Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. 
Korxona xavfsizligi deganda nimani tushunasiz? 
2. 
Korxonaning “tijorat sirlari” tushunchasi nimani anglatadi? 
3. 
korxona xavfsizligi va tijorat sirlari o‘rtasida qanday aloqa mavjud? 
4. 
Korxona xavfsizligining asosiy tamoyillarini aytib bering. 
5. 
Korxonaning xavfsizlik xizmati qanday vazifani bajaradi? 
6. 
Bozor sharoitlarida tijorat sirlari korxonaning reklama faoliyatiga zid kelmaydimi? 
7. 
Korxonaning tijorat va boshqa sirlarini oshkor qilish qanday oqibatlarga olib 
kelishi mumkin? 
8.Korxonaning tijorat sirlarini muhofaza qilish mexanizmi o‘z ichiga nimani qamrab 
oladi? 
 
14-mavzu. 
Real sektorda innovatsion faoliyat tushunchasi, innovatsion faoliyat 
funksiyalari va innovatsiyalar tasnifi (2-soat
 
Reja: 
1.1.
Innovatsiyalar to‘g‘risida umumiy tushunchalar 
1.2.
Innovatsiyalar nazariyasi 
1.3.
Texnologiyalar ko‘rinishidagi innovatsiyalar va ularning samaradorligi 
Annotatsiya 
Mustaqil O‘zbekiston rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsiya insoniyat 
taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sishning asosiy omiliga aylanmoqda. Innovatsiya jarayonining 


104 
doimiy rivojlanib borishi insoniyat va ijtimoiy hayot o‘zgarishiga jiddiy ta’sir 
ko‘rsatmoqda.
“Korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish” fani “Ilmiy tadqiqot 
metodologiyasi”, “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning innovatsion modellari”, “Axborot 
tizimlari”, “Huquqshunoslik”, “Innovatsion marketing” va “Makro- va mikroiqtisodiyot” 
kabi fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganiladi. 
Ushbu sohada eng yangi va zamonaviy ilmiy izlanishlarni olib borgan va shu sohaga 
oid ilmiy asarlar muallifi bo‘lgan Jati Senguptaning (1-ilova) innovatsiyalarga bergan 
ta’rifiga to‘xtalib o‘tsak. “Innovatsiyalar turli shakllarda bo‘lishi mumkin, ammo har qanday 
shaklda u mahsulot tannarxini kamaytirish va/yoki bozor talabini kengaytirishga yordam 
qiladi. Innovatsiyalarning ba’zi bir muhim turlari sifatida: 
1.
Texnologiyalarga asoslangan innovatsiyalar 
2.
Endogen yoki ekzogen innovatsiyalar 
3.
Sanoat rivojlanishida tanlov mexanizmi innovatsiyasi
4.
Texnologiyalar konsorsiumi orqali shakllantiriladigan innovatsiyalar”
11
qabul 
qilinadi. 
Fanning vazifasi – o‘rganuvchida innovatsion faoliyatning mohiyati, roli, asosiy 
elementlari va bosqichlari bo‘yicha tizimli tushunchalarni shakllantirish, innovatsion 
jarayonlarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi mohiyatini ochib berish, 
intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, huquqiy muhofazasi va himoyasini ta’minlash, ixtiro, 
kashfiyotlar tizimini tashkil qilish va boshqarish sohasidagi asosiy tushunchalar va 
ta’riflarni, O‘zbekiston va boshqa davlatlarning innovatsion tizimi va shu sohadagi 
qonunlarni o‘rgatishdan iboratdir.
Agar innovatsiyalarning Jati Sengupta bergan ta’rifiga o‘tadigan bo‘lsak, u 
quyidagicha 
ketma-ketlikda 
keltirilishi 
mumkin. 
“Texnologiyalarga asoslangan 
innovatsiyalar mahsulot innovatsiyasi, sanoatda “ilmiy izlanish va rivojlanish”
12
ko‘rinishidagi investitsiyalar va taqlid va takomillashtirishni o‘z ichiga olgan texnologiyalar 
transferini o‘zida mujassam etadi.
Endogen innovatsiyalar [1] o‘z ichiga innovatsiyalarga investitsiya kiritishga 
moyillikni bozor tomonidan rag‘batlantirishni qamrab oladi. Bozor rag‘bati deganda 
monopoliyadan patentlash qonunlari orqali himoyalanish va texnologik musobaqada g‘olib 
chiqishni nazarda tutadi”
13

Ta’kidlash joizki, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq innovatsion faoliyatni 
rivojlantirish, intellektual mulk huquqini yaratish, ularni muhofaza qilish, huquq egalarining 
manfaatlarini himoya qilish, respublikamizning sohaga oid xalqaro integratsiyalashuvini 
jadallashtirish, xalqaro shartnomalarga kirish orqali mamlakatimiz mualliflarining 
huquqlarini butun dunyoda muhofaza qilish kabi muhim masalalar davlat ustuvor yo‘nalishi 
sifatida belgilab olindi. Hozirgi globallashuv jarayonlarida “Innovatsion iqtisodiyot” 
fanining ahamiyati benihoya kattadir. Iqtisodiyotni rivojlantirishda intellektual mulk, 
ixtirolar, yangi kashfiyotlar hamda ularni patentlash, litsenziyalash va sertifikatsiyalashning 
o‘rni salmoqlidir. CHunki, dunyoning qaysi burchagida bo‘lmasin bunyod etilgan ixtiro bu 
mulk hisoblanib, undan barcha xalqlar foydalanishi mumkin. Bu masala o‘z navbatida 
patent olish va uni sotish orqali tartibga solinadi. 
11
Jati Sengupta. Theory of innovation. A new paradigm of growth. Springer International Publishing Switzerland 2014. 
P 12 кейинги ҳаволаларда ушбу китобнинг фақат бетлари келтирилади 
12
Инглиз илмий адабиётларида учрайди R&D (research and development) - “илмий изланиш ва ривожланиш 
(ИИР)”дегани бўлиб, ривожланишга олиб келувчи, туртки бўлувчи илмий изланиш деганидир.
13
12 


105 
“Ekzogen innovatsiyalarni ilmiy va notijorat institutlar tomonidan olib borilgan ilmiy 
izlanishlar natijasini misol sifatida keltirish orqali yoritadigan bo‘lsak, innovatsiyalarning bu 
turi ba’zan yangi mahsulot va yangi jarayonga sababchi bo‘lishi mumkinligi aniqlangan. 
Solounig iqtisodiy o‘sish modelida barcha texnologik rivojlanishlar ekzogen innovatsiya 
sifatida qaralgan bo‘lsada, pirovardida sanoatda va butun bir mamlakat uchun ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini keskin o‘zgartirdi.
Innovatsiyalarning keyingi ikki turi kamroq e’tiborga sazovor bo‘lishi mumkin. 
Evolyusion tanlov mexanizmi firmalarni dinamik bozor samaradorligi va patent tizimi 
orqali tanlaydi. Bu mexanizm texnologik o‘zgarishlarning ham kumulyativ xususiyatini, 
ham bozor strukturasining endogen aspektlarini hisobga oladi.
Patentlash tizimi texnologik tanlovning ikkinchi instrumentlar tizimidir. U 
mulkchilik huquqini aniqlashtirib texnologik innovatsiyalarni rag‘batlantiradi. Masalan, 
farmatsevtik sanoatda shunday rag‘batga erishish uchun IIRdan foydalanishadi. 
Adabiyotshunoslik texnologiyasida patentlash tizimi cheklangan darajada texnologiya va 
bilimlarni tarqalishini o‘z ichiga olgan. Bu esa o‘z o‘rnida texnologik izlanishda 
innovatsiyalarning keng ko‘lamli eksperimentlarni olib borilishiga turtki bo‘ladi”
14
.
Mamlakatimizda iqtisodiyot rivojlanishining so‘nggi bosqichlarida innovatsion 
jarayonni jadallashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezident I.A.Karimovning 
2008 yildagi “Ishlab chiqarishga innovatsion loyihalar va texnologiyalarni joriy etishni 
rag‘batlantirishning qo‘shimcha choralari” №916-sonli qarori muhim ahamiyat kasb etadi. 
Korxonalarning innovatsion jarayonining natijaviyligi jami omillar, ya’ni amalga oshirish 
sharoiti, resurslar ta’minoti, menejment tizimining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi bilan 
aniqlanadi. Innovatsion salohiyat tushunchasi iqtisodiyot fanida XX asrning so‘nggi 
yillarida paydo bo‘ldi. Innovatsion salohiyat mamlakatning texnika va texnologiyasi 
yangilanishi, unda ilmiy-texnika rivojlanishi darajasini, diversifikatsiya siyosatining 
kuchayishini anglatadi. Ba’zi iqtisodchi olimlarimiz innovatsion salohiyatni iqtisodiy 
salohiyatdan yuqori qo‘yishadi. Bunda ular ilmiy-texnika darajasiga ko‘proq e’tibor 
qaratishadi. Bizning fikrimizcha, bunday qarashlar unchalik to‘g‘ri emas. CHunki har 
qanday holatda iqtisodiy salohiyat innovatsion salohiyatga qaraganda ancha keng tushuncha 
bo‘lib, u mamlakatdagi ishlab chiqarish salohiyati, resurslar salohiyati, moddiy-mineral 
salohiyati, qazilma boyliklar salohiyati va boshqalarni qamrab oladi. 
Hozirgi davrda 
O‘zbekistonda iqtisodiyot salohiyati 3,0 trl. AQSH dollaridan ortiqdir.
Innovatsion 
salohiyatni kuchaytirish katta hajmda investitsiyani jalb etishni talab qiladi. Hozirda 
iqtisodiy rivojlangan davlatlar yangi texnika va texnologiyani yaratishga, yangi 
mahsulotlarni ishlab chiqarishga YAIMning 5-7 %ini sarflaydi. O‘zbekistonda esa bu raqam 
biroz past. SHu bilan birga respublikamizda intellektual salohiyat boshqa mamlakatlarga 
qaraganda ancha yuqori.
Ma’lumki, 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O‘zbekistonni 
ham chetlab o‘tmadi. Inqiroz ta’sirini bartaraf etish uchun respublika Prezidenti rahbarligida 
2009-2014 yillarga mo‘ljallangan katta investitsion loyiha-dastur qabul qilindi. Dasturga 
muvofiq, 2009-2014 yillarda respublikamizda 55,4 milliard AQSH dollarilik 550 ta 
investitsion loyiha bajarilishi kerak (1-jadval). 
Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda innovatsion salohiyatni 
kuchaytirishda ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizatsiyalash muhim ahamiyat 
kasb etadi. Demak, yaqin yillardagi innovatsion salohiyatga katta hissasini qo‘shadigan 
ustuvor yo‘nalishlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
14
12 


106 
- qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan tarmoqlar ustuvorligini ta’minlash;
- bandlikni ta’minlash uchun raqobat afzallikka ega bo‘lgan fan sig‘imi yuqori 
bo‘lgan tarmoqlarni rivojlantirish;
- eksport tuzilishida tovar diversifikatsiyasini kengaytirish.
Innovatsiyalarni joriy qilishning eng optimal darajalarini e’tiborga olgan holda 
innovatsion faoliyatga kuyidagicha ta’rif va tavsiflarni berish mumkin (1-rasm). 
Innovatsion faoliyat - bu ishlab chiqarishni, uning moddiy-texnika bazasini 
yangilashga va rivojlantirishga imkon beruvchi yangi g‘oyalar va ishlanmalarni yaratish, 
o‘zlashtirish va tatbiq etishga qaratilgan jarayonlar majmuasidir. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə