Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/32
tarix19.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#122451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni (1)

 
 
1-rasm. Tijorat banklarida Kreditlash tarkibi
10
 
Kreditlash obyekti − bu qarzga olingan pul yoki tovar shaklidagi 
moddiy boyliklardan iborat. Uch bazaviy element (kreditlash subyekti, 
obyekti va ta’minoti) umumlashgan holda kreditlash tizimi sifatida harakat qiladi. 
Lekin boshqa tomondan yondashadigan bo‘lsak, kredit ta’minotsiz ham ajratilishi 
mumkin. Masalan, obro‘li va xalqaro bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan firma, joriy 
moliyaviy kiyinchiliklarga duch kelib bank kreditiga murojaat etdi. Bunda bank 
iloji boricha bu kreditni berishga harakat qiladi, chunki bunday mijozni yo‘qotish 
bank uchun foydali emas. Yana bir misolda ko‘rishimiz mumkin, bir korxon
kelajagi juda samarali, istiqbolli va foydali bo‘lgan loyihani bankka taqdim etib
bu loyihani moliyalash uchun kredit so‘rashi mumkin. Bank ushbu loyiha 
istiqboliga amin bo‘lib, yuqori foyda olish maqsadida kredit berishi mumkin. 
Endi kreditlash subyektiga yana qaytadigan bo‘lsak, qarz oluvchi 
bo‘lib mulkchilik turidan qat’iy nazar, bank ishonchini qozongan, ma’lum 
moddiy va huquqiy kafolatlarga ega foiz to‘lash va kreditni o‘z vaqtida 
qaytarishga rozi bo‘lgan subyektlar bo‘lishi mumkin. 
Kreditlash subyektlariga yanada aniqroq yondashadigan bo‘lsak ularni 
quyidagilarga bo‘lish mumkin: 
10
Azizov U., Karaliyev T., Babakulov T. va.b. Bank ishi. T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2016. – B.220. 
Kreditlash tartibi 
Kreditlash subyektlari 
Kredit ya’minoti 
Kreditlash obyektlari 
Kreditor 
Kredit oluvchi 
Kreditga berilgan pul 
mablag’I yoki tovar 


10 

davlat korxona va tashkilotlari; 

kooperativlar; 

ishlab chiqarish subyektlari va savdo tashkilotlari

yakka mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar, fermerlar, 
mikrofirmalar, shirkatlar, birlashmalar; 

boshqa banklar; 
boshqa xo‘jaliklar xususan bukumat korxonalari, qo‘shma korxonalar, xalqaro 
birlashmalar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Undan tashqari, qisqa muddatli kreditlarni yuridik shaxs maqomini 
olmasdan 
faoliyat 
ko‘rsatayotgan 
yakka 
tadbirkorlar 
ham 
olishlari 
mumkin. Yuqoridagi subyektlar kredit oluvchi sifatida faroliyat ko‘rsatsa, tijorat 
banklari yoki boshqa kredit muassasalari kredit beruvchi subyekt sifatida 
namoyon bo‘ladi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, banklar banklararo kreditlarda 
qarz oluvchi subyekt sifatida ham faoliyat ko‘rsatadilar.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə