Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

 
 
13- MAVZU. KORXONANING TIJORAT SIRI VA IQTISODIY 
XAVFSIZLIGI 
13.1. Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning maqsadi, vazifalari va 
tamoyillari. 
13.2. Korxona iqtisodiy havfsizligini ta’minlashni tashkil qilish va boshqarish. 
13.3. Korxonaning xavfsizlik xizmati, uning tuzilishi va vazifalari. 
13.4. Korxonaning tijorat sirlari.
 
Annotatsiya 
 
Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning asosiy maqsadlari quyidagilardan 
iborat: 

korxona va uning barcha bo‘linmalari, mehnat jamoasining davlat tuzilmasi
xorijiy hamkorlar va raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda qonuniy huquqlarini himoya 
qilish; 

korxona mulkini saqlash, undan oqilona va unumli foydalanish; 

ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotning 
ichki 
va 
tashqi 
bozordagi 
raqobatbardoshligini oshirish; 

tashkiliy va ishlab chiqarish barqarorligiga erishish, butlovchi qismlar etkazib 
beruvchilarga yordamchi va hamkorlarga bir tomonlama qaram bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik; 

barcha 
tuzilmaviy 
bo‘g‘inlardagi xodimlar orasida mehnat intizomini 
mustahkamlash; 

mehnat unumdorligini oshirish uchun moddiy va ma’naviy manfaatdorligini 
ta’minlash; 

ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlaridan foydalanish, samarali axborot bazasini 
rivojlantirish; 

korxona obro‘sini oshirish. 
Ko‘rsatilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda korxona xavfsizligini ta’minlash 
vazifalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. Korxona ichida hamda tashqi tashkilotlar - hukumat idoralari, boshqaruv 
strukturasidagi qoidabuzarlik omillari, vakolatni oshirish hollari va hokazolarni aniqlash; 
2. Korxonaning barqaror ishlashiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar hamda 
bozor kon’yunkturasidagi noqulay o‘zgarishlarni aniqlash va zarur choralarni qo‘llash; 
3. Bo‘lajak hamkorlarni o‘rganish, ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish va 
baholash; 
4. Iqtisodiy ayg‘oqchilikka qarshi chora-tadbirlarni tayyorlash; 
5. Korxona sirlaridan xabardor bo‘lgan malakali xodimlarni boshqa korxonalarga jalb 
qilishning oldini olish; 
6. Nosog‘lom raqobatchilikni engish; 
7. Korxona hududi va moddiy resurslarini himoya qilish; 
8. Tijorat sirlarini muhofaza qilishni tashkil qilish; 
9. Mehnat jamoasi a’zolari orasidagi salbiy fikrlarni aniqlash; 


101 
10. Favqulodda hodisalarning oldini olish va xavfsizlikning boshqa choralari. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə