Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Annotatsiya 
 
XXI asrda innovatsion loyihalar va yangi g‘oyalarning hayotga keng tatbiq etilishi 
jamiyat va insoniyat taraqqiyoti uchun samarali hisoblanadi. Texnologiya taraqqiyoti asrida 
ilmiy loyihalarni ishlab chiqarish va hayotga joriy etish, mamlakat iqtisodiyotining 
yuksalishida 
va 
yangilanishida 
muhim 
omil 
sanaladi. 
Innovatsion 
faoliyat 
infratuzilmasining rivojlanish darajasi innovatsion siyosatni amalga oshirishga ta’sir etuvchi 
asosiy omillardan biridir. 
Davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solish sohasidagi tartibga solish tizimi 
quyidagi elementlarni o‘z ichiga olishi zarur: 

davlat siyosatining aniq belgilangan maqsadlarini; 

belgilangan maqsadlarni amalga oshiradigan boshqaruv organlari va ularning 
funksiyalarini; 

boshqaruv funksiyalarini to‘liq amalga oshirishda tartibga solish ob’ekti va 
axborot beradigan axborot tizimini; 

davlat boshqaruv organlarining qo‘llab-quvvatlash va tartibga solish 
instrumentlari - davlatning fan-texnika taraqqiyotini tartibga solishning asosiy 
instrumentlariga nafaqat uning elementlari taalluqli bo‘ladi, balki davlatning ilmiy 
imtiyozlar tizimiga muvofiq, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar sohasi o‘rtasida byudjet va 
byudjetdan tashqari resurslarni taqsimlash orqali ilmiy texnika yangiliklarini davlat 
tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashni; 

innovatsion jarayonlarning sub’ektlariga turli xil imtiyozlarni taqdim etishni 
(ham innovatsiyalarni amalga oshirayotgan bevosita tadbirkorlarga, ham ularni yoki bu 
darajada qo‘llab-quvvatlayotgan infratuzilma elementlariga); 

iqtisodiyotda innovatsion muhitni shakllantirish va ilmiy texnik axborotlar 
milliy xizmatini, patentlash va litsenziyalash, standartlashtirish, sertifikatlash, statistika, 
xorijiy 
tajribani 
o‘rganuvchi 
tahliliy 
markazlar, 
ilmiy-texnik 
rivojlanish, 
prognozlashtiruvchi kadrlarni tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oluvchi tadqiqotlar va 
ishlanmalar ta’minoti infratuzilmasi hamda ular asosida qaror qabul qiluvchi shaxslarni 
ustuvor ilmiy, milliy tizimlar bilan ta’minlashdan iborat. 


110 
“Yovanovich (1982) va Matssukato (2000) stoxastik parametrlarga bog‘liq bo‘lgan 
xarajatlar samarasi ustida ish olib borishgan. Sanoatning hayot siklida stoxastik parametrlar 
tomonidan mahsulot dizayni hali standartlashtirilmasdan noaniqliklar taqdim qilingan”. 
Ekspertlarning 
hisoblashicha, 
“korxonalarni yangi mahalliy va xorijiy 
texnologiyalarni joriy qilishga rag‘batlantiruvchi, asosiysi buning uchun imkoniyat taqdim 
etuvchi tashkiliy va institutsional muhit yaratish birlamchi ahamiyat kasb etadi”. Bizning 
bozorda faqat hukumatgina innovatsiyalar ruhini uyg‘otishi mumkin degan yolg‘on tasavvur 
vujudga kelishi mumkin. Faqat uning strategik muammosi kuchli iroda, real stimul va 
resurslar bilan ta’minlangan holda tadbirkorlikning rivojlanishida yangi bosqichni boshlab 
berishi mumkin.
Demak, davlatning iqtisodiy siyosatida top-down va bottom-up yondashuvlari 
imkoniyatlarini birlashtiruvchi kompleksli innovatsion siyosat zarur bo‘ladi. Mahalliy 
kompaniyalar, akademiya va OO‘YU esa birinchi bo‘lishning uddasidan chiqa olmasada
hech bo‘lmasa hammadan ortda qolmaslik uchun diqqat-e’tiborni susaytirmasliklari lozim. 
“Sanoat evolyusiyasi asosan innovatsiyalar va bozor strutkturasi dinamikasi orqali 
tanlov mexanizmiga bog‘liqdir. Bu erda yangi texnologiyalar va firmalarning kirish va 
chiqishi muhim ahamiyat kasb etadi”. 
Umumiy jihatdan innovatsion jarayon bu voqea-hodisalarning ketma-ketlikdagi 
zanjiri bo‘lib, uning davomida yangilik oddiy bir g‘oyadan muayyan mahsulot, texnologiya 
yoki xizmatgacha “pishib etadi”
16
va xo‘jalik amaliyotida tarqaladi. 
Bu jarayonni quyidagi sxema ko‘rinishida aks ettirish mumkin:
Ft ↔ At ↔ I ↔ L ↔ Q ↔ O‘ ↔ Si ↔ M ↔ S; 
bu erda:
Ft - fundamental tadqiqotlar; 
At - amaliy tadqiqotlar; 
I - ishlanmalar; 
L - loyihalashtirish; 
Q - qurilish; 
O‘ - o‘zlashtirish; 
Si - sanoat ishlab chiqarishi; 
M - marketing; 
S - sotuv. 
Innovatsion tadbirkorlik infratuzilmasi birinchi navbatda, alohida bo‘lib o‘tadigan va 
innovatsion deb nomlangan turga moslashib oladigan tadbirkorlikni ta’minlovchi tizimni 
ifodalaydi. U innovatsion sohaning tadqiqotchilik-loyihalash sektorini iqtisodiyotning real 
sektori va yakuni iste’molchi bilan birlashtiradi. 
Bevosita innovatsiyalash, ya’ni innovatsiyalarni taklif sifatida yaratish uchun va 
innovatsion tadbirkorlik, ya’ni bu takliflarni amalga oshirish va ilgari surish uchun 
infratuzilma elementlarining mazmun-mohiyatiga kengroq e’tibor qaratish zarur (2-jadval). 
Mazkur infratuzilma turlarining ayrim elementlari mos kelishi yoki umumiy bo‘lishi 
mumkin, bu - axborot xizmatlari ko‘rsatuvchi firmalar, tajriba va muhandislik markazlari, 
moliyaviy strukturalar, patentli-litsenziyali tashkilotlardir.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə