Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Takrorlash uchun savollar 
1. Korxonaning innovatsion salohiyatiga ta’rif bering.
2.Innovatsiyalarning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni qanday.
3.Innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalarini sanab bering. 
19- Mavzu. Real sektorda innovatsion faoliyatning kompleks ta’minoti
1.Innovatsion faoliyatning huquqiy ta’minoti.
2.Innovatsion faoliyatni boshqarishning resurs ta’minoti va resurslar turlari.
3.Innovatsion faoliyatni boshqarishning axborot ta’minoti va innovatsiyalar statistikasi. 
4. Kommunikatsiyalar va axborotlar sifatiga bo‘lgan asosiy talablar
 
Annotatsiya 
 
Xizmatlar sohasidagi mahsulotlar bo‘yicha innovatsiyalar o‘z ichiga quyidagilarni 
oladi: prinsipial jihatdan yangi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish; mavjud xizmatlarga 
yangi funksiyalar va xususiyatlar qo‘shish orqali uni takomillashtirish; xizmatlar bilan 
ta’minlashda (masalan, ularning samaradorligi va tezligi nuqtai-nazaridan) sezilarli darajada 
yaxshilanishlar. 
“Xizmatlar sohasidagi jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar xizmatlarni ishlab chiqarish 
va taqdim etishning yangi yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqish 
va joriy etishni o‘z ichiga oladi”
20

Quyidagi o‘zgartirishlar, agar ular yangi yoki sezilarli yaxshilangan xizmatlarni, 
ularni ishlab chiqarish va etkazib berish usullarini joriy etishga bevosita bog‘liq bo‘lmasa, 
texnologik innovatsiyalar hisoblanmaydi: 
• 
tashkiliy va boshqarish bo‘yicha o‘zgartirishlar (jumladan: boshqarishning 
ilg‘or usullariga o‘tish, jiddiy o‘zgartirilgan tashkiliy tuzilishni joriy etish, tashkilotning 
iqtisodiy strategiyasida yangi yoki sezilarli o‘zgartirilgan yo‘nalishlarni amalga oshirish); 
• 
sifat standartlarini joriy etish. 
Marketing innovatsiyalari deganda yangi yoki sezilarli yaxshilangan marketing 
uslublarini joriy etish tushuniladi. Bular o‘z ichiga: mahsulotlarning dizayni va 
qadoqlanishida jiddiy o‘zgartirishlar; mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo‘yicha, 
shuningdek ularni bozorlarga tanitish va olg‘a siljitish bo‘yicha yangi uslublardan 
foydalanish; yangi narx strategiyalarini shakllantirishni oladi. Bu o‘zgartirishlar mahsulot 
iste’molchilarining ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga, sotish hajmini ko‘paytirish maqsadida 
mahsulotlar va xizmatlar iste’molchilarining tarkibini kengaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Mahsulot dizaynidagi o‘zgartirishlar yangi marketing konsepsiyasining bir qismi bo‘lib, ular 
19
23 
20
Салихов С.А. Инновацион фаолиятни бошқариш. Дарслик. – Т.: ТДИУ, 2013. 29б. 


117 
mahsulotning shakli va tashqi ko‘rinishidagi o‘zgartirishlarni o‘z ichiga oladi. Bular 
mahsulotning funksional va foydalanish xususiyalariga ta’sir ko‘rsatmaydi. SHuningdek
bunday o‘zgartirishlarga qadoqlanishi tashqi ko‘rinishini ta’riflab beruvchi iste’mol 
mahsulotlari, ichimliklar, yuvish vositalari kabi mahsulotlarning qadog‘idagi o‘zgartirishlar 
ham kiradi. 
Mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo‘yicha yangi uslublardan foydalanish sotishni 
kengaytirish bilan bog‘liqdir. Bunga logistika (xomashyo, tarkibiy qismlar va tayyor 
mahsulolarni tashish va omborxonalarda saqlashni boshqarish) uslublari kirmaydi. Mahsulot 
(xizmat)larni bozorga tanitish va olib chiqishning yangi uslublaridan foydalanish 
tashkilotning mahsulot va xizmatlarini olib chiqish uchun yangi konsepsiyalardan 
foydalanishni anglatadi. 
Narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalar – tashkilotning mahsulotlar va xizmatlar 
bilan savdo qilishi uchun yangi narx strategiyalaridan foydalanishini bildiradi. Marketing 
vositalaridagi mavsumiy, doimiy yoki boshqa joriy o‘zgarishlar, agar ular yangilik olib 
kelmasalar, marketing innovatsiyalari hisoblanmaydi. Mahsulotlar bo‘yicha innovatsiyalar 
bilan marketing innovatsiyalarini bir-biridan farqlovchi asosiy mezon – bu mahsulotning 
funksiyalarida yoki undan foydalanish usullarida jiddiy o‘zgarishlar mavjudligidir. “Agar 
mahsulot va xizmatlarning funksional yoki foydalanish xususiyatlari mavjud mahsulot va 
xizmatlarnikidan ancha yaxshilangan bo‘lsa, bu mahsulotlar bo‘yicha innovatsiyalar 
hisoblanadi. Mahsulot dizaynidagi o‘zgarishlar esa, agar uning funksional yoki iste’mol 
xususiyatlari sezilarli darajada o‘zgarmagan bo‘lsa, bu marketing innovatsiyalari 
hisoblanadi”. 
Jarayonlar bo‘yicha va marketing innovatsiyalari o‘rtasidagi farq quyidagicha 
namoyon bo‘ladi. Jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar mahsulot birliklariga xarajatlarni 
kamaytirish yoki sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish va mahsulotlarni etkazib 
berish usullarini takomillashtirish bilan bog‘liqdir. Marketing innovatsiyalari esa sotish 
hajmini yoki mahsulotlar narxini (yangi narx strategiyalarini qo‘llagan holda) oshirishga 
yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Tashkiliy innovatsiyalar – bu biznesni yuritishda, ish o‘rinlarini yoki tashqi 
aloqalarni tashkil etishda yangi uslublarni ishlab chiqishdir. Bunday innovatsiyalar 
boshqaruv va transaksion xarajatlarni qisqartirish, tashkilot tomonidan ishchilarning ish 
o‘rinlari (ish vaqtlari) bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, mehnat samaradorligini 
oshirish, bozorda mavjud bo‘lmagan aktivlarga yo‘l topish yoki etkazib berish narxini 
kamaytirish yo‘li bilan tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan 
bo‘ladi. Tashkilot bunday tashkiliy innovatsiyalarni birinchi bo‘lib joriy etgan bo‘lishi 
muhim emas. 
“Umuman olganda innovatsiyalarni turlarga ajratganda turli olimlarni yondashuvi 
xilma xildir. Masalan, Valras va Bomol (2000) innovatsiyalarni turlarga ajratishda 
mikroiqtisodiy tomondan yondashib, har bir turdagi innovatsiyani model ko‘rinishidagi 
hisob kitobini olib borishgan. Ularga ko‘ra, innovatsiyalarning mahsulot turini 
kengaytirishdagi ahamiyati asosiy e’tibor markazi bo‘lgan. Romerning fikricha esa 
innovatsiyalarni turlarga ajratishda biznesga kirib kelish imkoniyatini bera olish va IIR 
xarajatlarini hech qiyinchiliksiz qoplay olish asosiy me’zon sifatida keltirilgan”.
Biznesni yuritishdagi innovatsiyalar tadbirkorlik faoliyatining yangi tashkiliy 
usullarini ishlab chiqishni bildiradi. Masalan, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bilimlarni 
boshqarishning korporativ usullarini joriy etish; xodimlarning saviyasini oshirishga va 
ko‘chib yurishini kamaytirishga mo‘ljallangan o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish; ishlab 


118 
chiqarish va etkazib berishni to‘liq boshqarish, jumladan etkazib berish zanjirini, ishlab 
chiqarishni oqilona tashkil qilishni, shuningdek sifatni boshqarish tizimini joriy etish. 
Ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha innovatsiyalar – bu tashkilotning alohida faoliyat 
turi doirasida yoki turli faoliyatlari (tarkibiy bo‘linmalari) o‘rtasida ishlarning bajarilishi 
bo‘yicha xodimlar orasida javobgarlik va vakolatlarni taqsimlashning yangi usullarini 
yo‘lga qo‘yishdir. SHuningdek, faoliyatni strukturizatsiya qilish, ya’ni faoliyatning turli 
yo‘nalishlarini integratsiyalashtirish bo‘yicha yangi konsepsiyalarini joriy etishdir. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə