Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi iqtisodiyot fakulteti


Ariza, Ishonchnoma, Tilxat va Tavsifnoma



Yüklə 64,57 Kb.
səhifə3/4
tarix10.11.2023
ölçüsü64,57 Kb.
#132764
1   2   3   4
Ma’lumot – axborot xujjatlari va ularning turlari SARVINOZ

3.Ariza, Ishonchnoma, Tilxat va Tavsifnoma
ARIZA
Ma’lum bir davlat tashkiloti, xususiy korxona, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, mansabdor shaxslar nomiga iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Shikoyat mazmunidagi arizalar kelib tushgan tashkilot tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ariza ish, o‘qish, yashash joylarida eng ko‘p qo‘llanadigan hujjatlar turiga kiradi. Ariza alohida bir shaxs yoki bir qancha kishilar tomonidan jamoa bo‘lib yozilishi ham mumkin. Bu hujjat mahalla raisiga, jamoat tashkiloti rahbariga, bog‘cha mudirasiga, maktab, litsey, kollej direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, xo‘jalik, tashkilot, korxona, muassasa boshliqlariga, tuman, shahar, viloyat hokimlari yoki respublika miqyosidagi rahbarlar, mansabdor shaxslarga yo‘llanishi mumkin. Arizalarning mazmuni va hajmi turli-tuman bo‘lsa-da, ularning barchasi uchun xos bo‘lgan umumiy zaruriy qismlar muvjud.
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
– ariza yo‘llanayotgan tashkilot nomi, rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi;
– ariza yozuvchining ish, o‘qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
– hujjat nomi – ariza;
– matn (iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunidagi ariza uchun asos bo‘lgan fikr–mulohazalarning qisqagina bayoni);
– ilova hujjatlar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa yoki talab etilsa);
– ariza yozuvchining imzosi, familiyasi, ismi, yozilgan sana.
Ariza imkon qadar qisqa, ma’lumotlarga asoslangan holda, tushunarli uslubda yozilishi lozim. Ariza bevosita rahbarning o‘ziga yoki shu ishlar bo‘yicha mutasaddi kishiga topshiriladi. Arizada bayon etilgan iltimos, talab, taklif yoki shikoyat amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda muddatda hal etiladi.
TILXAT
Tilxat ham turmushda ko‘p qo‘llanadigan hujjat turlaridan biridir. Talabalar oliy o‘quv yurti qabul komissiyasiga hujjatlarini topshirganlarida ularga qabul komissiyasi mas’ul xodimi tomonidan tilxat beriladi. Ko‘rinadiki, tilxat muayyan shaxs tomonidan hujjat, qimmatbaho buyum, pul va boshqa shu kabi narsalar olinganda yoziladigan rasmiy hujjatdir. Tilxat odatda qimmatbaho buyum, hujjat yoki pulni olgan shaxs tomonidan qo‘lda yoziladi. Ommaviy tarzda qabul qilinadigan o‘rinlarda avvaldan tayyorlangan tilxat andozaliardan ham foydalaniladi. Tilxat guvohlar ishtirokida yozilgan hollarda unga guvohlar ham imzo qo‘yishlari, familiyasi va ismlarini yozishlari shart. Ba’zan tilxat nodir hujjatlar, ko‘proq miqdordagi pul olinganda yoki olinayotgan narsa–buyumning qimmatbaholigi e’tiborga olinib, notarial idoralarda tasdiqlanishi ham mumkin. Umuman, tilxat ikki nusxada tayyorlanib, unda ko‘rsatilgan miqdor, son raqamlar hamda so‘zlar bilan ham yozilishi talab etiladi. Tilxat matnidagi so‘zlarni o‘chirish, ularga tuzatish kiritish, o‘zgartirish mumkin emas. Tilxat qanday mavzularda yozilishidan qat’i nazar, ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan quyidagi zaruriy qismlar mavjud:
– hujjat nomi – tilxat;
– tilxat yozuvchi shaxsning o‘qish, ish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
– qimmatbaho buyum, pul, hujjat yoki boshqa shu kabi narsani beruvchi shaxsning ham ish, o‘qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
– olinayotgan narsaning to‘liq nomi, aniq miqdori va holati, tilxat yozuvchi kishining familiyasi, ismi va hujjat yozilgan sana.



Yüklə 64,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə