Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni


- Mavzu. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

23- Mavzu. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish 
1.Ilmiy-tadqiqot tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI), vazifalari, tamoyillari va bosqichlari.
2.Fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik ishlari bosqichlari. 
ITTKI asoslanadigan tarmoqlararo hujjatlar tizimi.
3.Innovatsiya tashkilotining patent-linsenzion faoliyati. Ixtiroga bo‘lgan huquqni 
rasmiylashtirish. 
4.Innovatsion loyihalashtirish asoslari. 
5. Innovatsion loyihalar ekspertizasi va uni olib borish usullari. 
 
Annotatsiya 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir, ilm 
talab va yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘rni katta. 
SHu bois butun dunyoda yangi va ilg‘or texnologiyalarning bozor qiymati oshmoqda. 
O‘zbekiston bu borada katta salohiyatga ega. Davlatimiz rahbarining ilm-fanni 
rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotgani tufayli ushbu salohiyat yuksalib bormoqda. Har 
yili istiqbolli ilmiy g‘oya va loyihalarni amalga oshirish uchun davlat grantlari ajratilmoqda. 
Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ro‘yobga chiqarilayotgan fundamental va amaliy 
tadqiqotlar jahon ilm-fani uchun ham katta ahamiyatga egadir. Olimlar o‘z ishlarini, birinchi 
navbatda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar oldida turgan aniq vazifalarni hal etishga 
yo‘naltirayotir. 
Fanning zimmasiga jamiyatga yangi imkoniyatlar berish kabi asosiy vazifa 
yuklatilsa, yangilikni joriy etishning asosiy vazifasi insonlar yashash tarziga ta’sir qilishdan 
iborat bo‘ladi. Demak, yangilikni joriy etish birinchi bo‘lib mahsulot yoki xizmatni qo‘llash 
emas, balki yangi g‘oya va ilmiy natijalarni tijorat darajasida o‘zlashtirishdir. 
Fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqadorlikni chizma ko‘rinishida 
quyidagicha tasvirlash mumkin (13-rasm). 
Fundamental izlanishlar o‘zining harakat dinamikasiga ega. Ular amaliy ishlab 
chiqarish faoliyati talabiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq emas. Fundamental fanlar aksariyat 
hollarda tub o‘zgarishlarga olib keluvchi ixtirolar va yangiliklar yaratishi mumkin. YArim 
o‘tkazgichlar, lazer, gen muhandisligi, o‘ta o‘tkazuvchanlik va shu kabilar ishlab chiqarish 
va xizmatlar sohasida yangi yo‘nalishlar ochilishiga sabab bo‘ladi. SHunga qaramay, yangi 
ixtirolar innovatsion jarayonlarning bir bo‘lagi bo‘lishi uchun, bozor chig‘irig‘idan o‘tishi 
kerak. Fundamental fanning hamma natijalari ham ishlab chiqarishga zudlik bilan tatbiq 
etilavermaydi (innovatsion jarayonlar aynan ishlab chiqarish sohasida amalga oshiriladi).


124 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə