.
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot g‘oyasining negizlari
Ozod Vatan – o‘z taqdirini o‘zi mustaqil hal etish huquqini to‘la ro‘yobga chiqara olgan millatning yashash makoni bo‘lib, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga, nufuziga va mavqeiga ega bo‘lgan mamlakatdir.
Obod Vatan – fuqarolari erkin va ozod yaratuvchanlik faoliyati bilan band bo‘lgan, to‘la ijtimoiy-siyosiy xavfsizlikda farovon hayot qurish ishtiyoqida yashayotgan hududdir.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə