Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni


-rasm. Intellektual kapitalning tarkibi



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

7-rasm. Intellektual kapitalning tarkibi 
Innovatsion faoliyatning nazariy asoslari iqtisodchi olimlar tomonidan atroflicha 
tadqiq etilgan. Xususan, Avstriyalik olim Y.SHumpeter innovatsion o‘zgarishlarni besh 
yo‘nalishga bo‘lgan: yangi texnika va texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishni yangi 
bozor asosida ta’minlash; yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulot turlarini yaratish; 
yangi xom-ashyolardan foydalanish; ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish va 
yangi innovatsion tovarlar bilan ta’minlash; yangi iste’mol bozorlarini ochish
21

9-rasm. Innovatsion jarayonni amalga oshirish xususiyatlari 
“Asosiy rivojlanishga nafaqat innovatsiyalarni sanoat bilan bog‘lash orqali, balki 
tarkibiy o‘zgarishlarni va ularda innovatsiyalarni amalga oshirish orqali erishilganligi 
Metkalfe, Dosi, Montobbio, De Bresson va Andersenlarning ilmiy ishlarida aniq 
yoritilgandir”.
Takrorlash uchun savollar 
1. Innovatsion jarayon, g‘oyalarni murakkab zanjirini ifodalab bering.
2. Innovatsion faolyatga ta’sir etuvchi asosiy omillarni ko‘rsatib bering. 
3. Innovatsion faoliyatni bashqarishni qanday qonuniyatlarini bilasiz? 
4. Innovatsion jarayonni amalga oshirish xususiyatlarini sharxlang. 
21
Шумпетер Й. Теория экономического развития. – М.: Прогресс, 1982. С. 386. 


120 
21- Mavzu. Venchur shaklidagi innovatsion biznes
1.Venchur kapitalining iqtisodiy vazifalari.
2.Tavakkalchilikka asoslangan biznesni moliyalashtirishning asosiy xususiyatlari.
3.Venchur asosidagi moliyalashtirishning ustivor yo‘nalishlari.
4.Moliyaviy tavakkalchilikni minimallashtirishning asosiy tamoyillari.
5.Venchur asosidagi biznesni davlat tomonidan tartibga solish.
Annotatsiya 
Zamonaviy sharoitlarda innovatsion faoliyatni me’yoriy-huquqiy tartibga solish 
quyidagilarni ta’minlashi lozim bo‘lgan qonunlar va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish va 
joriy qilishni nazarda tutadi: 
1) 
innovatsion faoliyat mahsulotlarini sotishdan olingan foyda va mablag‘larning 
bu ulushini imtiyozli soliqqa tortish hisobiga davlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar va 
xususiy shaxslar o‘z daromadlarining sezilarli qismini innovatsion faoliyatga kiritishdan 
manfaatdorligi; 
2) 
kooperatsiya bo‘yicha barcha hamkorlar va qatnashchilarning innovatsion 
g‘oyani tovar ko‘rinishigacha etkazish va soliq to‘lovlarini kamaytirish yoki soliqlardan 
ozod qilish hisobiga ularni bozorda tijorat asosida sotish; 
3) 
innovatsion faoliyat qatnashchilarining kafolatlangan va imtiyozli kredit olish 
imkoniyati; 
4) 
ilmiy jamoalarning ham, alohida olimlar va mutaxassislarning ham 
intellektual mulk huquqlari himoya qilinishini ta’minlash; 
5) 
innovatsion jarayon qatnashchilari va ijrochilarining ham, bu jarayonlarni 
moliyalashtiruvchi investorlarning ham sug‘urta himoyasi va umume’tirof etilgan ijtimoiy 
maqomini ta’minlash. 
 “Ko‘chirib o‘tkazish” strategiyasi 
mavjud xorijiy ilmiy-texnika salohiyatidan 
foydalanish va yangiliklar kiritishni o‘z iqtisodiyotiga ko‘chirib o‘tkazishdan iborat”. Bu 
strategiya birinchi navbatda, YAponiyada ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 
foydalanilgan, AQSH, Angliya, Fransiya, Rossiya kabi rivojlangan mamlakatlarda xorijda 
talab yuqori bo‘lgan yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun yuqori 
samarali texnologiya litsenziyalar xarid qilingan, kelgusida fundametal tadqiqotlar va 
loyihalardan tortib to innovatsiyalarni joriy qilish, ularni mamlakat ichkarisida va jahon 
bozorida amalga oshirishgacha bo‘lgan butun innovatsion siklni ta’minlagan o‘zining ilmiy-
texnik va ilmiy-islomiy salohiyati yaratilgan. 
“O‘zlashtirish” strategiyasi 
shundan iboratki, arzon ishchi kuchiga tayangan 
o‘zining yo‘qotilayotgan ilmiy-texnik salohiyati bir qismidan foydalangan holda ilgari 
sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotni ishlab chiqarish 
o‘zlashtiriladi, kelgusida ishlab chiqarishga muhandislik-texnik hamkorlik qilish hamda 
iqtisodiyotning davlat va bozor shakllarini uyg‘unlashtirgan holda innovatsion faoliyatni 
kuchaytirishni ta’minlash, o‘zining ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba-konstruktorlik ishlarini 
o‘tkazishga qodir bo‘lgan ilmiy-texnik salohiyat tiklanadi”. 


121 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə