Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi


O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida qo‘llaniladigan



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/32
tarix19.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#122451
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni (1)

1.2. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida qo‘llaniladigan 
kreditlash shakllari va usullari tavsifi
Fanda, umuman har bir sohada, xoh u ijtimoiy xoh ilmiy bo‘lsin uning 
ajralmas qismalridan biri undagi ma’lum bir tushunchalarning klassifikatsiya
qilinishidir. Chunonchi kreditlash va kredit berishdagi bir biridan farq qiluvchi 
yondashuvlar va metodlarning mavjudligi o‘laroq “kreditlash shakllari”, 
“kreditlash usullari” kabi kredit berish usullarini anglatuvchi tushunchalar 
shakllangan bank sohasida. Kredit turlari bilan kreditlash shakllarini


19 
adashtirib yubormaslik lozim. Kreditning turi deganda uning ma’lum belgilariga 
ko‘ra o‘ta aniqlikda shakllantirilgan tavsifi tushuniladi. Kreditning muddatiga 
ko‘ra, obyektiga ko‘ra, qaysi iqtisodiy tarmoqqa yo‘nalganligiga ko‘ra, 
ta’minlanganligiga ko‘ra va boshqa jihatlariga ko‘ra turlarini ajratish mumkin. Biz 
bularga to‘xtalmaymiz va kreditlash shakllarini tavsiflashga o‘tamiz
Tijorat 
banklarining 
faoliyatida 
kreditlashning 
quyidagi 
shakllari 
qo‘llaniladi: 
1.
i
Mijozni alohida ssuda hisobraqamidan bir marotabali kreditlash 
shakli. 
Ushbu shakl O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyatida 
keng qo‘llaniladigan kreditlash shakli hisoblanadi. 
Kreditlashning ushbu shaklida mijozga kredit berish to‘g‘risidagi 
qaror qabul qilingandan keyin ssuda hisobraqami ochiladi va kredit bir 
marotabalik to‘lov shaklida mol yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsa- 
tuvchiga tashlab beriladi. 
Kreditning maqsadlilik prinsipi mavjud bo‘lganligi sababli, kredit 
summasini kredit oluvchining joriy hisobraqamiga tashlab berishga ruxsat 
etilmaydi. 
Mijozni alohida ssuda hisobraqamidan bir marotabali kreditlash 
shaklining asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat: 
-
kreditdan 
foydalanish 
samaradorligi 
ta’minlanmasligi 
mumkin, 
ya’ni mol yetkazib beruvchi tomonidan tovar o‘z vaqtida etkazilmay 
qolishi mumkin, mijoz esa, kredit uchun foiz to‘layveradi; 
-
berilgan kreditdan foydalanilishi ustidan nazorat qilishning iloji 
yo‘q. Chunki Kredit summasi to‘liq mol yetkazib beruvchining joriy hisob 
raqamiga tashlab beriladi. 
2. Mijozni kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash shakli. 
Kreditlashning ushbu shaklida mijozga kreditlash limiti ajratiladi va 
ushbu limitdan foydalanish davri belgilanadi. Shuningdek, kreditning foiz 
stavkasi va mijozdan undiriladigan bir marotabalik komission to‘lov stavkasi


20 
belgilanadi. 
Mijozdan 
qo‘shimcha 
ravishda 
undiriladigan 
komission 
to‘lov 
kredit 
liniyasi 
ochish 
yo‘li 
bilan 
kreditlashda 
tijorat 
banki 
uchun 
likvidlilik riskining mavjudligi bilan belgilanadi. Chunki, mijoz talab 
qilgan har qanday vaqtda bank kreditni chiqarib berishi shart. 
Kredit liniyasining quyidagi turlari mavjud: 
A)
qayta tiklanadigan kredit liniyasi (revolver kredit deb ham ataladi) ; 
B)
qayta tiklanmaydigan kredit liniyasi; 
V) bitimning ma’lum shartlariga asoslangan kredit liniyasi. 
Iqtisodchi olim V.Usoskin o‘zining “Zamonaviy tijorat banki: operatsiyalari 
va boshqarish” nomli monografiyasida tijorat banklari kreditlash amaliyotining 
asosiy jihatlarini tadqiq qilgan. U tadqiqot natijalariga asoslangan holda, bir qator 
ilmiy xulosalarni shakllantirgan. Ana shunday muhim xulosalardan biri mijozni 
bank tomonidan kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash orqali kredit riski 
darajasini sezilarli darajada pasaytirish mumkinligidir
13
. Uning fikriga ko‘ra, kredit 
liniyasi orqali mijozni kreditlashda kompensatsion qoldiqdan foydalanish orqali 
mijozni nisbatan past foiz stavkasida kreditlash mumkin. Bu esa, kredit riskini 
kamayishiga, kreditni qaytish ehtimolini oshishiga olib keladi.
Tijorat banki va mijoz o‘rtasida tuzilgan bitimning ma’lum shart- 
lariga asoslangan kredit liniyasi, odatda, ma’lum davrda yetkazib berila- 
digan tovarlar haqini to‘lash hamda ma’lum davrda amalga oshiriladigan 
xarajatlarni moliyalashtirishda qo‘llaniladi.
Kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash shakli bir qancha afzallliklarga 
ega, ular quyidagilar: 
-
i
mijoz har safar kredit so‘rab bankka murojaat qilish zaruriyatidan 
xolos bo‘ladi; 
-
i
ajratilgan kreditlash limitining faqat foydalanilgan qismi uchun 
foiz to‘lanadi;
13
В.М Усоскин. Cовременный комерческий банк: управление и операции. – Mосква: Вазар ферро
,
1994. – С.189.


21 
-
.
bank ma’lum davr mobaynida barqaror foizli daromad oladi;
-
.
tijorat banki kreditlash shartnomalari shartlarining bajarilishi ustidan 
nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Agar kredit shartnomasi shartlarining mijoz 
tomonidan buzilishi yuz bersa, bank kredit liniyasini vaqtinchalik yopib qo‘yishi 
mumkin.
Bizning mamlakat bank amaliyotida xorijiy banklar kredit liniyalari orqali 
mijozlarga kredit ajratish tajribasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Kreditlashning keng tarqalgan shakllaridan yana biri overdraft krediti
hisoblanadi. Kreditlashning overdraft shakli ingliz tilida so‘zlashuvchi 
mamlakatlarda (Angliya, Shotlandiya, Irlandiya, Uels, Kanada) yaxshi 
rivojlangan.
Overdraft krediti doimiy pul tushumiga ega bo‘lgan ishonchli 
mijozlarga beriladi va ular faoliyatida yuzaga keladigan qisqa muddatli 
pul mablag‘lari yetishmovchiligiga barham berish maqsadida beriladi. 
Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamini debetli qoldig‘i 
summasiga beriladi. Tijorat banki va mijoz o‘rtasida tuzilgan kredit 
shartnomasiga ko‘ra, mijozga bank tomonidan kreditlash limiti ajratiladi. 
Mijozning joriy hisobraqamida pul mablag‘larining yetishmaslik holati yuzaga 
kelganda, ya’ni debetli qoldiq hosil bo‘lganda, bank ajratilgan limit doirasida 
overdraft krediti ajratadi. 
Overdraft 
kreditida 
ssuda 
hisobraqami 
ochilmaydi. 
Kompyuter 
dasturi berilgan overdraft kreditini mijozlar toifasi bo‘yicha avtomatik 
ravishda hisobga oladi. 
Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamiga pul kelib tushishi 
bilan avtomatik ravishda qoplanadi. 
Overdraft 
kreditining 
foiz 
stavkasi 
muddatli 
kreditlaming 
foiz 
stavkasidan yuqori boiadi. Buning sababi shundaki, overdraft kreditlari 
ta’minlanmagan kreditlar boiib, ulaming risk darajasi nisbatan yuqoridir. 
Overdraft 
kreditlarida 
garov 
ta’minotining 
mavjud 
emasligi 
quyidagi sabablar bilan izohlanadi:


22 
-
kredit oluvchining joriy hisobraqamida qachon pul mablag‘lari 
etishmasligini oldindan bilish qiyin; 
-
kredit 
oluvchining 
joriy 
hisobraqamida 
qancha 
miqdorda 
pul 
mablag‘lari yetmay qolishini oldindan bilib bo‘lmaydi.
Bizning bank amaliyotimizda ushbu kreditlash shakli mavjud va u
yaqinda 2017-yil 10-iyunda Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan “Jismoniy 
shaxslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi 
to‘g‘risida”gi nizomga asosan amalga oshiriladi. Ko‘rinib turganidek hozircha 
tijorat banklari overdraft kreditini faqat jismoniy shaxslarga taqdim etmoqdalar. 
Kreditlashning yana bir shakli kontokorrent bo‘lib nemis tilida 
so‘zlashuvchi mamlakatlarda (Germaniya, Avstriya, Shveytsariya) yaxshi 
rivojlangan. 
Kreditlashning 
kontokorrent 
shaklida 
mijozning 
joriy 
hisobi 
yopiladi va uning o‘miga kontokorrent hisobraqami ochiladi. 
Kredit olgan mijozning faoliyatidan keladigan barcha tushumlar 
kontokorrent hisobraqamining kreditida aks etadi, uning majburiyatlari 
yuzasidan barcha to‘lovlari kontokorrent hisobraqamining debetida aks 
etadi. 
Kontokorrent kreditida mijozga kreditlash limiti ajratiladi kontokorrent 
hisobraqamining debetli qoldig‘i summasiga beriladi vakrediti kontokorrent 
hisobraqamiga pul mablag‘lari kelib tushishi bilan avtomatik ravishda qoplanadi. 
Kontokorrent krediti kredit to‘lo‘viga layoqatliligi bo‘yicha birinchi 
toifaga mansub bo‘lgan mijozlarga garovsiz beriladi. Buning sababi 
shundaki, kontokorrent risk darajasi yuqori bo‘lgan kreditlash shakli 
hisoblanadi. 
Kontokorrent 
kreditining 
debetli 
qoldig‘i 
uchun 
mijoz 
bankka, 
uning kreditli qoldig‘i uchun bank mijozga foiz to‘laydi. Bunda mijoz 
bankka kredit uchun foiz to‘laydi, bank esa. mijozga talab qilib olinadigan 
depozit hisobraqamlari qoldig‘iga to‘lanadigan foiz darajasida (0,5-1,0%) 
foiz to‘laydi. 


23 
Shunisi 
ahamiyatliki, 
kontokorrent 
krediti 
qaytarilmaydigan 
moliyalashga aylanib qolmasligi lozim. Shu sababli, kreditlashning ushbu 
shaklida 
kredit 
riskini 
chuqurlashishiga 
yo‘1 
qo‘ymaslik 
maqsadida 
quyidagi choralar qo‘llaniladi: 

mijozning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini 80-90 foizi o‘z 
kapitali hisobidan qoplanishi lozim; 

kontokorrent krediti bo‘yicha qarzdorlikni keyingi oyga o‘tishiga 
yo‘l qo‘ymaslik lozim. Buning uchun mijozga har oyning so‘nggi ish 
kunida kontokorrent hisobarqamining kreditli qoldig‘ini ta’minlash sharti 
qo‘yilishi lozim. 
Kontokorrent 
krediti 
odatda 
mijozning 
joriy 
ishlab 
chiqarish 
faoliyati 
bilan 
bog‘liq 
bo‘lgan 
xarajatlarni 
qoplashga 
mo‘lljallangan. 
Ammo amaliyotda kontokorrent kreditidan uzoq muddatil investitsion 
loyihalar 
bilan 
bog‘liq 
bo‘lgan 
ayrim 
xarajatlarni 
qisqa 
muddatli 
moliyalashtirishda 
ham 
foydalaniladi. 
Ushbu 
maqsadlarga 
berilgan 
kontokorrent krediti uzoq muddatli kredit berilishi bilan so‘ndiriladi

Mamlakatimiz bank amaliyotida kreditlashning kontokorrent shaklidan 
foydanilmaydi, shuning uchun huquqiy asosi ham mavjud emas. 
Kreditlashning keng tarqalgan shakllaridan yana biri faktoring bo‘lib, bu 
kreditlash shaklida tovar hujjatlari yoki tijorat veksellari tijorat banki tomonidan 
diskont stavkasi bo‘yicha regress huquqi bilan yoki regress huquqisiz mol 
yetkazib beruvchidan sotib olinadi.
Tovar hujjatlari yoki tijorat veksellari regress huquqi bo‘yicha sotib 
olinganda, agar sotib oluvchi to‘lovga noqobil bo‘lib qolsa, tijorat 
bankida to‘lab berilgan summani mol yetkazib beravchidan undirish 
huquqi saqlanib qoladi. Ko‘rinib turganidek regress huquqi tijorat banklari 
manfaati uchun ayni muddao hisoblanadi va banklar uchun faktoring 
operatsiyalari riskini kamaytiradi. Regress huquqisizda esa buning aksi. 
Faktoring mol yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarga bir qator 
afzalliklari mavjud, u lahzali likvidlilikni ta’minlaydi, ya’ni biror majburiyatni 


24 
bajarish vaqti kelsayu, mablag‘ yetarli bo‘lmasa debitorlik qarzini sotish orqali 
muddatidan oldin mablag‘ni olish mumkin, va faktoring biznes faoliyatining 
uzliksizligini ta’minlaydi.
14
Faktoring kreditlash shaklida kreditning foizidan tashqari, faktoring xizmati 
ko‘rsatganligi uchun mijozdan qo‘shimcha komission to‘lov undiriladi. 
«Xalqaro faktoring to‘g‘risida»gi xalqaro konventsiyaga (UNIDRUA) 
asosan operatsiya faktoring operatsiyasi sifatida tan olinishi uchun quyidagi
4 talabdan kamida 2 tasi bajarilishi lozim: 
1.
Qarz 
majburiyatlarini 
oldindan 
to‘lash 
shaklidagi 
kreditlashning 
mavjudligi. 
2.
Mol yetkazib beruvchining buxgalteriya hisobini yuritish. 
3.
Mol 
yetkazib 
beruvchining 
debitor 
qarzdorligini 
inkassatsiya 
qilish. 
4.
Mol yetkazib beruvchini kredit riskidan sug‘artalashning mavjudligi. 
Mamlakatimizda faktoring kreditining huquqiy asoslari yaratilgan ular: 
“Fuqarolik kodeksi”ning 313-323, 749-758 moddalari va Markaziy bank 
boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligidan 2000-yil 3-avgustda 
953-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida tijorat 
banklari tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi 
nizomi hisoblanadi. 
Kreditlashning yuqorida faktoring shakliga o‘xshash shakllaridan biri bu 
forfeyting hsoblanadi. Kreditlashning forfeyting shaklida uzatma tijorat 
veksellari, ya'ni trattalar tijorat banki tomonidan, diskont stavkasi bo‘yicha, mol 
yetkazib beruvchidan regress huquqisiz sotib olinadi. Forfeyting mol yetkazib 
beruvchini kreditlash shakli hisoblanadi. 
Forfeyting kreditlari tijorat bankiga diskont stavkasi ko‘rinishida 
daromad keltiradi. Ammo forfeyting kreditlarining risk darajasi yuqoridir. 
14
.
J.Velentzasa, N.Kartalisb, G.Bronic. The Factoring and forfaiting contract as contemporary types of finance. 
Especially the Greek regulations // Journal of Procedia Economics and Finance. May 2013, pages 757 – 762 
https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2212567113000889 


25 
Agar sotib oluvchi to‘lovga noqobil bo‘lib qolsa, zarar to‘liq tijorat 
bankining 
zimmasida 
qoladi. 
Chunki, 
tijorat 
bankida 
mol 
yetkazib 
beruvchidan 
toiovni 
undirish 
huquqi 
boimaydi. 
Shu 
sababli, 
sotib 
oluvchining to‘lovga qobilligini tahlil qilish va baholash kreditlashning 
forfeyting 
shaklidagi 
kredit 
riski 
darajasini 
pasaytirishning 
asosiy 
yo‘nalishi hisoblanadi. 
Forfeyting kreditlari mol yetkazib beruvchilarning pul mablag‘lariga 
bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi bank amaliyotida kreditlashning forfey- 
ting shakli mavjud emas. Buning asosiy sababi — trattalar muomalasining 
mavjud emasligidir.
Yirik investitsion loyihalar, ya‘ni umumiy qiymati tijorat banklarining 
birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihalarini 
kreditlashda bir necha yirik banklar ishtirok etishi mumkin. Bir necha banklar 
tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash shakli esa
sinditsiyalashtirilgan kredit deyiladi. Bunday yirik loyihani moliyalashtirish uchun 
ikki yoki undan ortiq banklar o‘rtasida o‘zaro kelishadi va bank sindikatini tashkil 
qilishadi. Sinditsiyalashtirilgan kreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta‘minlanganlik, 
muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida kredit shartnoma bo‘yicha 
faqat yuridik shaxslarga beriladi. 
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan sinditsiyali 
kreditlashni 
amalga 
oshirish 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
bankining 2005-yil 16-iyuldagi 613-sonli “Tijorat banklari tomonidan 
yirik 
investitsiya 
loyihalarini 
sinditsiyalashtirilgan 
kreditlashni 
amalga 
oshirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi. Mazkur 
Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005-yil 20-avgustda 
1509-raqam bilan ro‘yxatga olingan. 
Sinditsiyalashtirilgan kredit berish muddati, foiz stavkasi miqdori yirik 
investitsiya loyihalarining qoplanish muddatiga, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga 
asosan kredit shartnomasida belgilanadi. Zarar bilan ishlaydigan, nolikvid 


26 
bo‘lgan, 
samarasiz 
investitsiya 
loyihalarini 
taqdim 
qilgan 
mijozlarga 
sinditsiyalashtirilgan kreditlar berilmaydi.
15
Bu kredit turiga amaliy jihatdan 
keying bobda batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz 
Mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan keng qo‘llaniladigan kredit 
shakllari sifatida 
jismoiiy shaxslarga (iste'molchiga) uning iste'mol ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan 
iste’mol kreditini, (bu kreditning huquqiy asosi
 
2005-yil 22-dekabrda qabul 
qilingan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi qonun hisoblanadi) ob’ekti ko‘chmas mulk 
hisoblangan ipoteka krediti (huquqiy asosi 2006-yil 28-iyunda qabul qilingan 
“Ipoteka to‘g‘risida”gi qonun hisoblanadi) va oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt 
shartnomasi asosida tahsil oluvchi talabalarga taqdim etiluvchi ta’lim kreditini 
(Vazirlar Mahkamasining 2001-y 26-iyuldagi 318-sonli qaroriga muvofiq qabul 
qilinngan “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish u chun ta’lim
kreditlari berish to‘g‘risida”gi nizomiga asosan tartibga solinadi) aytish mumkin. 
Kreditlash shakllarga raqamlarda keyingi bobda to‘xtalamiz 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə