Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə143/149
tarix09.05.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#109361
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   149
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev

Nomoddiy aktivlar; intangible assets; немaтериaльные aктивы; korxona maxsulot ishlab chikarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki maxsulotni realizatsiya qilish maqsadida yoki uzoq vaqt mobaynida ma’muriy yoki boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk obyektlari.
Passiv; passive; пaссив; buxgalteriya balansining bir qismi bo‘lib, unda korxona mablag‘lari tashkil bo‘lish manbalari va tayinlanishi ko‘rsatiladi. Balansning passivi aktiviga o‘xshab ikkita bo‘lim va bir qancha moddalardan iborat.
Passiv schyotlar; passive accounts; пaссивные счетa; o‘z mablag‘lar manbaini va majburiyatlarni hisobga oluvchi buxgalteriya hisobi schyotlari. Mablag‘lar manbalari ko‘payishi passiv schyotlarning kreditiga, kamayishi debetiga yoziladi. Qoldig‘i kreditida bo‘lib, balansning passivida ko‘rsatiladi. Schyotlar rejasida passiv schyotlarning ro‘parasiga “P” (passiv) harfi qo‘yilgan.
Pul; money; деньги; umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi aloxida tovar turi, ayirboshlash va qiymat shakllarini o‘z-o‘zida rivojlanishi mahsuli
Pul o‘lchov birligi; the monetary unit of measure; денежнaя единицa измерения; korxonaning moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq, mahsulotning aniq turlarini tayyorlash, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga doir xarakatlarni hisoblash imkonini beradi. Bu vazifani O‘zbekiston Respublikasida milliy valyuta so‘m va uning tiyini bajaradi. Pul o‘lchovi yordamida boshqa ko‘rsatkichlarni olish, ulardan hosila ko‘rsatkichlarni korxona darajasida ham iqtisodiyot darajasida ham hisoblash mumkin.
Qo‘shilgan kapital; added capital; добaвочного кaпитaлa; oddiy va imtiyozli aktsiyalarni sotishdan olingan summalarining nominal qiymatidan oshiqcha summalarining, bundan tashqari qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mulklar qiymatining yig‘indisidan tashkil topadi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə