Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni


  Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

 


97 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1. Investitsion siyosat nima va u davlat va korxonalar miqyosida qanday maqsadlarni 
ko‘zda tutadi? 
2. “Investitsiyalar” va “kapital qo‘yilmalar” tushunchalari o‘rtasidagi farqlarni 
tavsiflab bering. 
3. Investitsion jarayonlarni qaysi asosiy bosqichlar tavsiflaydi? 
4. Investitsiyalar tarkibi va strukturasi nima va ularning korxona iqtisodiyotiga ta’siri 
qanday? 
5. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning qaysi usullari sizga 
ma’lum? 
6. Korxonalar investitsion siyosatining mohiyati nimada? 
7. Investitsiyalarning eng samarali variantini tanlashda qaysi usuldan foydalanish 
maqsadga muvofiq? 
12- MAVZU

 CHET EL INVESTITSIYALARI VA ULARNI JALB ETISH 
BO‘YICHA INVESTITSION SIYOSAT (2-SOAT) 
Annotatsiya 
12.1
.
Davlatning investitsion siyosati. 
12.2.
 
CHet el investitsiyalari tushunchasi.
12.3.O‘zbekiston iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilishning zaruriyati. 
12.4. Investitsion muhitning jozibadorligini oshirish. 
12.5. Iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb qilishning huquqiy asoslari.
12.6.To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va portfel shaklidagi chet el investitsiyalari.
Ma’lumki 
har 
bir 
davlatda, 
uning 
iqtisodi 
rivojlangan, 
yoki 
iqtisodiyoti o‘tish davri xususiyatiga ega bo‘ladimi, qat’iy nazar, mazkur mamlakatga xorijiy 
sarmoyaning kirib kelishi hamisha ijobiy xodisa sifatida qaraladi. CHunki kirib kelayotgan 
sarmoyaning ko‘payishi to‘lov balansini yaxshilash orqali, milliy valyuta kursiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi, 
texnik 
bazani 
yangilashga 
xizmat 
qiladi, 
zamonaviy 
ish 
yuritish 
uslubini 
tadbiq 
etadi 
va 
bu 
bilan 
iqtisodiy 
o‘sishni 
rag‘batlantiradi. 
SHunday ekan, investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to‘g‘risida iqtisodchi olimlar 
fikrlariga nazar tashlasak, ular o‘rtasida xilma – xilfikrlar mavjud. 
Investitsiyalarga 
aniq 
bir 
ta’rif berilmagan. Jumladan, prof. D.G‘.G‘ozibekov 
investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib
quyidagicha ta’rif berib o‘tgan: “Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan 
mablag‘lar 
olish, 
ularni 
asosli 
holda 
safarbar 
etish, 
rikslar 
darajasini 
hisobga 
olgan 
holda 
kapital 
qiymatini 
saqlash 
va 
ko‘zlangan 
samarani 
olishdan iborat bo‘ladi” 
Prof. N.H. Haydarov investitsiyalar mazmun – mohiyatiga quyidagi ta’rifni beradi: 
“Investitsiya – bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy 
va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o‘z boyliklarini 
qonun 
doirasida 
bo‘lgan 
har 
qanday 
tadbirkorlik 
ob’ektiga 
sarflashidir”. 
O‘zbekiston Republikasining 1998 yil 24 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi 
qayta taxrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: “Investitsiya – iqtisodiy va 
boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritilgan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir 
xuquqlar”5 sifatida ta’riflanadi.SHunday qilib, “Investitsiya” deganda kelgusida daromad (foyda) 
olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmog‘lari va 


98 
boshqa sohalariga investorlar tomonidan quyiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va 
intekllektual 
boyliklar tushuniladi. Boshqacha aytganda, investitsiyalar–mulkchilikning har xil ko‘rinishlaridagi 
moddiy, moliyaviy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy – ijtimoiy daromad olish maqsadida 
muomalaga kiritishdir.
U.SHarp investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beradi: “Istiqbolda yanada ko‘proq miqdordagi 
mablag‘ olish uchun ma’lum miqdordagi pul bilan bugun ajralishdir. Real investitsiyalar sosan 
moddiy aktivlarga (er, uskunalar, zavodlar) qilingan investitsiyalardir. Moliyaviy investitsiyalar bu 
qog‘ozda bitilgan shartnomalardir. Bularga oddiy aksiyalar va obligatsiyalar kiradi. 
Rivojlanayotgan iqtisodiyotda investitsiyalarning asosiy qismi real investitsiyalarga tegishlidir. 
Rivojlangan iqtisodiyotda esa investitsiyalarning asosiy qismi moliyaviy investitsiyalash 
institutlarining 
keng 
miqyosida 
rivojlanishi 
real 
investitsiyalarning o‘sishiga sababchi bo‘ladi. Investitsiyalarning bu ikki shakli bir-biri bilan 
raqobatlashuvchi emas, balki bir-birini to‘ldiruvchidir”. 
Investitsiya 
tushunchasi 
yagona 
va 
to‘liq belgi berishlik uchun anchagina 
keng tushuncha bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy fanning turli qismlarida va amaliy faoliyatning turli 
sohalarida 
investitsiya 
mazmuni 
o‘zining 
xususiyatlariga ega. Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-
joylarga investitsiyalar va moddiy zahiralarining o‘sishiga qilinadigan harajatlardan tashkil 
topadigan 
yalpi 
harajatlarning 
bir 
qismi 
hisoblanadi. 
Investitsiyalar 
– 
bu 
joriy 
davrda 
iste’mol 
qilinmagan 
va 
iqtisodiyotda 
kapital 
o‘sishini 
ta’minlovchi YAIM ning bir qismidir. 
Ko‘pgina adabiyotlarda “investitsiya” terminida noaniqliklar uchraydi. Birinchidan, 
“investitsiyalar”ga fuqarolarning “iste’molchilik investitsiyalari” (maishiy texnika, avtomobil, 
ko‘chmas mulk va boshq.) qo‘shib yuboriladi. Bunday investitsiyalar esa kapitalni o‘sishini va 
foyda 
olinishini 
ta’minlamaydi. 
Ikkinchidan, 
“investitsiyalar” 
va 
“kapital qo‘yilmalar” terminlarini tenglashtirishadi. Kapital qo‘yilmalar - korxonaning moliyaviy 
mablag‘larini asosiy kapitalga avanslashtirish bilan bog‘liq investitsiya faoliyatining shaklidir. 
Investitsiyalar esa nomoddiy va moliyaviy aktivlarga qo‘yilishi ham mumkin. Uchinchidan
ko‘pgina 
manbalarda 
investitsiyalarni 
pul 
mablag‘larini qo‘yish deb ta’riflanadi. Amaliyotda esa, barcha hollarda bunday bo‘lmaydi. 
Investitsiyalashni boshqa shakllarda ham amalga oshirish mumkin. Investitsiyalar turli shakllarda 
amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda guruhlashtiriladi. 
Birinchidan, qo‘yilish ob’ektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi. 
Real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) – pul mablag‘larini korxonaning moddiy va nomoddiy 
aktivlariga 
sarflanishidan 
iborat. 
Moddiy 
investitsiyalar 
asosiy 
kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘pchilik hollarda investitsion loyihalar 
doirasida amalga oshiriladi. SHuning uchun o‘z mablag‘lari bilan birga qarzga olingan mablag‘lar 
ham foydalanilishi mumkin. Qarzga mablag‘ olingan holda investor rolini aniq loyihalarga kredit 
mablag‘lari 
ajratayotgan 
bank 
bajaradi. 
Mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, lizensiya vanou – xou berish, avtorlik xuquqi 
va umuman olganda nomoddiy aktivlarga yo‘naltirilgan investitsiyalarni ko‘pgina iqtisodchi – 
olimlar intellektual investitsiyalar deb atamoqdalar. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
“Investitsiya 
faoliyati 
to‘g‘risida”gi 
Qonunida investitsiya mo‘ljallangan ob’ektiga ko‘ra, “kapital, innovatsiya va ijtimoiy” 
investitsiyalarga bo‘linadi (3- modda). Rivojlangan mamlakatlarda real investitsiyalarning asosiy 
qismini 
xususiy 
investitsiyalar 
tashkil 
etadi. 
Davlat 
sektorida 
real 
investitsiyalar sarfi muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy muvofiqlashtirish siyosati asosida kreditlar, 
subsidiyalar ajratiladi, davlat kapital qo‘yilmalari muvozanatlashtiriladi va real investitsiyalar 
o‘zlashtiriladi. 


99 
Davlat tomonidan o‘zlashtiriladigan investitsiyalar, dastlabki bozor infratarkibini va u bilan 
bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarni rivojlantirishga sarflanadi. Investitsiyalarni samaradorligini oshirish 
asosiy kapitalni aktiv elementlarini vujudga keltirish va o‘stirish hisobiga amalga oshiriladi. 
Moliyaviy investitsiyalar erkin bozor infratarkibi rivojlangan mamlakatlarda, qimmatli qog‘ozlar 
bozori orqali kapitalni sohalar bo‘yicha taqsimlanishida muhim ahamiyatga bo‘lgan davlatlarda 
ko‘proq tarqalgan. Rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy investitsiyalarining tarkibida asosiy 
o‘rinni xususiy investitsiyalar tashkil qiladi. 
Xususiy 
investitsiyalar, 
tadbirkorlar, 
xususiy 
firmalar, 
konsernlar va aksioner tashkilotlar tomonidan taqiqlanmagan faoliyatlarga arflanadigan mulkdorlik 
va intellektual boyliklarni anglatadi. Etuk qimmatli qog‘ozlar bozori mavjud bo‘lgan mamlakatlarda 
xususiy investitsiyalarni ko‘pgina qismi maxsus investitsiya fondlari tomonidan sarflanadi. Xorijiy 
investitsiyalarning 
moliyaviy 
shakli 
(portfel investitsiyalar) milliy iqtisodiyotda istiqbolli korxonalarni aniqlash va keng miqyosda 
investitsiyalashni amalga oshirishga asos bo‘la oladi. 
Ikkinchidan, investitsiyada qatnashish harakteriga ko‘ra bevosita va portfel investitsiyalar 
farqlanadi. Bevosita investitsiyalar investorni o‘z moliyaviy mablag‘lag‘larni joylashtirish ob’ektini 
tanlash imkoniyatini beradi. Portfel investitsiyalar tijorat banklari, investitsion kompaniyalar, 
fondlar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Moliyaviy vositachilar to‘plangan mablag‘larni 
samarali, daromad keltiradigan qilib joylashtiradilar. Portfel investitsiyalar boshqa emitentlarning 
anderrayting yordamida qimmatli qog‘ozlarga joylashtirish shaklida namoyon bo‘ladi. 
Uchinchidan, 
investitsiyalash 
davriga 
qarab 
investitsiyalar 
qisqa 
muddatli 
(bir 
yilgacha 
bo‘lgan 
muddatga 
beriladi) 
va 
uzoq 
muddatli 
(bir 
yilldan oshiq muddatga beriladi) bo‘ladi. Masalan, oddiy aksiyalar umuman biror – bir muddat 
bilan cheklanmaydi. Masalan, depozit sertifikati olti oy muddatga beriladi – bu qisqa muddatli 
qo‘yilmalar vositasidir, obligatsiyalar 20 yilgacha qaytarish muddati bilan uzoq muddatli 
qo‘yilmalar 
vositasidir. 
Lekin, 
uzoq 
muddatli 
qimmatli 
qog‘ozlarni 
sotib 
olish 
va 
qisqa 
muddatdan, 
masalan 
olti 
oy 
o‘tgandan 
so‘ng, investor uzoq muddatli qurolni qisqa muddatli maqsadlar uchun foydalanish mumkin. 
Ko‘pincha investorlar ana shunday qurollarni tanlaydilar va o‘z pullarini qisqa muddatlarga 
qo‘yishni hohlaydilar. To‘rtinchidan, mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar xususiy, davlat, 
qo‘shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va 
fuqarolarning 
mablag‘larini 
tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga qo‘yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari davlat byudjeti va 
davlat korxonalarining mablag‘larini joylashtirish orqali namoyon bo‘ladi. 
Beshinchidan, 
hududiy 
joylashtirilish 
bo‘yicha 
investitsiyalar 
ichki 
va 
tashqi investitsiyalarga bo‘linadi. 
Oltinchidan, 
investitsiyalar 
tavakkallik 
darajasi 
bo‘yicha 
yuqori 
tavakkalli va past tavakkalli investitsiyalarga ajratiladi. Moliya sohasida tavakkallik deganda 
investitsiyalarga mutloq yoxud nisbiy miqdordagi foyda kutilganidan ancha kam bo‘ladi, boshqacha 
aytganda «tavakkallik» atamasi kutilmagan natija olish imkoniyatini anglatadi.
Qo‘yilma mablag‘lariga foydani mutloq yohud nisbiy miqdorlarini yoyilishi qanchalik keng 
bo‘lsa tavakkallik shunchalik katta bo‘ladi va aksincha.
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunda: “Investitsiya 
faoliyati - investitsiya faoliyati sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq 
harakatlar majmui” sifatida ifodalanadi. Fikrimizcha, investitsion faoliyatga berilgan ta’riflar, uning 
mohiyatini to‘la ochib berolmaydi. CHunki investitsion faoliyatda investitsiyalarning ketma-ketligi 
va ularning o‘zgaruvchanligi (metamorfozi), ya’ni resurslar (qiymatliklar) - qo‘yish (xarajatlar) va 
investitsiya natijasida samara (foyda, daromad) olish yotishi kerak. Agar samara olinmasa 
investitsiyalashga rag‘bat ham bo‘lmaydi. Investitsiyalash kim tomonidan amalga oshirilganligi 
nuqtai nazaridan ikki turga, ya’ni ichki va tashqi investitsiyalarga bo‘linadi. Ichki investitsiyalar - 
bu mazkur davlat hududida ichki investorlar tomonidan yo‘naltiriladigan investitsiyalardir. Tashqi 
investitsiyalar - bu xorijiy investorlar tomonidan yo‘naltiradigan investitsiyalar bo‘lib, chet el 


100 
mulkdorlari tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlariga uzoq muddatga qo‘yilgan kapital 
mablag‘laridir. Investitsiyalarni turlari bo‘yicha tavsiflanishini quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin: 
Investitsiyalar Moddiy boyliklar, Moliyaviy boyliklar, Intellektual boyliklar 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə