Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi


-bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARINING



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/32
tarix19.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#122451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni (1)

2-bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARINING
KREDITLASH AMALIYOTI TAHLILI 
2.1. 
Tijorat banklarida kreditlash jarayoni va ularning tahlili………... 32 
2.2. 
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida qo‘llaniladigan 
kreditlash shakllari va usullari tahlili……………………………. 
45 
 
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
……………………………………..
 
55 
3-bob. TIJORAT BANKLARI KREDITLASH AMALIYOTINI 
TAKOMILLASHTIRISH 
3.1.
Tijorat banklari kreditlash amaliyotidagi mavjud muammolar….. 56 
3.2. 
Tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirish 
 
yo‘nalishlari………………………………………………………
 
61 
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa………………………………………...
67 
XULOSA………………………………………………………… 
68 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………… 
71 

 
 
 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi 
Hozirda mamlakatimizda jadal ijtimoiy va 
iqtisodiy islohotlar kechmoqda. Har bir sohada jumladan iqtisodiyot va uning 
“lokomotivi” bo‘lgan bank tizimi sohasida ham xalqaro andozalarga mos, 
rivojlangan mamlakatlar tajribasidan o‘tgan yangi islohotlarni tadbiq etish 
birlamchi maqsad qilib belgilangan.
Albatta, iqtisodiyotning rivojlanishi uning o‘sish sur’atlari bevosita
bank tizimi rivojiga, uning xizmatlar ko‘lamining kengayishiga to‘g‘ri
bog‘liqlikda kechadi. Zero, prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning tashabbusi
bilan 
ishlab 
chiqilgan 
2017-2021 
yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi 
ishlab chiqildi va bunda aynan bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish
va 
barqarorligini 
ta’minlash, 
banklarning 
kapitallashuv 
darajasi 
va
depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini 
mustahkamlash, istiqbolli investitisiya loyihalari hamda kichik biznes va
xususiy 
tadbirkorlik 
sub’ektlarini 
kreditlashni 
yanada 
kengaytirish
keyingi besh yillikda amalga oshiriladigan asosiy vazifalardan biri qilib 
belgilanganligi ham bejiz emas.
1
Aynan mana shu strategik maqsadlarga erishish 
yo‘lida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 2-sentabrda PF-5177-sonli 
“Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar 
to‘g‘risida”gi farmoni, 12-sentabrda PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini 
yanada rivojlantirish va barqaroroligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori, 13-sentabrda esa PQ-3272-sonli “Pul kredit siyosatini yanada 
takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi yana bir qarorlari qabul qilindi. Bu 
qaror va farmonlarning ijrosi o‘laroq mamlakatimizda erkin xorijiy valyuta 
konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yildi, banklardan ularning vazifasiga kirmagan lekin 
ularni qiynab kelgan bir qator vazifalar olib tashlandi, fiskal va monetar siyosat 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami. - Toshkent, 2017. - № 6 (766). 



uyg‘unlashtirilib inflatsion targetlash amaliyotga joriy etildi. Albatta, bularning 
barchasi bank tizimi va iqtisodiyot rivoji yo‘lidadir. 
So‘ngi yillarda respublikamiz bank tizimi, yuqori o‘sish sur’atlari bilan 
rivojlanmoqda. Xususan tijorat banklari jami aktivlari so‘ngi 5 yilda qariyb 5 
baravar oshib 2017 yil so‘ngida 166 trln 632 mln so‘mga yetdi va yiliga
o‘rtacha 35% ga o‘sib kelmoqda. Banklarimizning kreditlash amaliyoti ham yil 
sayin kengayib, aktivlarga monand ravishda so‘ngi 5 yillikda tijorat banklarining 
kredit qoldig‘i 5 baravar oshib 2017 yilda 110 trln 572 mlrd so‘mga yetdi va o‘tgan 
yilga nisbatan 2 baravar oshgan bo‘lsa, 5 yillikda o‘rtacha 40% lik o‘sish sur’atini 
qayd etib kelmoqda.
2
Albatta, bundan banklarimizning kreditlash amaliyotining 
jadallik bilan salomoq jihatdan kengayib borayotganini ko‘rish mumkin. Ammo
bu sohada yuksalishlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham yo‘q emas.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Mamlakatimiz bank tizimi 
va bozor infratuzilmasining boshqa organlari faoliyati samaradorligini oshirish 
ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Afsuski, hozirgi kunda ularning faoliyati 
bugungi hayot va iqtisodiy islohotlar talablaridan ancha ortda qolmoqda”.
3
Mamlakatimizda 
iqtisodiyotning 
kreditlar bilan ta’minlanganligi, yani 
iqtisodiyotga yo‘naltirilgan bank kreditlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 
Jahon banki tavsiya etgan eng kam me’yor – 60% dan ancha pastligi, (2016 
yilgacha 26% dan oshmagan 2017-yilda esa amalga oshirilgan devalvatsiya 
natijasida xorijiy valutada berilgan kreditlarning so‘mdagi qiymati 2 barobar 
ortishi natijasida 44% ga ko‘tarildi), tijorat banklarimizning zamonaviy kreditlash 
shakllari: forfeyting, faktoring, kontokorrent, overdraft, kredit kartalari orqali 
kreditlash, kabilardan foydalanish amaliyotining rivojlanmaganligi kabi holatlar 
bank tizimimizning ojiz nuqtalaridir. Aynan mana shu holatlar bitiruv malakaviy 
ishi mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə