Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


o’tkaziladi. Guruhlar da’vogarlarning arizalarini ro’yxatga olish ketma-ketligida



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə592/624
tarix29.03.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#103589
1   ...   588   589   590   591   592   593   594   595   ...   624
Dasturi asosida ishlab chiqilgan

o’tkaziladi. Guruhlar da’vogarlarning arizalarini ro’yxatga olish ketma-ketligida 
shakllantiriladi.
Auditorlarning jamoat birlashmalari imtihon topshirishga ruxsat berilgan da’vogarlarga 
imtihon o’tkaziladigan sanadan kamida o’n besh kun oldin imtihon o’tkazish sanasi, vaqti va 
joyi to’g’risidagi xabarnomani auditorlarning jamoat birlashmalari veb-saytlariga 
joylashtiradi hamda da’vogarning anketada ko’rsatilgan manziliga pochta orqali yoki 
elektron xabar ko’rinishida yuboradi. 
Auditorlarning jamoat birlashmalari imtihon o’tkazishda: 
da’vogarlarni ro’yxatdan o’tkazadi; 
imtihon o’tkazish uchun jihozlangan xonani zaruriy texnik vositalar bilan ta’minlaydi; 
imtihon o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar va materiallar saqlanishini ta’minlaydi; 
imtihon o’tkazish uchun zarur bo’lgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi. 
Da’vogarlar imtihon topshirishga pasporti bilan kiritiladi. Pasporti bo’lmagan yoki 
imtihonga kechiqqan da’vogarlar imtihonga kelmagan deb hisoblanadi hamda imtihon 
topshirishga ruxsat berilgan navbatdagi shaxslar ro’yxatiga kiritiladi. 
Da’vogar auditorlarning jamoat birlashmalariga hujjatlarni topshirgan sanadan boshlab 
ikki marotaba imtihon topshirishga kelmagan taqdirda, da’vogar tomonidan taqdim qilingan 
hujjatlar qaytarib yuboriladi.
Imtihon uch soat ichida yozma shaklda test o’tkazish yo’li bilan o’tkaziladi. 
Har bir da’vogar tomonidan ro’yxat raqami, test savollari hamda maxsus test blankalari 
olinadi (bundan keyingi o’rinlarda test blankasi deb yuritiladi). 
Komissiya raisi tomonidan imzo qo’yilmagan test blankasi haqiqiy hisoblanmaydi. 
Test savollari auditorlarning jamoat birlashmalari taqdim etgan savollar asosida 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   588   589   590   591   592   593   594   595   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə