Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

 
Annotatsiya 
Texnologiyalar transferi markazlari (TTM)ilmiy-texnik natijalarning tijoratlashuvini 
tezlatishi, kichik innovatsion korxonalar, jumladan, texnoparklar va innovatsion-texnologik 
markazlar tarkibida yaratishni ta’minlashi ko‘zda tutilgan (3-jadval). 
3-jadval 
Texnologiyalar transferi markazining asosiy vazifalari
Texnologiyaning rivojlanish bosqichlari 
Texnologiyalar transferi bosqichlari 
Ilmiy-tadqiqotchilik ishlari bosqichlarini 
bajarish
Texnologiyani amalga oshirish 
imkoniyatini tekshirish 
Tadqiqot natijalarini e’lon qilish 
Patent arizalari berish 
Anjuman va ko‘rgazmalarda qatnashish 
Ilmiy-tadqiqotchilik ishlari natijalariga 
egalikhuquqini sotish 
Tajriba-konstruktorlik ishlari bosqichlarini 
bajarish
Mahsulotning sinov namunasi Texnologiya 
Texnologiyani amalga oshirish uchun kichik 
korxona tashkil etish 
Texnologiyani sotish 


112 
prototipi
Texnik jihatdan amalga oshirish 
imkoniyatini tasdiqlash 
Texnologiyani maromiga etkazish 
Bozor namunalari yaratish
Sinov tariqasidagi sotuvlar
Servisni tashkil qilish
Ruxsatnoma olish
Sertifikatsiya 
Mahsulotni ko‘paytirish (kichik seriyada) va 
sotish 
Foydalanuvchilarni o‘rgatish Dillerlarni 
o‘rgatish
Servis 
Texnologiyani sotish
Korxona aksiyalarini sotish
Biznesni sotish 
Sanoat texnologiyasi yaratish
Ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish 
Mahsulotni sertifikatsiyalash va ishlab 
chiqarish
Diversifikatsiya 
Mahsulot va xizmatlarni sotish Servis 
Texnologiyani sotish
Korxona aksiyalarini sotish
Biznesni sotish 
Ishlab chiqarishni kengaytirish 
Mahsulotlarni ko‘paytirish 
Ishlab chiqarishnisertifikatsiyalash 
Ishlab chiqarish va mahsulotniyangilash 
Diversifikatsiya 
Mahsulot va xizmatlar sotish
Servis 
Foydalanuvchilarni o‘rgatish
Dillerlarni o‘rgatish
Texnologiyani sotish
Korxona aksiyalarini sotish
Biznesni sotish 
SHuni ta’kidlash joizki, TTM tizimining samarali ishlashiga qator omillar to‘sqinlik 
qiladi. Ularning orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq: 

mintaqalar miqyosida innovatsion jarayonlarni boshqarishning sust tashkil 
etilganligi; 

ko‘pchilik TTMda ham ichki, ham xorijiy bozorlarga chiqish bilan bog‘liq 
muammolar; 

TTM tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatishi uchun resurslar bazasining etarli 
emasligi; 

innovatsion faoliyat kuchayishini rag‘batlantiradigan me’yoriy-huquqiy 
asoslarning yo‘qligi. 
“Qanchalar qiziq tuyulmasin, Internet tarmog‘ida ommalashib borayotgan Cloud 
tizimi iqtisodiyotda ham o‘z ta’siriga egadir. Bunga misol sifatida texnologiyalar 
konsorsiumini tuzilishini keltirish mumkin. Unga ko‘ra, firmalar gorizontal yo‘nalishda 
koalitsiyalar [2] tuzishadi. Bu koalitsiyalarning maqsadi birgalikda innovatsiyalarni joriy 
etish, joriy etish bo‘yicha tajriba almashinish va birgalikda innovatsion loyihalarni 
moliyalashtirishdir. Ushbu ishlar texnologik innovatsiyalarni yaratishda tannarx pasayiga 
olib kelishini hisobga oladigan bo‘lsak, ular eng samarali hamkorlikda ishlardan biridir”
17

Texnologik innovatsiyalar deganda yuridik shaxsning texnologik yangi mahsulotlar 
va 
jarayonlarni, 
shuningdek 
mahsulotlar 
va 
jarayonlarda 
sezilarli 
darajada 
takomillashtirishlarni, texnologik yangi va sezilarli darajada takomillashtirilgan xizmatlarni, 
xizmatlar ishlab chiqarilishi (etkazib berilishi) bo‘yicha yangi yoki sezilarli darajada 
takomillashtirilgan usullarni ishlab chiqish va joriy etish bilan bog‘liq faoliyati nazarda 
tutiladi. Texnologik innovatsiyalar yuridik shaxs tomonidan birinchi marotaba ishlab 
17
21 


113 
chiqilayotgan mahsulotlar, jarayonlar, xizmatlar va usullar shaklida (agar ular boshqa 
yuridik shaxslar tomonidan qo‘llanilayotgan bo‘lsa ham) bo‘lishi mumkin. 
Texnologik innovatsiyalarning ikkita turi mavjud. Bular: mahsulotlar bo‘yicha 
innovatsiyalar va jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar. 
Sanoat ishlab chiqarishida mahsulot bo‘yicha innovatsiyalar texnologik yangi va 
takomillashtirilgan mahsulotlarni tayyorlash va joriy etishni o‘z ichiga oladi. Texnologik 
yangi mahsulot – texnologik xususiyatlari (funksional belgilari, konstruktiv yo‘l bilan 
bajarilishi, qo‘shimcha operatsiyalari, shuningdek qo‘llaniladigan tarkibiy qismlar va 
materiallar tarkibi) yoki qo‘llanilish maqsadi prinsipial jihatdan yangi yoki yuridik shaxs 
tomonidan ilgari ishlab chiqarilgan shunga o‘xshash mahsulotdan sezilarli darajada farq 
qiluvchi mahsulotdir. Bunday innovatsiyalar prinsipial jihatdan yangi texnologiyalarga yoki 
mavjud texnologiyalardan, tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanishga asoslangan 
bo‘lishi mumkin. 
“Texnologik konsorsiumlarning 4 turi mavjud bo‘lib, ular: 
1.
Ishlab chiqarish samaradorligini koalitsiyalar orqali takomillashtirish. 
2.
O‘zgarmas kapitalga investitsiyalar kiritishdagi xarajatlarni bo‘lishish. 
3.
Texnologiyalarni ortiqchalik samarsini oshirish uchun o‘zaro bo‘lishish. 
4.
Narx diskriminatsiyasi orqali innovatsiyalar xarajatini o‘zaro taqsimlash”
18

Texnologik jihatdan takomillashtirilgan mahsulot – bu yuqoriroq samarali tarkibiy 
qismlar va materiallardan foydalanish, bir yoki undan ortiq texnik tarkibiy qismlarini 
qisman o‘zgartirish (kompleks mahsulotlarda) yo‘li bilan ishlab chiqarilishining sifat 
bo‘yicha xususiyatlari yaxshilanadigan va iqtisodiy samaradorligi oshadigan mahsulotdir. 
Jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar texnologik yangi yoki texnologik jihatdan sezilarli 
darajada takomillashtirilgan ishlab chiqarish, shuningdek mahsulotlarini etkazib berish 
usullarini ishlab chiqish yoki joriy etishni o‘z ichiga oladi. Bu turdagi innovatsiyalar yangi 
ishlab chiqarish asbob-uskunalaridan, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning yangi 
usullaridan foydalanishga yoki ularni birgalikda qo‘llashga, shuningdek tadqiqot va 
ishlanmalar 
natijalaridan 
foydalanishga 
asoslangan 
bo‘lishi mumkin. Bunday 
innovatsiyalar, odatda, tashkilotda ilgari mavjud bo‘lgan mahsulotlarini ishlab chiqarish 
yoki etkazib berishning samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi, shuningdek odatdagi 
usullar yordamida amalga oshirish imkoni bo‘lmaydigan texnologik jihatdan yangi yoki 
takomillashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki etkazib berish uchun mo‘ljallangan 
bo‘lishi mumkin. 
Jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalarni tashkilot birinchi bo‘lib joriy qilgan bo‘lishi 
muhim emas.
Texnologik innovatsiyalarga quyidagilar kirmaydi: 
• 
mahsulotdagi estetik (rangida, bezatilishida) o‘zgartirishlar; 
• 
mahsulotning konstruktiv vazifalarini o‘zgartirmaydigan, uning yoki tarkibiy 
qismi hisoblangan materiallar va komponentlarning ko‘rsatkichlariga, xususiyatlariga, 
narxiga etarlicha sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan texnik va tashqi ko‘rinishda sezilarsiz 
darajadagi o‘zgartirishlar; 
• 
vaqtinchalik talabni va tashkilotning daromadlarini ta’minlash maqsadida 
tashkilot tomonidan ilgari ishlab chiqarilmagan, ammo mahsulotlar, ishlar, xizmatlar 
bozorida etarlicha ma’lum bo‘lgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarishini yo‘lga 
qo‘yish (boshqa ixtisoslik bo‘yicha bo‘lishi ham mumkin) evaziga ularning turlarini 
18
22 


114 
ko‘paytirish. Masalan, mashinasozlik zavodida mavsumiy talabdan foydalangan holda yozgi 
davrda boshqa ixtisoslik bo‘yicha mahsulot, ya’ni mix ishlab chiqarilishi; 
• 
ma’lum modeldagi qo‘shimcha dastgohlarni o‘rnatish, hatto ularni shu 
modelning oxirgi modifikatsiyaga almashtirish evaziga ishlab chiqarish quvvatlarini 
kengaytirish; 
• 
to‘laligicha boshqa tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan va tayyorlangan 
innovatsion tovarlar, ishlar, xizmatlarni sotish; 
• 
tashkiliy va boshqarish bo‘yicha o‘zgartirishlar. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə