Toshkent farmatsevtika instituti



Yüklə 2,96 Mb.
səhifə21/31
tarix25.03.2018
ölçüsü2,96 Mb.
#33346
növüReferat
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
uza koidasi

Asosiy almashinuv intensivligi 1 kg gavda vazniga xisoblash chikarilsa, issik konlik xayvonlarning xar xil turlarida, shuningdek vazni va buyi xar xil bulgan odamlarda turlicha ekanligini paykash mumkin. Asosiy almashinuv intensivligi gavdaning 1 m2 yuzasiga aylantirib xisob kilinsa, turli xayvonlar va kishilarda olingan mikdorlar asosiy almashinuv intensivligini 1 kg vaznga aylantirib xisoblashdagidan keskin fark kilmaydi.

Modda almashinuv intensivligi bilan gavda yuzasining mikdori orasida konuniy boglanish borligidan guvoxlik beruvchi faktlarga asoslanib, M. Rubner va boshkalar “gavda yuzasi konuni”ni ta’riflab berishgan. Bu konunga binoan, issik konli xayvonlarda energiya sarfi gavda yuzasining mikdoriga proporsional buladi.

Odamda xar kuni 1 m2 gavda yuzasi uchun xosil buluvchi issiklik 850-1250 kkal bulib, erkaklar uchun urtachasi 948 kkal.

Gavda yuzasi R kuyidagi formulaga muvofik topiladi:

R = K X vazn 2/3

Bu formula gavda yuzasini bevosita ulchash natijalarini analiz kilish asosida chikarilgan. K konstanta odamda 12,3 ga teng.

Dyubua ancha anik formula taklif etgan:

R = W 0,425 X //0,725 X 71,84 bu erda W - gavda vazni {kg xisobida), YA - buy (sm xisobida). Xisoblash natijasi kvadrat santimetrlarda ifodalandi.

«Yuza konuni» mutlak tugri konun emas. Bu konun organizmda ajralib chikadigan energiyani taxminan xisoblash uchun bir kadar amaliy axamiyatga ega bulgan koidagina ekanligi yukorida keltirilgan tablitsadan kurinib turipti.

Gavda yuzasi bir xil bulgan ikki individda modda almashinuv intensivligining ancha fark kilishi «yuza konuni» ning axamiyati mutlak bir narsa emasligidan guvoxlik beradi. Oksidlanish protsesslarining darajasi gavda yuzasidan issiklik chikishidan kura xujayralarning issiklik ishlab chikarishiga kuprok boglik. Xujayralarning issiklik ishlab chikarishi xayvonlar turining biologik xususiyatlariga va butun organizm xolatiga, organizm xolati esa nerv sistemasining faoliyati ga va endokrin apparatining xolatiga boglik.

Jismoniy mexnat vaktida energiya almashinuvi Muskullar ishlaganda energiya sarfi bir muncha oshadi. SHu sababli sutkaning bir kismini jismoniy mexnat va xarakatda utkazadigan soglom odamning bir sutkadagi energiya sarfi asosiy

almashinuvdan ancha ortik buladi. Bu energiya sarfining ortishi ish kushimchasini tashkil etadi, muskullar kancha zur berib ishlasa, ish kushimchasi shuncha katta buladi.

Muskullar ishlaganda issiklik energiyasini va mexanik energiya yuzaga chikadi. Mexanik energiyaning ish bajarish uchun ketgan barcha energiyaga nisbati foydali ish koeffitsienti deb ataladi va protsent bilan ifodalanadi. Odam ishlaganda foydali ish koeffitsienti 16% dan 25% gacha bulib, urta xisobda 20% ga teng, birok ayrim xollarda esa bundan xam ortik bulishi mumkin.

Foydali ish koeffitsienti bir kancha sharoitlarga karab uzgaradi. Masalan, mashk kilmagan odamlarda bu koeffitsient mashk kiluvchilardagiga nisbatan ancha kam bulib, mashk kilgan sayin ortib boradi.

Organizm muskullari bilan kancha zur berib ishlasa, energiya sarfi shunchalik ortik buladi. Bu kuyidag i dalillardan kurinib turibdi: asosiy almashinuv sharoitida energiya sarfi gavdaning 1 kg vazniga 1 soatda 1 kkal bulsa, odam tinch utirganda energiya sarfi 1 kg vaznga urta xisob bilan 1,4 kkal buladi: ish bajarmay tik turilganda 1,5 kkal, engil ish bajarilayotganda (idora xizmatchilari, tikuvchilar, nozik ish bajaruvchi mexanikalar, ukituvchilar) - 1,8 - 2,5 kkal-, yurish bilan boglangan ozgina muskul ishida (vrachlar, laborantlar, xat tashuvchilar, mukovachilar) - 2,8 - 3,2 kkal: urtacha ogirlikdagi muskul ishi bilan boglik bulgan mexnatda (metalchilar, buyokchilar, duradgorlar) - 3,2 - 4 kkal; ogir jismoniy mexnatda (binokor ishchilar, utni uchiruvchilar, er xaydovchilar, temirchilar va boshkalar) - 5 - 7,5 kkal energiya sarflanadi.

Energiya sarfiga karab turli kasb egalarini bir necha gruppaga bulish mumkin. Bu gruppalarning sutkadagi energiya sarfi kuyidagicha.

Birinchi gruppa - akliy mexnat kishilari (olimlar, vrachlar, injenerlar, idora xizmatchilari va boshkalar) 3000-3200 kkal.

Ikkinchi gruppa - mexanizatsiyalashgan korxona ishchilari (tokarlar, frezerchilar, tukimachilar, shaxar transporta shoferlari) - 3500 kkal.

Uchinchi gruppa - kisman mexanizatsiyalashgan korxonalarda jismoniy mexnat bilan shugullanadigan ishchilar (slesarlar, ut yokuvchilar, kishlok xujalik ishchilari) - 4000 kkal.

Turtinchi gruppa - ogir jismoniy mexnat ishchilari (xammollar, er kazuvchilar va boshkalar) - 4300-5000 kkal.

Kishlok xujaligi, kurilish va sanoatda mashina texnikasi joriy kilingan sayin ishchilarning energiya sarfi ancha kamayib bormokda.

Akliy mexnat vaktida energiya almashinuvi

Akliy mexnat vaktida energiya jismoniy mexnatdagina nisbatan ancha kam sarflanadi.

Ogir xisob chikarish, kitob ustida ishlash va akliy mexnatning boshka turlari, xarakat bilan davom etmasa, energiya sarfini tamomila tinch xolatdagiga nisbatan salgina (2-3%) oshiradi. Ammo kupincha, ayniksa ish bajaruvchi xayajonlanganda (lektor, artist, yozuvchi, orator va boshkalar), akliy mexnatning ba’zi turlari muskullar faoliyati bilan davom etadi, shu sababli energiya sarfi ortishi mumkin. Boshdan kechirilgan ruxiy kechinma modda almashinuvini bir necha kungacha 11-19% orttirishi mumkin.

Tekshirilayotgan kishiga ogir jismoniy mexnat kilayapsan deb ishontirilsa, u garchi ish bajarmasa xam, modda almashinuvi kupincha ikki baravar va undan xam kuprok ortishi mumkin. Bu dalillar modda almashinuvi va energiya sarfi bosh miya yarim sharlari pustlogining ta’sirida uzgara olishini isbot etadi.

Ovkatning spetsifik dinamik ta’eiri

Ovkat eyish va xujayralarning ozuk moddalarini uzlashtirishi modda almashinuvi intensivligini kuchaytirib, energiya sarfini oshiradi. Modda va energiya almashinuvining shu tarika kuchayishi ovkatning spetsifik dinamik ta’eiri deb atalgan.

Oksilli ovkatning spetsifik-dinamik ta’eiri ayniksa katta: u modda almashinuvini urta xisobda 30% oshiradi. Uglevod va yoglarning spetsifik dinamik ta’eiri oksillarnikiga Karaganda kamrok. Odam uglevod va yoglarni iste’mol kilganda modda almashinuvi 4-15% ortadi (turli olimlarning ma’lumotlari xar xil).

TERMOREGULYASIYA

Gavda temperaturasi va izotermiya

Odam va oliy xayvonlarning gavda temperaturasi tashki muxit temperaturasining uzgarishiga karamay doim deyarli bir darajada turadi. Gavda temperaturasining bunday doimiyligi izotermiya deb yuritiladi.

Izotermiya fakat gomoyoterm, yoki issik konli deb ataluvchi xayvonlarga xos. Gavda temperaturasi uzgaruvchan bulib, tashki muxit temperaturasidan oz fark kiluvchi, ya’ni poykiloterm, yoki sovuk konli xayvonlarda izotermiya yuk.

Izotermiya ontogenez protsessida asta-sekin rivojlanadi. YAngi tugilgan bolalarda gavda temperaturasini doim bir darajada saklab turish kobiliyati uncha mukammal rivojlanmagan. SHunga kura tashki muxit temperaturasi katta yoshdagi odamlarga ta’sir etmaydigan darajada uzgarganda bola organizm sovib (gipotermiya) yoki kizib (gipetermiya) ketishi mumkin. Xuddi shuningdek, muskullar bilan kilinadigan ozgina ish, masalan, bolaning uzok chinkirishi bilan boglik bulgan muskullar ishi gavda temperaturasini oshirishi mumkin. CHala tugilgan bolalar organizmi gavda temperaturasini doim bir darajada saklab turishga yanada kamrok kodir: ularning gavda temperaturasi tashki muxit temperaturasiga kuprok boglik.

Organ va tukimalar temperaturasini, shuningdek butun organizm temperaturasini isiklik xosil bulish intensivligiga va issiklik yukotish mikdoriga boglik.

Betuxtov ruy beruvchi va issiklik chikishi bilan davom etuvchi ekzotermik reaksiyalar okibatida issiklik xosil buladi. Bu reaksiyalar barcha organlar va tukimalarda ruy beradi, lekin intensivligi bir xil bulmaydi. Muskul tukimasi, jigar, buyraklar kabi aktiv ish bajaruvchi tukima va organlar aktivligi kamrok tukima va organlar (kushuvchi tukima, suyak, togaylar) ga Karaganda kuprok issiklik chikaradi.

Organ va tukimalarning issiklik yukotishi ularning olgan urniga kuprok boglik: teri, skelet muskullari singari yuzarokda yotgan organlar sovukdan muxofaza kilingan ichki organlar Karaganda kuprok issiklik chikaradi va tezrok soviydi.

Turli organlar temperaturasining turlicha bulishi yukorida aytilgandan anik kurinib turibdi. Gavdaning ichkarisida yotgan va kup issiklik chikaradigan jigar temperaturasi odamda eng yukori (37,8-38°), teri temperaturasi esa ancha pastdir (badanning kiyim bilan berkilgan joylarida 29,5- 33,9°).

Bundan anglashiladiki, «gavda temperaturasi» degan tushuncha shartli tushunchadir, chunki gavdaning turli kismlaridagi temperatura bir-biridan katta fark kiladi. Eng yirik tomirlardagi kon temperaturasi butun organizmning urtacha temperaturasi xammadan yaxshirok ta’riflab beradi, chunki tomirlarda yuradigan kon aktiv tukimalarda isiydi, ularni shu tarika sovutadi va terida sovib, uni ayni vaktda isitadi.

Odamning gavda temperaturasi odatda kultikdan ulchanib, shu asosda fikr yuritiladi. Soglom odamning kultikdan ulchangan temperaturasi 36,5-39,9°. Klinikada kupincha (asosan emadigan bolalarda) gavda temperaturasi rectum-da aniklanadi, bu erdagi temperatura kultikdagidan ancha yukori bulib, soglom odamda urta xisob bilan 37,2-37,5° ga teng.

Gavda temperaturasi doimiy bulmay, balki sutka davomida 0,5-0,7° ga uzgarib turadi. Gavda temperaturasi kechkurun soat 4-6 da eng yukori (maksimal), ertalab soat 3-4 da esa eng past (minimal) buladi. Gavda temperaturasining bu uzgarishi yashash sharoitiga boglik: tinchlik va uyku gavda temperaturasini pasaytiradi, muskullar bilan kilanadigan ish esa uni orttiradi. SHu sababl.. tungi smenalarda uzok ishlaydigan ishchilarda temperatura yukorida aytilganning teskarisicha uzgarishi mumkin.

Butun organizmda issiklik xosil bulishi va issiklik yukotish bir-biriga teng bulgandagina odamning gavda temperaturasini doim bir darajada turishi mumkin. Bunga termoregulyasiyaning fiziologik mexanizmlari yordam beradi. Umuman termoregulyasiyani fizikaviy va ximiyaviy termoregulyasiyaga ajratish raem bulib ketgan.

Ximiyaviy termoregulyasiya organizmda issiklik xosil bulishini kuchaytirish yoki susaytirish, ya’ni organizmda moddalar almashinuv intensivligini kuchaytirish va kamaytirish yuli bilan yuzaga chikadi. Fizikaviy termoregulyasiya gavdadan issiklik chikish intensivligini uzgartirish yuli bilan amalga oshadi.

Ximiyaviy termoregulyasiya



Moddalar almashinuv intensivligini, demak, issiklik xosil bulish intensivligini xam belgilab beruvchi faktorlardan biri tashki muxit temperaturasidir.

Tashki muxit temperaturasi kutarilib 25-30° ga etganda moddalar almashinuvi va issiklik xosil bulishi bir oz kamayadi. Tashki muxit temperatura kamayib 15° dan pastga tushganda issiklik xosil bulishi ancha kuchayadi. Tashki temperatura optimal temperaturadan, yoki komfort zonasidan past bulsa. issiklik xosil bulishi ancha kuchayadi. Odatdagi engil kiyim kiyilganda komfort zonasi 18- 20° atrofida, yalangoch odam uchun esa 28° buladi.

Odam suvda turganda optimal temperatura xavoda turishdagiga nisbatan ancha yukori buladi. Bunga sabab shuki, suvning isskilik sigimi va issik utkazuvchanligi yukori bulgani uchun gavdani xavoga nisbatan 14 baravar kuchlirok sovutadi. SHu sababli bir oz sovuk vannaga tushish moddalr almashinuvini shu temperaturadagi xavoga nisbatan kuprok oshiradi.

Tashki muxit temperaturasi pasayganda issiklik xosil bulishining kuchayishi gavdani sovushdan saklashda katta axamiyatga ega.

Muskullar kiskarganda ularda eng kup issiklik xosil buladi. Odam xatto kimirlamay yotib muskullarini taranglasa, unda oksidlanish protsesslari va shu bilan birga issiklik xosil bulishi muskullarni bushashtirish yotgandagiga nisbatan 10% oshadi va undan xam kuchayadi. Uncha katta bulmagan xarakat aktivligi issiklik xosil bulishini 25% orttiradi. YUrish energiya sarfini 60- 80% oshiradi, ogir ishda esa energiya sarfi 400-500% kupayishi mumkin.

Odam sovuk sharoitda bulganda muskullarda issiklik xosil bulish ortadi. Bunga sabab shuki, gavda yuzasida temperaturaning pasayishi sovukni sezuvchi teri retseptorlariga ta’sir ztib, refleks yuli bilan muskullarning ixtiyorsiz ravishda betartib kiskarishini kuzgaydi, bu esa odamning titrashida (diydirashida) namoyon buladi. Ayni vaktda organizmning energiya sarfi ancha ortadi, muskullarda kislorod va uglevodlar kuprok iste’mol kilinadi, natijada issiklik xam kuprok xosil buladi. SHunday kilib, sovukda «kaltirash» yoki titrash - muskullarda kuprok issiklik xosil kilish yuli bilan gavda temperaturasi refleks yuli bilan boshkarilayotganining namoyon bulishidir. Titrash issiklik xosil bulishini nechoglik orttira olishini sun’iy titrashda (imitatsiya) issiklik xosil bulishi 200% ortishidan kursa buladi. Titrashning termoregulyasiyadagi axamiyati yana shu bilan xam isbot etiladiki, organizmga relaksantlar (nervdan muskulga nerv impulslarining utishini buzadigan va muskullarning refleks yuli bilan betartib kiskarishini, ya’ni titrashni shu tarika bartaraf kiladigan moddalar) yuborilgan bulsa, badan sovutilganda gavda temperaturasi tezrok pasayadi.

Ximiyaviy termoregulyasiyada muskullardan tashkari jigar va buyrak xam katta rol uynaydi. Jigar venasining konidagi temperatura jigar arteriyasining temperaturasidan yukori, bu esa jigarda issiklik kuprok xosil bulishini kursatadi. Badan sovuganda jigarning issiklik xosil kilishp kuchayadi.

Organizmda oksil, uglevod, yoglarning oksidlanib parchalanishi natijasida energiya yuzaga chikadi. Modomiki shunday ekan, oksidlanish protsesslarini boshkaruvchi barcha mexanizmlar issiklik xosil bulishini xam boshkaradi albatta.

Fizikaviy
Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə