Toshkent farmatsevtika instituti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə72/85
tarix21.05.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#111842
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85
Toshkent farmatsevtika instituti

1-masala. Dars jarayonida o‘quvchilar bilan to‘g‘ri muloqot o‘rnatilmadi. O‘quvchilar o‘zining o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizligi dars davomida yaqqol ko‘zga tashlandi.
Ana shunday jarayonda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotni qay tarzda tiklashi mumkin?
2-masala. Guruhingizda xulqi og‘ir sinfdoshingiz bor, uning hatti – harakatlari darsning bo‘lishiga yoki ko‘proq o‘qituvchilarning nasihatlari bilan dars yakun topadi. Bu kimlar uchundir quvonchlidir, yana kimlar uchundir qayg‘ulidir. Ushbu sinfdoshingizning hatti – harakatlarini qay tarzda to‘g‘rilash mumkin?
3-masala. Bitiruv kechasi chiroyli bo‘lishi uchun o‘quvchilarning ota-onalari va o‘qituvchilar bilan kelishilgan holda ma’lum miqdorda pul yig‘iladigan bo‘lishdilar. Lekin ushbu pul miqdori nafaqat sizni balki ba’zi o‘quvchilarning ota-onalari ham sharoiti ko‘tarmasligi tufayli majlisda ikkiga bo‘linish yuzaga keldi va bir qarorga kelisha olmadilar.
Ushbu jarayonda o‘qituvchi qanday yo‘l tutishi lozim?
4-masala. 5-sinf o‘quvchisi Akbar otasi vafot etgani sababli darsdan so‘ng onasiga yordamlashib, ukalariga qarar edi. SHu sababli u hamma darslari to‘liq bajara olmas edi. Tarix fanidan yangi kelgan o‘qituvchi Akbarni doskaga chiqardi. U dars tayyorlay olmaganini aytdi. O‘qituvchi: “ SHu oddiy vazifani bajara olmadingmi? Bunchalar ham ma’sulyatsiz bo‘lasanmi? Bu ketishingda sendan farrosh ham chiqmaydi” – dedi. Bu voqeadan so‘ng Akbar bu darsga qatnamay qo‘ydi. Baho esa uni umuman qiziqtirmas edi. Akbarni bu vaziyatga tushib qolishiga kim sababchi?
5-masala. Bitiruvchi sinf o‘quvchilari Dilnoza Dildora doimo birga yurishar va inoq do‘st edilar. Dilnoza badavlat oila farzandi bo‘lib hamma bilan ham gaplashavermas edi. Dildoraning esa do‘stlari ko‘p bo‘lib hatto boshqa sinflarda ham bor edi. Dilnoza dugonasining bu hislatini (muomalaga kirishib keta olish) ko‘ra olmas edi. SHunday kunlarning birida u dugonasi to‘g‘risida to‘qigan yolg‘onini sinf rahbariga juda ishonchli tarzda aytdi. Sinf rahbari Dildora bilan gaplashmay qo‘ydi. Unga nisbatan yashirin nafrati kundan-kunga ortdi. YAkuniy imtihonlarda ijobiy natijalarga erishsa ham, sinf rahbari unga past baho qo‘ydi. Dildora bu voqeani asl sababini tushunmay aybni o‘zidan ahtara boshlaydi. SHuning natijasida kelajakda Dildora o‘ziga ishonchini yoqotadi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə