Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Anotatsiya 
 
Innovatsion 
faoliyatning 
pirovard 
natijasi 
bo‘lib innovatsiya mahsuloti 
(texnologiya) hisoblanadi. Innovatsiya mahsuloti (texnologiyasi) o‘zining hajmi bilan 
farqlanadi, u yangi texnologiyani joriy etilishi evaziga korxona ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini o‘sishini ifodalovchi ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topadi.
Innovatsion faoliyat o‘z ichiga ma’lum bosqichli jarayonlarni oladi. Ushbu bosqichli 
jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin (1.3-rasm). 
3-rasm. Innovatsion faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar 
Innovatsion faoliyatni mazmun va mohiyatiga, pirovard olinadigan natijasiga ko‘ra 
korxonalar tomonidan olib boriladigan ichki investitsiya faoliyatining tarkibiy qismi, ya’ni 
uning bir bo‘lagi deb hisoblash mumkin. Ichki investitsiya faoliyati innovatsion faoliyatdan 
tashqari kapital qurilish, yangi texnika va texnologiyalarni sotib olish, mavjud ishlab 
chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, kengaytirish, rekonstruksiya qilish kabi ishlarni 
ham bevosita o‘z ichiga oladi. Demak, ichki investitsion faoliyat innovatsion faoliyatga 
nisbatan mazmunan keng tushuncha hisoblanadi. Innovatsion faoliyatga sarflangan 
mablag‘lar jami kapital investitsiyaning yangi g‘oya, ishlanmalar, jarayonlar, mahsulot
xizmat turlarini yaratish, o‘zlashtirish va tatbiq etishga taalluqli bo‘lgan qismidir. 
SHunday qilib, innovatsion faoliyat makon va zamonda yuz bergan va berayotgan, 
o‘zining moddiy va nomoddiy ko‘rinishdagi hamda pulda baholanadigan mulk shaklidagi 
pirovard mahsuliga ega bo‘lgan, bunga erishish uchun ma’lum sarf-xarajatlarni talab 
qiladigan xo‘jalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. Aynan shu mazmunda korxonalarning 
innovatsion faoliyati ularda yuritilayotgan buxgalteriya hisobi hamda o‘tkaziladigan audit 
predmetini tashkil qiluvchi ob’ektlardan biri hisoblanadi. 


108 
Innovatsion faoliyat sub’ektlari quyidagilardan iborat: 

innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar; 

innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi innovatsion 
korxonalar; 

innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual mulk egalari: 
korxonalar loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, texnologik jarayonlar, “nou-xau”, 
kashfiyot va ixtirolar mualliflari, dizaynerlar; 

innovatsiyalar amalga oshirishga kapital kirituvchi investorlar: banklar, 
fondlar, korporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.; 

innovatsion jarayonga xizmat ko‘rsatadigan va uning infratuzilmasini 
ta’minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik inkubatorlar, 
texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari va h.k.; 

innovatsion faoliyatni boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solishda 
ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari.
Keyingi paytlardagi innovatsiyalar oqimi IIRda uyushtirilgan “poyga” uchun 
stoxastik jarayonlar modellashtirilgandir”. XXI asrda innovatsion loyihalar va yangi 
g‘oyalarning hayotga keng tatbiq etilishi jamiyat va insoniyat taraqqiyoti uchun samarali 
hisoblanadi. Texnologiya taraqqiyoti asrida ilmiy loyihalarni ishlab chiqarish va hayotga 
joriy etish, mamlakat iqtisodiyotining yuksalishida va yangilanishida muhim omil sanaladi. 
Innovatsion faoliyat infratuzilmasining rivojlanish darajasi innovatsion siyosatni amalga 
oshirishga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biridir. 
Xorijiy 
adabiyotlarda 
“innovatsion 
infratuzilma” 
atamasi 
yangi 
yoki 
takomillashtirilgan mahsulotni, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni yaratish, 
ishlab chiqarishda o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan 
tashkilotlar yig‘indisi sifatida ta’riflanadi. 
Innovatsion faoliyat infratuzilmasi - innovatsion faoliyat sub’ektlariga innovatsion 
faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar 
jamlanmasidir. 
“Agar muvaffaqiyatli innovatsiyalar Puassonning stoxastik jarayoni sababli tez 
sur’atli (
u
) ravishda amalga oshadi deb qabul qilsak, unda ma’lum bir davrda firmaning 
muvaffaqiyatli innovatsiyalardan foydalanayotganligi 
dt udt 
ga o‘zgaradi. SHunda kutilgan 
monopoliya daromadi π SHumpeter bo‘yicha muvaffaqiyatli tadbirkor uchun quyidagi 
ko‘rinishda bo‘ladi: 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə