Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Takrorlash uchun savollar: 
1.
Innovatsion faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik shartnomalarni ahamiyati. 
2.
Innovatsion texnologiyalarni yaratishda hozirgi davr ilm fanning ahamiyati. 
3.
O‘zbekistonda intellektual mulk yutuqlaridan foydalanishning iqtisodiy 
samaradorligini aniqlash. 
24-mavzu. Patentlar va patent axborotlarini izlash
1. Patent, litsenziya va sertifikat olish uchun patent byurosiga ariza berish. 
2. CHet elda patentlash. Litsenzion shartnoma xaqida tushuncha. 
Annotatsiya 
 
Patentlash 
– O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari, korxonalari, ayrim 
fuqarolarining chel el patentlari va boshqa tegishli muhofaza hujjatlarini ixtirolar, foydali 
modellar, sanoat namunalariga olish maqsadida, shuningdek tovar belgilarini amalga 
oshiriladigan barcha ishlar majmui. 
“Patentlar, savdo belgilari va litsenziyalarni mohiyatini Kouz teoremasida keltirilgan 
qonuniyat bilan tushuntirish mumkin. Kouzning fikricha patentlash jarayoni faqat iqtisodiy 
samarani emas, balk atrof muhit tozaligi va xavfsizligi masalasini o‘z ichiga olishi shart. 
Patent berayotganda patent egasiga atrof muhitni ifloslantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar va 
soliq tizimi tomonidan alohida yondashuvni ham vazifa yoki burch sifatida berish 
mumkin”
22
.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va tashkilotlari uchun patent olishga 
vakolatlangan vazifasini bajaradi, talabnomachi huquqiy tavsifdan hujjatlar (dalolatnoma, 
berganlik hujjatlari va b.) ni rasmiylashtirishda yordam ko‘rsatadi. talabnomani chet elga 
jo‘natadi, chet el patent idorasi bilan (chel eldagi patent olishga patent idorasining ishonchli 
vakillar orqali) aloqani amalga oshiradi, Patent idorasi qarorlari, patent olishga 
vakolatlangan Patent idorasining vakillarining so‘rovini va tarjimasini ta’minlaydi, bu qaror 
va so‘rovlarga javoblar tayyorlashga, shuningdek mamlakatlar patent ma’muriy, 
22
Innovation, intellectual property, and economic growth / ChristineGreenhalgh and Mark Rogers.USA Princeton 
University Press, 2010 . 45-б.


126 
appelyastiya va boshqa idoralarida mamlakat sanoat mulklari bo‘yicha ishlar ko‘rilishida 
yordamlashadi. 
CHet elda patentlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi. 
Patentlashtiruvchi tashkilot, sanoat mulklarini chet elda patentlash to‘g‘risida qaror 
qabul qilsa, agar konvensiyaviy ustuvorlik talabnomasi uchun yoki boshqa vaziyatlarga 
ko‘ra bundan ko‘ra istisno va talab etilmasa, sanoat mulk tavsifini (uning tushuntiruvchi 
chizmasini) tayyorlaydi. Sanoat mulklarini patentlashga mo‘ljallanayotgan mamlakatning 
patent qonunchiligi o‘sayotgan talablarga muvofiq tavsif o‘zbek va tegishli chet tilida 
tayyorlanadi. Bu tavsif etarli nusxada ko‘paytiriladi va jo‘natishdan oldin O‘zbekiston 
Respublikasining Patent idorasida sanoat mulkini tavsifi va chizmalari chet elda patentlash 
xizmati bilan kelishib olinadi. 
“Kouzning fikricha, mamlakatlarda patentlash tizimi mulkchilik huquqi bilan 
chambarchas bog‘liq ravishda raqobatdosh yoki noraqobatdosh mahsulotlarga nisbatan 
o‘zgacha yondashuv bo‘lishi kerak, ya’ni patentlashda mahsulot turini raqobatdoshlik 
darajasini mulk qo‘mitalari aniqlab berishlari shartdir. Bunday deb ta’kidlashiga sabab, bu 
kabi aniqlashtrishlar iqtisodiy ahamiyatga egadir”
23

CHet elda patentlash uchun tayyorlangan talabnoma materiallarini Patent idorasi 
kelishib olish uchun patentlashtiruvchi tashkilotga yuboradi, u bir oy ichida mualliflar bilan 
talabnoma materiallari kelishilganligini ta’minlaydi yoki o‘z mulohazalarini bayon etib
Patent idorasiga qaytaradi. Agar tashkilotdan belgilangan muddatda hech qanday ma’lumot 
kelmasa, Patent idorasi materialni kelishilgan deb hisoblaydi. Har qanday vaziyatda ham 
talabnoma materiallarini kelishib olish bilan bog‘liq ishlar konvensiya ustuvorligini 
yo‘qotishga sabab bo‘lmasligi lozim. 
Patentlashtiruvchi tashkilot, maxsus so‘rovni kutmay, sanoat mulklarini patentlash 
haqidagi qarorni olgan kundan boshlab bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Patent 
idorasiga mualliflar, talabnomachilar, haqidagi barcha ma’lumotlarni ixtironi patentlash 
bo‘yicha chel elda ish olib borish va rasmiylashtirish uchun tadim etadi. O‘zbekiston 
Respublikasi sanoat mulklarini patentlash uchun chet el patent idoralariga talabnomani 
O‘zbekiston Respublikasi Patent idorasiga jo‘natadi va ular bilan yozishmalar olib boradi. 
Texnika obektlarining patentga loyiqligini va patent sofligini aniqlash tartibi. 
Sanoat mulklarini patentlash bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining chet 
davlatlar bilan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy aloqalari rivojlanishi munosabati bilan patent 
tavsifidagi boshqa masalalar ham yuzaga keladi. SHulardan biri, O‘zbekiston Respublikasi 
sanoat mahsulotlari (mashina, qurilmalar) ning, shuningdek texnologiya jarayonining patent 
sofligini aniqlash hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi korxonalari chiqarayotgan 
buyumlar uchun patent sofligini ta’minlash zarurati mamlakat uskunalarini eksport qilish 
bilan bog‘liq tarzda yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari chel elda korxonalar qurilishiga 
texnikaviy hamkorlik qilish va chel el firma hamda tashkilotlarining O‘zbekiston 
Respublikasiga beradigan patentlari sonining ko‘payishi tufayli ham shunday zarurat paydo 
bo‘lmoqda. Patent sofligi - patent egasining huquqiy obekti bilan bog‘liq tushuncha. Patent 
egasi huquqining buzilishi bir qator mamlakatlarda tovarlarni ushlab olish, jarima solish, 
ba’zan esa jamoa olishgacha olib keladi. Patent egasi, shunday qoidabuzarlik tufayli ko‘rgan 
zararini qoplashni talab etishi mumkin. 
23
Innovation, intellectual property, and economic growth / ChristineGreenhalgh and Mark Rogers.USA Princeton 
University Press, 2010 . 46-б. 


127 
Qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish usullari yoki qandaydir boshqa obektlar 
qaysi mamlakatda amal qilayotgan patentga xilof bo‘lmasa, shu mamlakatda patent sof 
hisoblanadi. 
Patent sofligi tushunchasini patentga loyiq tushunchasi bilan aralashtirmaslik lozim. 
O‘rtadagi farq avvalo shundan iboratki, "patent sofligi" atamasini moddiy obektlar 
(mashina, qurilmalar va h.k.) ga taalluqli, "patentga loyiq" atamasi esa texnikaviy echimga 
tegishli. Patent sofligi deganda, muayyan buyum begona patent ta’siri ostiga tushib 
qolmasligi nazarda tutiladi. 
Patent sofligiga ega buyum boshqa mamlakatlarda mavjud bo‘lgan patentlarga xilof 
bo‘lmaydi, shuning uchun unga nisbatan boshqa patent egalari tomonidan hech bir da’vo 
bo‘lmaydi. Agar buyumdagi texnikaviy echimga patent olish mumkin bo‘lsa, unda bu echim 
patentga loyiq hisoblanadi. 
Patent sofligi va patentga loyiqlik masalasi bir vaqtda yuzaga kelishi mumkin, lekin 
ularning mohiyati har xil. SHunday qilib, patent sofligi texnika obektining huquqiy xossasi 
bo‘lib, u mazkur mamlakatlarda amal qiluvchi patentlar mutlaq huquqi uchinchi shaxsga 
taalluqli degan xavfdan holi, erkin foydalanish mumkinligidan iboratdir. Patent sofligi 
qandaydir bir mamlakatga nisbatan yoki bir necha mamlakatlarga nisbatan ta’minlanishi 
mumkin. Sanoat mulklariga bo‘lgan huquqning hududiy tavsifiga ko‘ra, qandaydir texnika 
obekti (buyum) patenti, masalan, AQSHda berilgan patent ta’siri ostida bo‘lishi mumkin, 
shu bilan birga Hindistonga nisbatan patent sofligiga ega bo‘lishi mumkin. Patent sofligini 
aniqlash, u yoki bu mamlakatda berilgan patentning amal qilish muddati bilan ham bog‘liq. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə