Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi


-jadval  Tijorat banklari aktivlari va kredit qo‘yilmalarining valyutaviy tarkibi va



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/32
tarix19.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#122451
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni (1)

3-jadval 
Tijorat banklari aktivlari va kredit qo‘yilmalarining valyutaviy tarkibi va 
dinamikasi (trln so‘mda) 
27
 
Ko‘rsatkichlar 
nomi 
01.01.2017 y. 
01.01.2018 y. 
Nominal 
o‘sishi, 
foizda 
Haqiqiy 
o‘sishi, 
(devalvatsiyani 
hisobga 
olmagan 
holda) foizda 
Jami 
shundan, 
xorijiy 
valyutada 
ulushi, 
foizda 
Jami 
shundan, 
xorijiy 
valyutada 
ulushi, 
foizda 
Bank 
aktivlari, jami 
84,0 
36,2 
43% 
166,6 
106,6 
64% 
98,2% 
21,8% 
Kredit 
qo‘yilmalari, 
jami 
52,6 
22,5 
43% 
110,5 
68,8 
62% 
110,2% 
31,4% 
Albatta, tijorat banklarimizning aktivlari va kredit qo‘yilmalarining o‘sishiga 
devalvatsiyaning qay darajada ta’sir etishi ularning tarkibida xorijiy vayutadagi 
aktivlar va kreditlarning ulushi qay darajada ekanligiga bog‘liq. Agarda yuqoridagi 
3-jadvalga e’tiborni qaratadigan bo‘lsak. Tijorat banklarimizning jami ajratgan 
kreditlarida xorijiy valyutada berilgan qismi 2016-yilda 43% ga, ya’ni 22.5 trln 
27
 
http://www.cbu.uz
 (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki). 


37 
so‘mga teng ekanligini ko‘rishimiz mumkin. 2017 yil yakuniga kelib esa xorijiy 
valyutada berilgan kreditlar qoldig‘i 68.8 trln so‘mga yetdi va kredit portfelidagi 
ulushi 62% ni tashkil etdi. Endi e’tiborni o‘sish ko‘rsatkichlariga qaratsak,
2017-yilda kreditlar qoldig‘i 2016-yilga nisbatan nominal jihatdan juda
yuqori – 110,2 %ga o‘sganligiga guvoh bo‘lamiz ammo mana shu o‘sishning 80% 
dan ortiqroq qismi devalvatsiya hisobiga qolgan 31,4% qismi esa real o‘sish 
hisobiga yuzaga kelganini ko‘ramiz. 
Tijorat banklarining iqtisodiyotdagi o‘rni albatta ularning iqtisodiyot 
tarmoqlariga yo‘naltirayotgan mablag‘lari, ya’ni kreditlarining miqdori va hissasi 
orqali namoyon bo‘ladi (4-jadval).
Quyidagi jadval ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, iqtisodiyot 
tarmoqlari orasida sanoat eng ko‘p kredit mablag‘lari yo‘naltirilgan tarmoq 
ekanligini ko‘rishimiz mumkin. 2016-yilda tijorat banklari tomonidan bu tarmoqqa 
18000 mlrd so‘mdan ortiq kredit ajratilgan va bu umumiy kreditlarning 34.9% ini 
tashkil etgan bo‘lsa 2017-yilda qariyb ikki yarim barobarga ortib 45223 mlrd 
so‘mga yetgan va bu umumiy kreditlarning 40,9 % ini tashkil etgan. 
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga 2016-yilda 3030 mlrd so‘mdan ortiq kreditlar 
ajratilgan bo‘lib 2017-yilda kreditlar hajmi 4,7 trln so‘mga yetgan va bu jami 
kreditlardagi 4.3 % lik ulushni tashkil etadi. 
Transport va kommunikatsiya sohasi sanoatdan keying eng ko‘p kredit 
ajratiladigan tarmoq sanaladi. 2016-yilda bu tarmoqqa 7000 mlrd so‘mdan ortiq 
kredit ajratilgan bo‘lsa, 2017-yilda ikki barobardan ortiqroqqa oshib 16205 mlrd 
s’mga yetdi kreditlarning summasi va jami kreditlarda 14,7% ulushga egalik qildi.
Jismoniy shaxslarga berilgan kreditlarning ham salmog‘i sezilarli bo‘lib 
2017-yilda ularga 13600 trln so‘mlik kreditlar ajratilib otgan yilga nisbatan 45% 
ga o‘sib, jami kreditlarda 12,3% ulushga egalik qilgan. Qurilish sohasiga esa 
so‘ngi yilda 3424 mlrd so‘m kredit ajratilgan. Qolgan barcha sohalarga esa 2017-
yilda jami kreditlarning 25% ulushi to‘gri keladi. Umumiy olib qaraganda tujorat 
banklarmizning iqtisodiyot tarmoqlarnini qo‘llab quvvatlashdagi ishtirokini ijobiy 
baholash mumkin, fikrimcha. 


38 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə