Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Xavfsizlik tamoyillari
- xavfsizlikni ta’minlash taktika va strategiyasiga bo‘lgan 
asosiy talablar xavfsizlikning maqsad va vazifalarini hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarin 
tanlashdir. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
*
qonuniylik tamoyillari; 
*
mustaqillik va mas’uliyat; 
*
iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik; 
*
maqsadli-dasturiy rejalashtirish;
*
o‘zaro aloqalar va muvofiqlashtirish; 
*
mehnatni ilmiy tashkil qilish. 
*
oshkoralik va zaruriy maxfiylikning uyg‘unligi 
*
Ixtisoslashuv va yuqori kasbiy malaka 
SHu bilan bir vaqtda korxona o‘z faoliyatining muhim yo‘nalishlari xavfsizligini 
ta’minlash uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak va buning uchun 
avvalo, mos keluvchi qo‘riqlash tartibini yaratish lozim. Mamlakatimiz va xorij amaliyoti 
tajribasi bunda quyidagi faoliyat turlarini ajratib ko‘rsatadi: 
1. Bino va inshootlar, aloqa tarmog‘i qurilma va uskunalarini qo‘riqlash tartibini 
ta’minlash. 
2. Tezkor xavfsizlik – maxfiy axborotlarga bo‘lgan vakolatni boshqarish, kelib-
ketuvchilar, transport va yuk tashishni nazorat qilish, qoidabuzarlik holatlarini tekshirish, 
axborot xavfsizligini ta’minlash. 
3. Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ma’muriy faoliyat - personalni tayyorlash va 
o‘qitish, inspeksiya, taftish va nazorat, muammoli vaziyatlarning oldini olish, istiqbolli 
chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 
4. Moddiy boyliklarni himoya qilish va tabiiy ofatlar bilan kurash - yong‘inlarning 
oldini olish, yong‘in xavfsizligi va ogohlantirish qurilmalari holatini kuzatib borish va 
hokazolar. 
Xavfsizlik xizmati korxonaning tuzilmaviy birligi bo‘lib, xavfsizlik tartibini ishlab 
chiqish, o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, unga rioya qilinishini nazorat qilishni 
amalga oshiradi. U o‘z faoliyatida quyidagilarga asoslanishi lozim: 

qo‘riqlash tartibini tashkil etish bo‘yicha qoidalar; 

rahbar, mutaxassis va texnik xodimlar uchun maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash 
bo‘yicha lavozim yo‘riqnomasi; 

ma’lumotlarni texnik-muhandislik jihatidan himoya qilishni tashkil etish bo‘yicha 
lavozim yo‘riqnomasi; 

xorijiy vakolatxonalar va vakillar bilan ishlash bo‘yicha lavozim yo‘riqnomasi. 
Belgilangan vazifalarni bajarish uchun korxonaning xavfsizlik xizmati quyidagilarni 
amalga oshiradi: 

ma’muriy-taqsimlash funksiyasi, xavfsizlik tartibini o‘rnatish va ta’minlash, 
mas’ul shaxslarning korxona xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha huquq va 
majburiyatlarini belgilash, shuningdek, korxonaning mazkur faoliyat turi sohasidagi vakolat 
funksiyalarini amalga oshirishga oid qarorlar tayyorlash yo‘li bilan amalga oshiriladi; 

xo‘jalik-taqsimlash funksiyasi, xavfsizlik xizmatining korxona xavfsizligini 
ta’minlashda zarur bo‘lgan resurslarni belgilash, korxona mulki va intellektual boyliklarini 
saqlash va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlarini tayyorlash va amalga 
oshirishda ishtirok etishi yo‘li bilan amalga oshiriladi; 


102 

hisob-nazorat funksiyasi, tijorat-moliyaviy faoliyatning eng muhim yo‘nalishlarini 
ajratib ko‘rsatish va korxonaning moliyaviy barqarorligiga tahdid soluvchi xavf-xatarning 
oldini o‘z vaqtida olish, ularning manbalarini baholash, xavfli holatlarni nazorat qilishni 
yo‘lga qo‘yish, korxona xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy omillarni hisobga olish, 
shuningdek, korxonaning hayotiy ehtiyojlariga tahdid soluvchi g‘irrom raqiblar, ishonchsiz 
hamkorlar, shaxslar va tashkilotlar haqida ma’lumotlar yig‘ish yordamida amalga oshiriladi; 

ijtimoiy-kadrlar funksiyasi, xavfsizlik xizmatining kadrlarni joylashtirish, mehnat 
jamoalaridagi salbiy fikrlar, ijtimoiy ziddiyatlarning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini 
aniqlash, janjallarning oldini olish, xodimlarga yo‘riqnoma berish, ularda belgilangan 
xavfsizlik normalariga rioya qilish uchun javobgarlik tuyg‘usini shakllantirishdagi ishtiroki 
orqali amalga oshiriladi; 

tashkiliy-boshqaruv funksiyasi, korxona xavfsizligini ta’minlash jarayonini 
boshqarishning doimiy tashkiliy tuzilmasini yaratish, qo‘llab-quvvatlash va o‘z vaqtida 
qayta tashkil etishga boshqaruv ta’sirini ko‘rsatish, faoliyatning alohida yo‘nalishlari 
bo‘yicha moslashuvchan vaqtinchalik tuzilmalar, alohida bo‘g‘inlar o‘rtasida belgilangan 
dasturiy maqsadlarga erishish uchun o‘zaro aloqalar va muvofiqlashtirishni tashkil etish 
yordamida amalga oshiriladi; 

rejali-ishlab chiqarish funksiyasi, korxona xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 
alohida maqsadli rejalar va dasturlar majmuini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish, 
xavfsizlik tartibini o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarni tayyorlash va 
bajarish yordamida amalga oshiriladi;

tashkiliy-texnik funksiya, korxonada xavfsizlik tartibini moddiy-texnik jihatdan 
ta’minlash, maxsus texnikalar hamda yangi, progressiv texnologiyalar, maxfiy tartib va 
boshqa maxsus faoliyatlarni o‘zlashtirish yordamida amalga oshiriladi; 

ilmiy-uslubiy funksiya, korxona xavfsizligini ta’minlashning ilg‘or tajribalarini 
to‘plash va tarqatish, xodimlarni o‘qitishni tashkil etish, korxona oldida yuzaga keluvchi 
korxona xavfsizligini ta’minlashga oid muammolarni hal qilishning ilmiy jihatdan ishlab 
chiqish va uning bu sohadagi faoliyatini uslubiy ko‘rsatmalar bilan ta’minlash yordamida 
amalga oshiriladi; 

axborot-tahlil funksiyasi, xavfsizlikka oid ma’lumotlarni maqsadli ravishda 
yig‘ish, to‘plash va ular bilan ishlash, buning uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni analitik 
tahlil qilishning texnik va uslubiy vositalarini yaratish va ulardan foydalanish, korxonaning 
manfaatdor bo‘linmalari va alohida shaxslarni xavfsizlik xizmatida mavjud bo‘lgan 
ma’lumotlar bilan ta’minlash yordamida amalga oshiriladi. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə