Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi


Xorijiy davlatlarning bank amaliyotida foydalaniladigan



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/32
tarix19.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#122451
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni (1)

 
1.3. Xorijiy davlatlarning bank amaliyotida foydalaniladigan
kreditlash shakllari va usullari borasidagi tajribasi. 
 
 
Kreditlash borasida xorijiy amaliyot va tajribaga nazar tashlar ekanmiz, 
ko‘p mamlakatlarda xususan rivojlangan mamlakatlarda yoki yuqori iqtisodiy 
o‘sish sur’atlariga ega mamlakatlarda kreditlash amaliyotining ancha 
rivojlanganligini ko‘rishimiz mumkin. Xususan bir qator g‘arbiy yevropa 
mamlakatlari: Germaniya, Fransiya, va Buyuk Britaniyad - bozor iqtisodyoti va 
bank tizimi o‘ta rivojlangan davlatlarda so‘ngi yillarda banklar va boshqa 
moliyaviy institutlar tomonidan taqdim etilgan barcha kreditlarning umumiy 
miqdorining ular yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 150 % ni tashkil etadi
iqtisodiyoti qudratli Xitoyda bu ko‘rsatkich 200% dan ortiq, Yaponiyada 350%,
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham yuqori – YaIM ga nisbatan 2 baravardan 
15
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005-yil 16-iyuldagi 613-sonli «Tijorat banklari tomonidan 
yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomi


27 
ortiqni tashkil etadi.
16
(taqqoslash uchun - bizning mamlakatda bu ko‘rsatkich 
2017-yil yakuni bo‘yicha 44% ga teng)
17
Yuqoridagi ma’lumotlar bu 
mamlakatlarda kreditlsh amaliyotining anchayin kengligidan va rivojlanganligidan 
dalolat beradi. 
 
Jahonda keng qo‘llaniladigan kreditlash shakllaridan biri sifatida 
faktoringni ta’kidlash mumkin, bu kreditlash shakli jahon amaliyotida Tovar va 
xizmatlar yetkazib beruvchining pul mablag‘lari bilan taminlashda eng maqbul 
moliyaashtirish usullaridan biridir va muddati ham qisqaligi (asosan 90 
kungacha) faktoring bilan shug‘ullanuvchi banklar va kompaniyalar uchun juda 
qulaylik tug‘diradi. Rivojlangan mamlakatlarda banklardan ham ko‘ra bu kreditni 
faktoring kompaniyalari ko‘plab taqdim etadilar, 2016 yilda 2.3 trln yevrodan 
ortiq, 2017 yili esa 2.4 trln yevrodan ortiq faktoring kreditlari ajratilgan jahonda. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə