Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə8/149
tarix09.05.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#109361
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev

Pul o‘lchov birligi – korxonaning moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq, mahsulotning aniq turlarini tayyorlash, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga doir xarakatlarni hisoblash imkonini beradi. Bu vazifani O‘zbekiston Respublikasida milliy valyuta so‘m va uning tiyini bajaradi. Pul o‘lchovi yordamida boshqa ko‘rsatkichlarni olish, ulardan hosila ko‘rsatkichlarni korxona darajasida ham iqtisodiyot darajasida ham hisoblash mumkin.
Xo‘jalik subyektida qaysi o‘lchov birligi ishlatilmasin, ularning asosiy ko‘rsatkichi foyda yoki zarar ko‘rsatkichlari pul ifodasida ko‘rsatiladi. Hisobda pul o‘lchov birligini ko‘proq qo‘llanilishi boshqa o‘lchov birliklariga nisbatan ko‘proq ishlatilishi hisob mazmunini pasaytirmaydi. Pul o‘lchov birliklarini hisob ishlarida keng qo‘llanishiga asosiy sabablardan biri bu har xil o‘lchov birliklarida aks ettirilgan ko‘rsatkichlarni yagona pul o‘lchov birligida umumlashtirish imkonini bersa, ikkinchidan, korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni bir me’yorda yuritish imkonini beradi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



  1. Buxgalteriya hisobini qanday tarixiy zarurat vujudga keltirgan?

  2. Buxgalteriya hisobi qachon paydo bo‘lgan?

  3. Buxgalteriya hisobining rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatgan?

  4. Buxgalteriya hisobining qanday asosiy maktablari bo‘lgan va ularning xususiyatlari qanday?

  5. Temuriylar davlatida hisob ishlari qanday bo‘lgan?


2-BOB. FANINING PREDMETI VA USULLARI


2.1 “Buxgalteriya hisobi”ning predmeti va asosiy vazifalari

Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar, barcha xo‘jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi yuritiladi. U xo‘jalik subyektidagi mablag‘larining tuzilishi, joylanishi, qaysi manbalardan tashkil topganligi hamda xo‘jalik jarayoni va muomalalari ta’siri ostida bo‘layotgan o‘zgarishlarning borishi ustidan uzluksiz nazorat olib boradi.


Xo‘jalik subyektlari buxgalteriya hisobini 2016 yil 14 aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga asoslanib yuritadilar.
Buxgalteriya hisobida korxona ixtiyoridagi mablag‘lar, xo‘jalik jarayoni va uning ta’siri ostidagi xo‘jalik mablag‘larining hajmi, tuzilishi, joylanish va tayinlanishidagi sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar aks ettiriladi hamda korxonalar xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobi vositasida korxonalar xo‘jalik faoliyati jarayoni, mablag‘lari aks ettiriladi hamda ularning tashkil topish manbalari nimalardan iborat ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi.
Xo‘jalik subyektlari buxgalteriya hisobi shu korxonalar faoliyatini uzluksiz, yoppasiga kuzatib, hujjatlashtirib, olingan ma’lumotlarni baholash orqali schyotlar tizimida ikki yoqlamayozuv yordamida aks ettiradi, hamda hisob ma’lumotlari haqikiyligini inventarizatsiya yordamida tekshirib, aniq va to‘g‘ri hisob ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzadi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə