Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

Korxonaning tijorat sirlari
ishlab chiqarish, texnologik ma’lumotlar, boshqaruv, 
moliya va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni oshkor qilish korxona manfaatlariga zarar 
etkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardir. Mavjud nuqtai nazarlarga ko‘ra, korxonaning 
tijorat sirlari umumiy holda o‘z ichiga quyidagi ma’lumotlarni qamrab oladi: 
*
korxonaning savdo aloqalari haqida; 
*
kapital hajmi va tuzilmasi, investitsiya rejalari haqida; 
*
ta’minotchi va iste’molchilar, tuzilgan shartnomalar haqida; 
*
ishlab chiqarish hajmi, aylanma mablag‘lar va foyda hajmi haqida; 
*
bahoni shakllantirish siyosati va tovarlar bahosining shakllanishi haqida; 
*
bank opretsiyalar haqida va hokazolar. 
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tijorat sirlarini muhofaza qilish mexanizmi, 
korxonaning moliyaviy va texnik imkoniyatlari bilan aloqada bo‘lganda, shuningdek 
ma’lumotlarni himoya qilishning ishonchli tizimi mavjud bo‘lgandagina to‘liq kuch bilan 


103 
ishlaydi. Bundan tashqari quyidagilarni to‘g‘ri tashkil qilish ham muhim ahamiyat kasb 
etadi: 
*
tayyor mahsulot (ayniqsa tajriba namunalari) va materallarning ba’zi turlarini 
hisobga olish va qo‘riqlash; 
*
tadbirkorlik sirlari mavjud bo‘lgan hujjatlar bilan ishlash tartibi (ularni hisobga 
olish, saqlash, yo‘q qilish qoidalari va boshqalar); 
*
hujjatlarni ko‘paytirish va ulardan nusxa olish vositalarini nazorat qilish; 
*
aloqa vositalari va hisoblash texnikasida tijorat ma’lumotlarini himoya qilish; 
*
korxona hududi va uning asosiy bino va inshootlarini qo‘riqlash; 
*
mazkur korxonaga begona shaxslar tashrif buyurishini nazorat qilish. 
Korxonalarning maxfiylik shartlariga rioya qilmaslik natijasida yuzaga keluvchi 
yo‘qotishlari umumiy ko‘rinishda quyidagalarga olib keladi: 
*
ilmiy tadqiqotlarga litsenziya sotish imkoniyatlari pasayadi, fan-texnika 
taraqqiyoti sohasida erishilgan ustunliklar yo‘qotiladi, ilmiy-tadqiqot bo‘linmalarining 
yo‘nalishni o‘zgartirishlari uchun xarajatlari o‘sadi; 
*
ishlab chiqarish faoliyatida zarur bo‘lga xom ashyo, texnologiya va hokazolarni 
sotib olishda qiyinchiliklar yuzaga keladi (yoki raqobatchilar tomonidan sun’iy ravishda 
yaratiladi); 
*
korxonaning tadbirkorlikdagi sheriklar bilan hamkorligi cheklanadi, foydali 
shartnomlarni imzolash imkoniyatlari kamayadi, shartnoma majburiyatlarini bajarishda 
muammolar vujudga keladi; 
*
korxonaning yangi bozor strategiyasini yaratish, marketing tadqiqotlari tuzilmasini 
o‘zgartirish va hokazolarga sarflanuvchi xarajatlari o‘sadi; 
*
tijorat sirlarini oshkor qilganlarga nisbatan iqtisodiy jazo choralari qo‘llash xavfi 
kuchayadi. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə