Toshkent Gumanitar Fanlar Universitetining 03-23 iqs guruh talabasi Kurbonboyev Behzodning “O’zbekistonni eng yangi Tarixi” fanidan



Yüklə 43,18 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü43,18 Kb.
#155171
Создать Документ Microsoft Word (2)





Toshkent Gumanitar Fanlar Universitetining
03-23 IQS guruh talabasi Kurbonboyev Behzodning
O’zbekistonni eng yangi Tarixi” fanidan
O’ZBEKISTONDA TURIZIMNI RIVOJLANTIRISH VA UNING ISTIQBOLLARI “ mavzusida yozgan

MUSTAQIL ISHI

To’rtko’l 2023
Reja :



  1. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari va uning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyat.

2.Ichki va xalqaro turizmning n'vojlanishidagi ayrim muammolar va ko‘rsatkichlar
3. Oʻzbekiston Respublikasi tarixiy Shaharlari haqida.

O‘tgan davr mobaynida turizm sohasining qonunchilik asosini mustahkamlash, sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish doirasida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Turizm to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi hamda 30 ta normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan 22 tasi qabul qilindi va hozirdaamalga oshirilmoqda.


2017 yilda respublikaga tashrif buyurgan sayyohlar soni 2 mln. 520 ming nafardan ortiqni tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 24,3 foizga oshgan.


Shu bilan bir qatorda, hozirda turizm xizmatlari eksporti 2016 yilga nisbatan 24 foizga oshib 1 mlrd. 557 mln. AQSh doll.ni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 2017 yil davomida jami 128 ta turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, turoperatorlarning bugungi kundagi soni 561 tani tashkil qiladi.

Hozirda turoperatorlik va mehmonxona faoliyatini setifikatlashning tasdiqlangan yangi nizomi bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida jami 442 ta turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari, ya’ni 221 ta mehmonxona va 221 ta turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlar sertifikatlangan bo‘lsa, turizm faoliyati subyektlarini litsenziyalashning yangi nizomi asosida jami 128 ta tadbirkorlik subyektlariga turoperatorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar taqdim qilindi.“O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari va uning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani Joriy yilning 15 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari va uning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.Unda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan mahalliy va xorijiy mamlakatlarning jurnalistlari ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimov tomonidan mamlakatimiz turizm salohiyatini tubdan yangilash, tizimda yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tarixiy-madaniy merosni keng targ‘ib qilish, 2017 yilda mamlakatimizga kelgan xorijiy va mahalliy sayyohlar soni, 2018 yilda kutilayotgan natija, turizmni rivojlantirish borasidagi huquqiy asoslar, xavfsiz turizm kontseptsiyasi va milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozoriga kirib borishini ta’minlash to‘g‘risida OAV vakillariga axborot berildi.
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi turizm sohasini rivojlantirishning maqsadlari turizmni milliy iqtisodiyotning strategik sohasiga aylantirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash va sifatini oshirish hamda turistik infratuzilmani, shu jumladan xorijiy sarmoyalarni jalb qilish va samarali reklama-marketing ishlarini olib borish evaziga takomillashtirish orqali  ko‘rsatilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish.
Turizm sohasini rivojlantirishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
2019 — 2020-yillarda — turizmni rivojlantirish uchun mustahkam qonunchilik bazani yaratishga qaratilgan institutsional islohotlar, infratuzilmani modernizatsiyalash va mamlakat brendini targ‘ib qilish;
2021 — 2025-yillarda — mamlakat iqtisodiyotida turizm industriyasi ulushini ko‘paytirish.

2- Ichki va xalqaro turizmning rivojlanishidagi ayrim muammolar va ko‘rsatkichlar


Rivojlangan mamlakatlarda turizm uyg‘un holatda taraqqiy etadi, ichki va qabul qilish turizmida balans mavjud. Ichki turizm milliy turistik resurslardan unumli foydalanish va turizm industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi. Ammo, amaliyotda hamma mamlakatlar ham bunga qodir em aslar. Albatta, bu mamlakat iqtisodiyotining turizm ga bog'liqligida, ya’ni turizmsiz yashay olmaydigan, iqtisodiyoti turizm bilan bog‘liq mamlakatlargina bunga amal qiladilar. Masalan, 5 0 - 60 ming mahalliy andorraliklar har yili 12 min. xorijiy turistlarni qabul qiladilar. Tabiiyki, ularning o ‘z mamlakatlaridan chiqishlari amri m aholdir. Statistika m a’lum otda ushbu mamlakatdan faqat 3 kishi 1997-yilda Rossiyada b o ‘lganligi qayd etilgan. Ayrim m am lakatlar ichki davlat tuzum i bahonasida fuqarolarining xorijga chiqishini chegaralab qo‘yishadi yoki turistik faoliyatni davlat tom onidan boshqarish uchun choralar kiritishadi. Ya’ni, davlatning ruxsatisiz biroryerga chiqish juda qiyinlashadi, turizmni boshqarish roli davlat qo‘liga o‘tadi.
Statistik m a’lum otlarni yana e ’tiboringizga havoîa etam iz: Vengriyalik chaqaloq va pensionerlarni hisobga olm aganda h a r bir fuqaro yilda ikki marta xorijiy m am lakatlarga turizm m aqsadida jo‘nashadi. Bu ko‘rsatkich Rossiya aholisining faqat 2 % ini tashkil etadi. Albatta, bu yerda turizm b o lish i uchun ikki shartni ta ’kidlab o‘tish lozim: 1. Bo‘sh vaqt. 2. M ablag‘. Achchiq b o isa ham ta’kidlab o ‘tish kerakki, yer yuzidagi ju d a ko'plab davlatlaming aholisi turizm maqsadida xorijga chiqishga qodir emaslar. Asosiy sabab oünadigan m aoshning kamligi yoki aholining kam bag‘alligidir. Tan olish kerakki, bular qatorida mustaqil ham do‘stlik davlatlari fuqarolari ham bor. 0 ‘zbekiston ulkan tabiiy va madaniy-tarixiy resurslari bilan xohlagan turistlar talabini qondirishi va kelajakda ulkan turistlar oqimini kutib olish imkoniyatiga egadir. Lekin, tu rizm industriyasini y an ad a rivojlantirish, tu riz m infratuzilmasini yuqoriga ko'tarish, turizm ga investitsiyalami ko‘proq jalb etish, turizm da servisni zam on talablariga moslashtirish, xizm at ko‘rsatuvchi subyektlardagi xizmat narxini pasaytirish, ularda o ‘zaro raqobat muhitini yaratish, xorijga chiqish va xorijdan kelish vizalarini olishdagi mexanizmni soddalashtirish, malakali kadrlami yetishtirish bilan bu ishga yanada ko‘proq hissa qo'shgan bolamiz. Tokg‘ri, keyingi yillarda Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlariga hukum atim iz va xorijiy investorlartomonidan turizm infratuzilmasi uchun m ab lag lar ajratildi. Yirik mehmonxonalar qurildi, modemizatsiya qilindi, yangi zam on talabidagi avtobus va avialaynerlar sotib olindi. Yirik turistik markazlar, yodgorliklar ta’mirlandi, y o lla r barpo etildi. Xususiy mehmonxonalar va milliy uylar bunyod etilib, mahalliy va xorijiy turistlami qabul qilib borayotirlar. Rekreatsion hududlar, m asalan, Chorbog‘ — Chimyon hududiga respublika budjetidan katta m ablag‘ ajratildi. Madaniy-tarixiy yodgorliklarni ta ’mirlash ishlari davom etmoqda. Lekin, bulardan mustasno respublikamizda ichki turizm masalasi ko‘ngildagidek emas. H atto, respublikamiz aholisining aksariyat qismi butun dunyoga m ashhur Samarqand, Buxoro, X iva, Shahrisabz kabi tarixiy shaharlami biror marotaba boisa ham ko‘rish imkoniyatiga ega bolm aganlar. Xorijni qo‘ya turaylik, qaysi birim iz ushbu shaharlami tomosha qilish va m adaniy dam olish m aqsadida birorta turistik firmaga murojaat qilganmiz. Shu bois, ichki turizmni rivojlantirish, aholimizning turizm va dam olish ehtiyojlarini to‘laroq qondirish uchun turistik resurslardan maksimal tarzda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, Mustaqil respublikamizga xorijiy turistlar kelishiga ham katta e’tibor berishimiz kerak. Shundagina, davlatim iz xazinasi va turoperatorlarning banklardagi hisobraqamlariga milliy va xorijiy valuta kelib tushishiga erishamiz. Buning oqibati esa ravshan — iqtisodiyotimiz rivojlanishiga ko‘maklashgan bolam iz, tadbirkorlik subyektlarining farovonligi ortadi, turmush tarzi ko‘tariladi. Bizni o‘ylantirayotgan boshqa iqtisodiy omillar ham mavjud. Masalan, turistik xizm atlardan, ayniqsa, transport, mehmonxona, ovqatlantirish xizm atlari darajasi va narxi turistlarni um um an qanoatlantirmaydi. M ahalliy turistlar uchun ham xorijiy turistlar uchun ham bir xil narx belgilangan. Lekin, Nyu-York va Toshkent shaharlari aholisi o ‘rtasidagi yashash tarzi qay darajada? Ularning daromadlari bir xil emasku? Yana bir masala bu turistik statistikadir. Hozirda qancha xorijiy fuqaroning respublikamizga kelganligi va respublikamizdan chiqib ketganligi haqida « 0 ‘zbekturizm» MK aniq m a’lumot bera olmaydi. H ar bir tashkilot o‘zining statistikasini olib boradi. Tashqi ishlar vazirligi berilgan vizalar soni bilan, Ichki ishlar vazirligi ro‘yxatga olingan xorijiy fuqarolar soni bilan, Bojxona qo‘mitasi iqtisodiy deklaratsiya toMdirilgan fuqarolar soni bilan, Davlat chegaralarini muhofaza qilish qo‘mitasi aéroport, tem iryo‘l vokzalining asosiy p u n k tlarid a k e lu v ch ila r va ketuvchilarni ro ‘yxatlash bilan shug‘ullanadilar. « 0 ‘zbekturizm» MK xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni bilan statistika olib boradilar. Demak, bir turist bir qancha statistik m a’lum otlarda ro‘yxatga olinadi. Shu boisdan, ushbu masalalarni hal qila oladigan guruh tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘Iar edi, - deb o‘ylaymiz. Xalqaro turizm rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari. Jahon Turizm Tashkiloti tomonidan chop etilgan «Jahon Turizm Tashkilotining 2003-yildagi rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari» nomli nashrda xalqaro turizm rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari berilib, undajum ladan quyidagi ma’lumotlar o‘rin olgan: 2003-yilda xalqaro turizm 3 % ga o‘sgan. Shu yili xalqaro turizm o‘zining o ‘rnini saqlab qolgan. Vaholanki, bu ko‘rsatkich 2002- yilda 5 % ga qisqargan edi. Arzon avialiniyalar Shimoliy Amerika va Yevropada o‘sib bordi. Intemetning ahamiyati nafaqat axborot m anbai sifatida, shuningdek, tash ish larn i tashkil etish, mehmonxona yoki say o h atlarn i rezervlashtirishda ham katta boldi. 2003-yilda barcha hududlarda xalqaro turizm sohasida ijobiy siljishlar yuz berdi. Faqat Shimoliy va Janubiy Amerika bundan mustasno. Bu yerda 11-sentabr voqealaridan so‘ng, 2001 —2002- yillarda—10%, 2003-yilda esa-4 % o rq ag a ketilgan. Y evropa turoperatorlari dunyoda o‘zining yetakchiligini davom ettirdi. Jahon bozorida ular 57 % ulushini qo‘!ga kiritib, Q 2 % o ‘sdilar. Osiyo va Tinch okeani hududlari turoperatorlari Q 8 % ga, Yaqin Sharq mamlakatlari Q 17 % ga (kutilmagan natija) erishdilar. Afrikada so‘nggi yillardagi o ‘sish surati, ya’ni Q 3 % saqlanib qoldi. Xalqaro turizm dan474 mlrd. AQSH dollari yoki 501 mlrd. yevro dunyo turoperatorlari tom onidan qabul qilindi. 2000-yildan keyingi iqtisodiy krizis va turistlarning kelishidagi ozchilikka qaram ay (2000-yildan keyin 20 % ga qisqargan), ham on AQSH dunyoda o ‘z yetakchiligini saqlab qoldi. 67 mlrd. AQSH dollari hisobida foyda ko‘ri!di. U ndan keyingi o ‘rinlarda Ispaniya, Fransiya, Italiya kabi mamlakatlar bo‘lib, ular 34 mlrd. AQSH dollaridan 27 mlrd. AQSH dollarigacha foyda ko‘rdilar. Shuningdek, G onkong (Xitoy), Xitoy va Avstriya rekord natijalarini qo‘lga kiritdilar, ularning foydalari 2002-yilga qaraganda ikki marta ortdi.

3.Oʻzbekiston Respublikasi tarixiy Shaharlari haqida.


O’zbekiston o’zining ko’plab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turfa xil iqlimi va tez sur’atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o’ziga tortmoqda.
Asrlar mobaynida O’zbekiston Buyuk ipak yo’lining savdo, savdogarlar va sayohatchilar, jo’g’rofiyashunoslar va missionerlar, isti’lochilar va zabt etuvchilarning yo’lida joylashgan edi. Ayni paytda esa, O’zbekiston tashabbuskor, madaniyat, tarix, an’ana va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo’nalishlaridan biriga aylanmoqda.
Meros
O’zbekiston ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan me’moriy yodgorliklari bilan faxrlanadi. Xivadagi Ichan-Qala majmuasi, Buxorodagi tarixiy markazlar, Shahrisabz va Samarqand shaharlari UNESCO ning “Butun dunyo me’rosi” ning maxsus ro’yxatiga kiritilgan. Bu shaharlardagi takrorlanmas yodgorliklar va me’moriy inshoatlar o’tmish zamonlarni o’zida aks ettirib, mamlakat tarixida katta rol o’ynaydi.
Toshkent
Toshkent – O’zbekistonning poytaxti va Markaziy Osiyodagi eng katta shaharlardan biri. Olis o’tmishdagidek hozirgi paytda ham Toshkent o’zimizning O’zbekiston Havo Yo’llari va xalqaro aviakompaniyalar yordamida xalqaro transport yo’nalishlarining chorrahasidir.
Toshkent dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. 2009-yilda u o’zining 2200 yilligini nishonladi. Bir paytning o’zida Toshkent zamonaviy ishlab chiqarish markazidir, bu yerda 500 dan ortiq kompaniyalar turli xil mahsulotlar; samolyotdan traktorgacha, televizordan toqimachilik va oyoq kiyimlargacha ishlab chiqaradi. Toshkent tez suratlarda tarixiy yodgorliklar va zamonaviy osmono’par binolarning o’zaro uyg’unligida zamonaviy rivojlangan xalqaro megapolisga aylanmoqda.
Bugungi kunda O’zbekistonda yuzga yaqin muzeylar ishlab turibdi va ularning yarmi mamlakatning poytaxtida joylashgan. Ularning har biri o’zbek xalqining boy madaniy merosini aks ettiradi. Poytaxt markazida Temuriylar tarixi Davlat Muzeyi joylashgan bo’lib, uning ulkan ko’k gumbazi Samarqandning qadimiy gumbazini eslatadi. Uning eksponatlari O’zbekiston hududida o’rta asrlardagi davlatchilik shakllarini shakllanishidan guvohlik beradi va Amir Temur davridagi fan, madaniyat va san’atning rivojlanishini aks ettiradi.
Samarqand
Asrlar mobaynida O’zbekiston shaharlari Buyuk ipak yo’li va qadimiy transkontinental magistral hayotida muhim rol o’ynadi. Birgina Samarqand esa “Buyuk Ipak yo’lining yuragi” deb nom oldi.
Qadim davrlarda Samarqand “Islom me’morchiligi marvaridi”, “Dunyo ko’zgusi” kabi nomlar bilan ta’riflangan. Qadimiyligi bilan Rim, Afina va Vavilonga teng bo’lgan Samarqand o’zining 2750 yilligini nishonladi. Samarqand buyuk qo’mondon va Chingizxondan keyingi markaziy Osiyoning hukmdori Amir Temur davrida Buyuk Movarounnahr davlati poytaxti etib tanlanganda o’zining eng yuqori gullab-yashnash nuqtasiga yetdi. Bu vaqtda keng qamrovdagi shaharsozlik ishlari amalga oshirildi. Buyuk hukmdor Samarqandda o’z davrining eng mohir hunarmand va ustalarini to’pladi va ular yaratgan ishlar asrlar mobaynida yashab kelmoqda. Amir Temurning nevarasi Ulug’bek bu an’analarni davom ettirdi. Bugunda Samarqandagi yodgorliklar go’zal va ulkan. Bu shaharda qadim xarobalar, madrasa, maqbara va minoralarda saqlanib qolgan qadim tarixning nafasini his etish mumkin.
Afsonaviy Registon maydoni Markaziy Osiyoning takrorlanmas me’moriy yodgorligidir. Qadimda bu maydon Samarqandning savdo va ijtimoiy markazi bo’lgan. Bu yerda bir necha asrlik uch ulkan binolari Ulug’bek, Sherdor va Tillaqori madrasalari qad ko’targan. Go’ri-Amir maqbarasi qadim Samarqandning yana bir marvarididir. Buyuk davlat hukmdori Amir Temur va uning ikki nevarasi jumladan sharqning buyuk olim va mutaffakiri Mirzo Ulug’bek qabrlari joylashgan. Havorang lolalarning yaproqlari tig’iz qilib joylashtirib chiqilgan g’unchaga o’xshash Go’ri-Amir maqbarasi sayyohlar uchun juda taniqli joy. Registon maydoni, Go’ri-Amir, Bibi-Honim, Shoxi-Zinda maqbaralari, Ulug’bek rasadxonasi va shuningdek bir qancha yodgorliklar shaharga tashrif buyuruvchilarni o’ziga maftun qilib kelmoqda.
Buxoro
Qadimdan Buxoro vohaning zich aholiga ega markazi bo’lib kelmoqda. Uning yoshi 2500 da. Qulay muhut va 140 dan ortiq qadimiy me’moriy yodgorliklarni saqlab qolgan Buxoro sayyohlarning eng sevimli joylaridan biri bo’lib qolaveradi.
Huddi to’r bilan qoplangan Ismoil Samoniy maqbarasi, ulkan qo’rg’on va Buxoro hukmdorining mustahkam qarorgohi Ark, Minorai Kalon, jonli labirint kabi ko’plab masjid va madrasalar, karvon-saroylar, hammom kabi yodgorliklar muqaddas Buxoroning tengi yo’q marvaridlaridan bo’lib qoladi.

Xiva
Buyuk ipak yo’li davridan buyon butunlay saqlanib qolgan shahar Xivadir. U “ochiq osmon ostidagi muzey” deb nomlanadi. Shahar markazidagi ko’plab me’moriy yodgorliklar joylashgan Ichan-Qala majmuasi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmiga tegishli. Buyuk Ipak Yo’lining chorrahasida joylashganligi va bu yerdan karvon yo’li o’tganligi sababli Ichan-Qalaga dunyoning to’rt tomoniga qaragan to’rtta darvozalar qurilgan. Qal’a devorining balandligi huddi haqiqiy sharq ertaklaridagi kabi shaharga maftunkor ko’rinish beradi.


Minoralar osmonga yetay deydi, va ularning orasida O’zbekistondagi eng uzun minora Islom-Xo’jadir. Uylarning tekis tomlari uzra maqbara va masjidlarning charaqlagan ko’k gumbazlari viqor bilan turadi. Xivada xon saroylaridan bir qanchasi saqlanib qolgan bo’lib ulardan eng mashxuri marosimlar o’tkaziladigan, xon dam oladigan va xon xaramlari yashaydigan zal joylashgan ulkan Tosh-xovli saroyidir. Tashqi tomon va devor mozayka bezakli toshlar bilan qoplangan. Shaharning ajoyibligini bilish, tor ko’chalarini o’rganish va ”ochiq osmon ostidagi muzey” ning asl taftini his qilish uchun bir kun ham kamlik qiladi.
Termiz
Ko’p qirrali O’zbekiston tarixi shubhasiz uning geografik joylashishini ham aks ettiradi.
Termiz mamlakatning eng janubiy shahridir. Termiz Amudaryo sohilining o’ng tomonida karvon yo’lida asos solingan bo’lib asosiy port sifatida 2500 yildan buyon shu vazifani bajaradi.
Eramizning boshlarida Termiz Markaziy Osiyoning asosiy buddizm markazi bo’lgan. Qora-Tepadagi toshga o’yilgan budda monastiri, Fayoz-tepadagi Budda ibodatxonasi, ko’plab ohakli loydan qilingan budda haykallar qoldiqlari sayyoh va budda sig’inuvchilar uchun mashxur joy.
Termiz faqatgina o’zining budda dini yodgorliklari bilangina mashxur emas. Bu yerda o’rta asrlar boshiga tegishli bo’lgan bir qancha qiziqarli tarixiy yodgorliklar ham bor. Ularning orasida Hakim at-Termiziyning qabri, Sulton Saodat ansambli (X-XVII asrlar) va afsonaviy Qirq-Qiz qal’asi (IX asr) mavjud.
Qoraqolpogiston
Bugunda Qoraqolpogiston hozirgi davr va qadim o’tmishni bog’lovchi tirik rishtasidir. Bu yer qiziqarli va takrorlanmas joylari, kutilmagan topilmalari va kashfiyotlari bilan o’zining afsona va sirlarini bo’lishishga tayyor.
Qoraqolpog`istonda joylashgan Qirq-Qiz, Ayoz- Qala, Janbus-Qala, Ishan-Qala maqbarasi, betakror Tuproq-qala va boshqa tarixiy-memoriy yodgorliklar ilmiy va ma’daniy qiziqishni uyg’otadi, mahalliy va chet el sayyohlarni o’ziga jalb qiladi.
An’analar
Buyuk Ipak Yo’li chorrahasida yashovchi o’zbek xalqining an’ana va odatlari ko’plab asrlar davomida zaroastritlar,
so’g’diylar, baqtriyaliklar va ko’chmanchi qabilalar urf odatlari va shuningdek islom dini urf-odatlari tasiri natijasida shakllandi.
O’zbekiston bo’ylab sayohat mobaynida, sayyohlar nafaqat me’moriy yodgorliklarni ko’rishi va shuningdek xalq bayramlarini nishonlashda ham ishtirok etishlari mumkin.
(Misol uchun Navro’z yangilanish, bahorgi bayram 21-mart kun va tun teng bo’lgan vaqt). Har bir yo’nalish sayyohlar mahalliy xalqni yashash tarzini ko’rish, milliy taomlarni tatib ko’rish va falklor shou dasturlarini ko’rish uchun mahalliy xonadonlarga tashrifni o’z ichiga oladi. Ayniqsa turli tumanligi bilan o’zbek milliy oshxonasi diqqatga sazovor. Taomlar, ajdodlarning boy tajribasiga asoslangan xolda, o’zbek xalqining xayot tarzi va madaniyatini aks ettiradi. Har qanday nozik tabli xo’rranda ham zirovarlar isi bilan to’lgan o’zbek mehmonnavozligiga befarq tura olmaydi.
Bozorlar
Sharqona bozorlar haqidagi an’anaviy tasavvurlar; to’kin-sochinlilik, xushmanzaralilik, shovqunlilikni O’zbekiston bozorlarida yaqqol ko’rish mumkin. Yaxshi bozor maxsulotlar bilan to’lib toshishi, rang barang, baland ovoz va hayqiriqlar eshitilib turilishi, savdolashish bo’lishi kerak.
Mevalar va sabzavotlar rastasi oldidan o’tayotgan har qanday odam mo’l-ko’llikdan va rangbaranglikdan hayratda qoladi. Sharq bozorlari ayniqsa yoz va kuzda hayratlanarli tusga kiradi.
Bozorning qizg’in hayoti erta tongda boshlanib kech tushganda tugaydi. Savdogarlarning mijozlarni chaqirishi, avtomabillar shovqini, milliy musiqa ovozi, zirovorlar isi va qovurilgan go’sht hidi, rastalardagi rang-barang mevalar va sabzavotlar sharqona bozorning takrorlanmas jozibasini yaratadi.
Mehmonxonalar
Qadimdagi karvonsaroylar o’rnini zamonaviy qulay mehmonhonalar egalladi. Sayyohlik hududlarda joylashgan mejmonxonalar har qanday mehmonning talabini qondirishi mumkin. Yagona ”qiyinchilik” didga mos keluvchi dizayn yoki komfortni tanlashda bo’lishi mumkin. Yevropa uslubini hush ko’ruvchilar uchun zamonaviy interyerlarga ega mexmonxonalar, aksincha sof ma’nodagi sharqona muhitni hohlovchilarga esa o’zining naqshli eshiklari, rang–barang gilamlardan tortib sharqona ayvonlargacha ega bo’lgan mexmonxonalar ham muhayyodir.
Xulosa .
Biiamizki, respublikamizda turizm infratuzilmasi butkul yuqori darajaga erishm agan va bu jarayon doimiy jarayondir. QoMlanmada bu ishga alohida yondashilgan. 0‘quv qo‘llanmada turistik xizmatlar mavzusiga alohida o‘rin ajratilgan. Turizm turli xizm atlardan tashkil topadi: tashish, joylash tirish , ovqatlan tirish va boshqalar. Bu eng m uhim mavzularimizdan biridir. Turist sayohati davomida borilgan joyda biror-bir sovg‘a sotib oladi. Bu turistik tovarlar mavzusida aks ettirilgan. Turizm bozorida turistik (tur) mahsulot sotiladi. Mazkur tur mahsulot tushunchasi nimani anglatadi va tur mahsulotni yangilash jarayonlari haqida nim alarni bilishim iz kerakligi ham o ‘quv qo‘llanmadan joy oigan. Shularni alohida ta ’kidlab o ‘tish kerakki, turistik resurslar boMmasa, turizm ham bo‘lmaydi. Tur resurslar turizmning yuragi, qon tomiridir. Tabiiy iqlim, tarixiy-madaniy, maishiy resurslar shular jumlasidandir. Bu lami e’tiborga olib turistik resurslar mavzusi kiritiigan.
Xususan, turizm tushunchasi va uning tarixi masalasi bu juda katta va dolzarb ahamiyatli mavzudir. Insoniyat tarixi, sayohati, dam olishi — ushbu mavzuning asosini tashkil etadi. 0‘tmishda minglab odamlar turli maqsadlarda o‘zga hududlarga borib, sayohatchi degan nomga musharraf boMganlar. Bunga tarix guvoh. Qanchadan-qancha sayoh atlar, ekspeditsiyalar, ko‘chib yurishlar, savdogarlik, ziyoratchilik tarixi manbalari tufayli ular haqida m a’lumotga ega bo‘lamiz. Xalqlar o‘tmishi, merosidan esa unga ajoyib javoblarni olamiz. Biron-bir adabiyot yo‘qki, unda shu singari m a’lumotlar to ‘liq holda berilgan bo‘lsin. Biz ham im koni qadar o‘rganiladigan masalalarga o ‘tm ishdan manbalar izlab topishga harakat qildik.

1.Xalqaro bozorda milliy turizm . 0 ‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi, 2001. № 1-2.


2. Xalqaro turizm ning Ispaniya iqtisodiyotidagi aham iyati. 0 ‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi, 2001. № 7 -8.
3. X alqaro turizm iqtisodiy rivojlanish vositalaridan biri. 0 ‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi, 2001. № 11-12.
4. “Turizm Asoslari” va h.k
Yüklə 43,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə