Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

 
Takrorlash uchun savollar 
1.Texnologiyalar transferi to‘g‘risida tushuncha bering.
2.Texnologiyalar transferi markazining asosiy vazifalari nimadan iborat?
3. Texnologik konsorsiumlarning qanday turlari bor? 
4. Texnologiyalar konsorsiumining innovatsiyalarga ta’siri qanday?
5. Texnologik innovatsiyalar va ularning turlarini sanab bering.
6. Jaryonlar bo‘yicha innovatsiyalar. 
7. Texnologik jihatdan takomillashtirilgan mahsulot deb nimaga aytiladi? 
18- Mavzu. Real sektorda innovatsion faoliyatda tavakkalchilikni boshqarish asoslari
 
1.Tavakkkalchilik tushunchasi va uning mohiyati.
2.Tavakkalchilikning ob’ekti va sub’ekti. Tavakkalchilik tasnifi.
3.Tavakkalchilikni 
pasaytirish 
usullari 
va 
omillari: 
tavakkalchilikdan 
qochish; 
tavakkalchilikni taqsimlash; tavakkalchilik manbalarini lokalizatsiyalash va diversifikatsiyalash; 
sug‘urtalash.
4.Tavakkalchilikning ichki va tashqi omillarining monitoringi va tahlili. Tavakkalchilikni 
baholash va uni optimallashtirish. Tavakkalchilikni boshqarish samaradorligini baholash. 
Annotatsiya 
 
Mamlakatimizda iqtisodiyot rivojlanishining so‘nggi bosqichlarida innovatsion 
jarayonni jadallashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezident I.A.Karimovning 
2008 yildagi “Ishlab chiqarishga innovatsion loyihalar va texnologiyalarni joriy etishni 
rag‘batlantirishning qo‘shimcha choralari” №916-sonli qarori muhim ahamiyat kasb etadi. 
Korxonalarning innovatsion jarayonining natijaviyligi jami omillar, ya’ni amalga oshirish 
sharoiti, resurslar ta’minoti, menejment tizimining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi bilan 
aniqlanadi. Innovatsion salohiyat tushunchasi iqtisodiyot fanida XX asrning so‘nggi 
yillarida paydo bo‘ldi. Innovatsion salohiyat mamlakatning texnika va texnologiyasi 
yangilanishi, unda ilmiy-texnika rivojlanishi darajasini, diversifikatsiya siyosatining 
kuchayishini anglatadi. Ba’zi iqtisodchi olimlarimiz innovatsion salohiyatni iqtisodiy 
salohiyatdan yuqori qo‘yishadi. Bunda ular ilmiy-texnika darajasiga ko‘proq e’tibor 
qaratishadi. Bizning fikrimizcha, bunday qarashlar unchalik to‘g‘ri emas. CHunki har 
qanday holatda iqtisodiy salohiyat innovatsion salohiyatga qaraganda ancha keng tushuncha 
bo‘lib, u mamlakatdagi ishlab chiqarish salohiyati, resurslar salohiyati, moddiy-mineral 
salohiyati, qazilma boyliklar salohiyati va boshqalarni qamrab oladi. Hozirgi davrda 
O‘zbekistonda iqtisodiyot salohiyati 3,0 trl. AQSH dollaridan ortiqdir. Innovatsion 
salohiyatni kuchaytirish katta hajmda investitsiyani jalb etishni talab qiladi. Hozirda 
iqtisodiy rivojlangan davlatlar yangi texnika va texnologiyani yaratishga, yangi 
mahsulotlarni ishlab chiqarishga YAIMning 5-7 %ini sarflaydi. O‘zbekistonda esa bu raqam 


115 
biroz past. SHu bilan birga respublikamizda intellektual salohiyat boshqa mamlakatlarga 
qaraganda ancha yuqori.
SHu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, korxonaning innovatsion salohiyati korxonaning 
barcha jihatlari, ya’ni yangilikni yaratish va undan amaliyotda foydalanish qobiliyatini 
ifodalaydi. 
Korxonaning innovatsion salohiyati elementlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

moddiy-texnik resurslar;

moddiy va nomoddiy aktivlar;

moliyaviy resurslar;

tashkiliy resurslar;

kadrlarga oid resurslar;

ijtimoiy-ruhiy omillar.

SHundan kelib chiqib, korxona innovatsion jarayonlarni tashkil etish uchun 
ixtiyorida quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:

g‘oya va ishlanmalarni moliyalashtirish uchun etarli pul mablag‘lar;

yangi mahsulotni yaratish va ommaviy ravishda ishlab chiqarish uchun 
tegishli moddiy-texnika bazasi;

yangiliklarni amalga oshirish va uni joriy etish uchun qobiliyatli xodimlar;

har qanday innovatsion jarayon asosida yotuvchi original (rasman) g‘oyalarni 
ishlab chiqish imkoniyati. 
Innovatsion salohiyatni oshirish kichik korxonalarni rivojlantirish bilan bog‘liq. 
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kichik korxonalar katta korxonalarga qaraganda, 4 
barobar ko‘p innovatsiyalar yaratadi yoki ilmiy tadqiqotga kiritilgan har bir dollarga kichik 
innovatsion korxonalar 2,5 barobar ko‘p mahsulot yaratadilar. Korxonalarda innovatsion 
salohiyatni baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega:
- ilmiy-texnik salohiyat (ilmiy darajaga ega xodimlar soni; bir xodimga to‘g‘ri 
keladigan ratsionalizatorlik takliflar soni; patentlar soni va boshqalar);
- kommersializatsiya ko‘rsatkichlari (ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmida yangi 
mahsulot ulushi; litsenziya shartnomalari soni va boshqalar);
- bajarilayotgan ishlarning davomiyligi (innovatsion davrning kattaligi);
- innovatsiyaning boshqarilayotgan tizimi tavsifi (korxonada innovatsion faoliyatni 
rag‘batlantirish shakllari; yuqori darajadagi rahbarlarning innovatsion loyihalarni amalga 
oshirishda qatnashishi; innovatsion faoliyatga qatnashuvchilarga erkinlik darajasini 
ta’minlanishi).
Innovatsion faoliyat maqsadlarni amalga oshirish miqyosi va xususiyatlardan kelib 
chiqib, innovatsion strategiyani ishlab chiqish mumkin. Innovatsion strategiya korxonaning 
uzoq 
muddatga rivojlanishida innovatsion salohiyatdan samarali foydalanishini 
ta’minlaydigan tadbirlar majmuasidir. Innovatsion o‘zgarishlar raqobat afzalliklari asosida 
o‘rganilib, quyidagi strategiyalar ishlab chiqiladi:
- differensiatsiyalash;
- xarajatlarni pasaytirish;
- eng yaxshi qiymat. 
“Innovatsiyalarning iqtisodiy ahamiyatini misollarda ko‘rib chiqish materialni 
tushunishni yanada osnolashtirishi shubxasizdir. SHunday ekan, innovatsiyalarning turli 
mamlakatlar, xususan, Xitoy, Tayvan, Koreya va Singapurlar misolida mamlakat sanoatida 
va iqtisodiyotining o‘sishidagi ahamiyati e’tiborga sazovordir. Ularning innovatsion 
rivojlanishi boshqa Evropa mamlakatlariga nisbatan ancha tez bo‘lganligi sababi shundaki, 


116 
bu mamlakatlar innovatsiyalarni yaratish uchun texnologiyalarni horijdan sotib olib, o‘zlari 
uni takomillashtirish ustida ishlashgan”
19

“Bomol, innovatsion iqtisodiyot sohasining etakchi olimlaridan biri, nima sababdan 
bu mamlakatlarda firmalar innovatsion rivojlanishni aynan ko‘zlagan MCHJlarni tuzishgani 
to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tgan. U innovatsiyalar sig‘imi indeksi (ISI)ni ishlab chiqib, 
quyidagicha analiz olib borgan(5-rasm): 
Bu erda ICI rank – innovatsiyalar sig‘imi indeksi bo‘yicha mamlakatlarning 
dunyodagi o‘rinlari. 
ICI 
score 
– 
ISI 
ko‘rsatkichlari 
tartib 
bo‘yicha 
keltirilgan”. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə