Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Takrorlash uchun savollar 
1.
Patent, litsenziya va sertifikat tushunchalarini izohlab bering? 
2.
Patent, litsenziya va sertifikat olish uchun shartnoma tuzish shartlari? 
3.
Patent, litsenziyalarni chet elda patentlashga qo‘yiladigan talablar? 
4.
Sanoat mulkini va xizmatlarni chet elda patentlashning sababi va vazifasi. 
 
26-mavzu. Sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari innovatsion rivojlanish 
ob’ekti sifatida
1. O‘zbekiston Respublikasini “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonun va uning 
ahamiyati. 
2. Seleksiya yutuqlari. O‘simlik turlari va navlari, hayvon zotlari va ularga 
qo‘yiladigan talablar. 
3. Sanoat namunalari. Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari. 
4. Sanoat namunasiga talabnomalarning tuzilishi va patentlash tartibi. 
5. Sanoat tovar belgilarining turlari va ularga talabnoma tuzish. 
 
Annotatsiya 
 
O‘zbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi qonuni 30.08.1996-
yilda qabul qilingan. Ushbu Qonunning maqsadi seleksiya yutuqlarini yaratish, huquqiy 
muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
Zot – genetik jihatdan o‘zaro bog‘liq biologik va morfologik xususiyatlari hamda 
belgilariga qarab aniqlanadigan hayvonlar (shu jumladan parrandalar, hasharotlar, ipak 
qurti) yoki ularning duragaylari guruhi bo‘lib, bu xususiyatlar hamda belgilarning ayrimlari 


128 
aynan shu guruhga xos bo‘ladi va uni hayvonlarning boshqa guruhlaridan farqlab turadi. Zot 
guruhi, zot ichidagi (zonal) tip, zavod tipi, zavod liniyasi, zot oilasi, partenoklonlar, 
liniyalar, duragaylar zotning muhofaza qilinadigan obektlaridir; 
Ish beruvchi – seleksiya yutug‘ini yaratish to‘g‘risida topshiriq bergan va bu 
topshiriq bajarilishini moliyalashtirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs; 
Litsenziar – seleksiya yutug‘idan foydalanish huquqini litsenziatga litsenziya 
shartnomasi asosida beruvchi patent egasi; 
Litsenziat – seleksiya yutug‘idan foydalanish huquqini litsenziardan litsenziya 
shartnomasi asosida olgan yuridik yoki jismoniy shaxs; 
Nav – o‘simliklar guruhi bo‘lib, u nasldan naslga barqaror o‘tuvchi, muayyan genotip 
yoki genotiplar kombinatsiyasini boshqalaridan ajratib turuvchi belgilarga qarab aniqlanadi 
va ayni bir botanik taksondagi boshqa o‘simliklar guruhidan bir yoki bir necha belgilari 
bilan farqlanadi. Klon, liniya, birinchi avlod duragayi, populyasiya navning muhofaza 
qilinadigan obektlaridir; 
Patent egasi – seleksiya yutug‘iga berilgan patentning egasi; 
Seleksiya yutug‘i – o‘simliklarning yangi navi, hayvonlarning yangi zoti; 
Talabnomada ko‘rsatilgan seleksiya yutug‘ining sinovlari farqlanish, turdoshlik va 
barqarorlik mezonlariga moslikni sinashdan iboratdir. Talabnomada ko‘rsatilgan seleksiya 
yutug‘ining sinovlari ixtisoslashtirilgan tashkilotlar belgilagan usul va muddatlarda, ro‘yxati 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat nav sinash 
stansiyalarida, davlat nav sinash uchastkalarida, boshqa tashkilotlarda o‘tkaziladi. 
CHet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan 
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki 
kelishuv prinsipi asosida foydalanadilar. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə