Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 64,57 Kb.
səhifə4/4
tarix10.11.2023
ölçüsü64,57 Kb.
#132764
1   2   3   4
Ma’lumot – axborot xujjatlari va ularning turlari SARVINOZ

TAVSIFNOMA
Tavsifnoma muayyan shaxsning o‘qish, mehnat jarayonidagi, yashash joyidagi ijtimoiyjamoatchilik faoliyati, erishgan muvafaqqiyatlari, o‘ziga xos xislatlari, fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir. Bu hujjat korxona, tashkilot, muassasa, o‘quv yurti rahbariyati tomonidan o‘z xodimi, talabasi, o‘quvchisi o‘qishga yoki ishga kirayotganda, chet elga o‘qishga, ishga, tajriba almashishga yoki sayohatga ketayotganda, yangi lavozim, ish yoki mansabga tayinlanayotganda, erishgan muvaffaqiyatlari uchun rag‘batlantirilayotganda berilishi mumkin. Hujjatda tavsiflanayotgan shaxsning o‘qish, ish, jamoatchilik faoliyati, ishchanligi, ijodkorligi, axloqiy, ma’naviyma’rifiy, siyosiy saviyasi, oilaviy ahvoli o‘z ifodasini topadi. Tavsifnoma uchinchi shaxs nomidan bayon etiladi. Bu hujjatning “Tavsifnoma”, “Ishlab chiqarish tavsifnomasi”, “Xizmat tavsifnomasi” kabi turlari ish qog‘ozlari yuritishda qo‘llaniladi. Barcha turdagi tavsifnomalar uchun umumiy bo‘lgan zaruriy qismlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
· Tavsifnoma berilayotgan shaxs haqidagi asosiy ma’lumotlar:
– tavsiflanayotgan shaxsning o‘qish yoki ish joyi nomi;
– lavozimi;
– tug‘ilgan yili;
– millati;
– ma’lumoti;
– familiyasi, ismi, otasining ismi.
· Hujjat nomi – tavsifnoma.
· Matn (o‘quvchi, talaba yoki xodimning o‘qish, ish faoliyati, muhim sanalari, alohida yutuqlari, ishchanligi, ijodkorligi, tashabbuskorligi, jonkuyarligi, g‘amxo‘rligi, jamoatchiligi, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, axloqiy fazilatlari, rag‘batlantirilganliklari, oilaviy ahvoli va boshqalar).
· Tavsifnoma yuborilayotgan joy nomi.
· Tasdiqlovchi rahbarlarning lavozimlari, imzolari, familiyalari.
· Tavsifnoma yozilgan sana va muhr.
Tavsifnoma matnini unda bayon etilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, shartli ravishda uch qismga bo‘lish mumkin. Dastlabki qismda shaxsning hayoti yoki ish faoliyati haqida ma’lumotlar keltirilsa, keyingi qismda uning shaxsiy tavsifi, lavozimiga munosabati, mahorati, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, ijodkorligi, jamoatchiligi, tashkilotchilik qobiliyati, xulq-atvori, oilaviy ahvoli, taqdirlanishlari haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. So‘nggi qismda esa bayon etilganlardan xulosa qilinib, tavsifnomaning berilishidan ko‘zda tutilgan maqsad yoritiladi.
Yüklə 64,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə