Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə145/149
tarix09.05.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#109361
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev

Sintetik hisob; synthetic accounting; синтетический учет; – pul o‘lchovida umumiy ko‘rsatkichlarni beruvchi hisob. Bunday ko‘rsatkichlar sintetik schyotlarda bo‘lib, ular mavjud mablag‘lar hamda ularning manbalari va harakati (asosiy vositalar, xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, ishlab chiqarish xarajatlari, g‘aznadagi va hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari, ustav kapitali va h.k.) to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lish uchun zarur. Sintetik hisob ma’lumotlari analitik hisoblarda detallashtiriladi.
Sintetik hisob schyotlari; synthetic accounting accounts; счеты синтетического учетa ; sintetik hisob yuritiladigan buxgalteriya hisobi schyotlari sintetik hisob schyotlari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy schyotlarning ko‘rsatkichlari detallashtirilmaydi va ular bo‘yicha analitik hisob yuritilmaydi. Murakkab schyotlarning ko‘rsatkichlari, zarur bo‘lgan hollarda, analitik hisobda detallashtiriladi. Sintetik schyotlarning ro‘yhati schyotlar rejasida keltirilgan. Har bir sintetik schyot o‘zining shifri (nomeri)ga ega.
Sotish bahosi; selling price; ценa продaжи; talab va taklifdan kelib chiqqan holda sotuvchi va iste’molchi o‘rtasida kelishilgan baho.
Statistik hisob; statistical account; стaтистический учет; ko‘plab ijtimoiy voqealarning miqdoriy tomonlarini, ularni sifat tomonlari bilan uzviy boqliqligi, shuningdek ijtimoiy voqealarni aniq sharoitlar, joy va vaqtlarda rivojlanish qonuniyatini o‘rganuvchi ijtimoiy fan. Buning uchun turli statistika usullari qo‘llaniladi: statistik kuzatish, iqtisodiy indekslar, guruhlash, o‘rtacha kattalik va boshqalar. Shu bilan birga statistika tezkor va buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasida statistika ma’lumotlarini yig‘ish va ishlab chiqish bilan har bir viloyat va tumanlardagi davlat statistika organlari shug‘ullanadi. Bu organlarning barchasi yagona metodologiyasi asosida ish olib boradi va Davlat statistika qo‘mitasi boshchiligida yagona tizimni tashkil etadi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə