Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/32
tarix19.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#122451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni (1)

1-bob.

TIJORAT
 
BANKLARIDA KREDITLASHNI TASHKIL
ETISH ASOSLARI
 
1.1. Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etishning nazariy-
huquqiy asoslari 
Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va shu asosda bozor iqtiso- 
diyotiga bosqichma-bosqich o‘tib borishda aylanma mablag‘lar muhim 
o‘rin tutadi. Hozirgi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, pul 
muomalasini barqarorlashtirish asosida milliy pul birligini mustahkam- 
lashning asosiy yo‘llaridan biri ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni 
takomillashtirishdan iborat. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uning 
samaradorligini oshirish, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i energiya va boshqa 
resurslardan to‘g‘ri foydalanish, ularni ishlab chiqarishda qo‘llash, iqtisodlilik 
tamoyiliga rioya qilish, material xarajatlarini kamaytirish, arzon, lekin sifatli 
materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Shuni ta’kidlashimiz lozimki, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning 
samaradorligini ta’minlash va oshirish avvalambor aylanma mablag‘lardan to‘g‘ri 
foydalanishga bog‘liq. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 
kredit berish tijorat banklari tomonidan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi 
Qonuni asosida va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda amalga 
oshiriladi. Tijorat banklari tomonidan kreditlar o‘z kapitaliga, mustaqil balansiga 
va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 
beriladi. Bundan tashqari kreditlar yuridik maqomiga ega bo‘lmagan yakka 
tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish uchun ham ajratiladi. Tijorat banklari 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, ularning mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, 
shartnoma. asosida qisqa (12 oygacha beriladigan kreditlar) va uzoq (1 yildan
oshiq muddatga beriladigan kreditlar) muddatli kreditlar beradilar. Kreditlar 
asosan 
mijozning 
asosiy 
hisob-kitob 
hisobvarag‘i 
joylashgan 
tijorat
banki tomonidan beriladi. Zarar ko‘rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega 



bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kredit berilmaydi, ilgari berilgan 
kreditlar esa belgilangan tartibda muddatidan ilgari undirib olinadi. Kredit 
resurslaridan uzoq muddatli moliyaviy beqarorlik, xo‘jasizlik va zararlarni 
qoplash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning asosiy turi bo‘lib bank 
krediti, ya’ni tijorat banklari tomonidan beriladigan har xil turdagi va 
ko‘rinishdagi kreditlar hisoblanadi. Kredit munosabatlari yuzaga kelishi 
uchun uning obyektlari va subyektlari bo‘lishi lozim. Bank krediti sohasidagi 
kredit munosabatlarining subyekti bo‘lib, banklar hamda xo‘jalik subyektlari
aholi, davlat va boshqa subyektlar hisoblanishi mumkin. Ma’lumki, kreditlash 
jarayonida kredit munosabatlarining subyektlari bir tomondan kredit beruvchi va 
ikkinchi tomondan kredit oluvchi sifatida qatnashadilar. 
Kreditorlar bo‘lib, o‘zining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini 
ma’lum bir muddatga qarz oluvchi ixtiyoriga beruvchi jismoniy va 
yuridik shaxslar hisoblanadilar

Qarz oluvchi − o‘ziga tegishli bo‘lmagan mablag‘ni vaqtincha ishlatib, uni 
belgilangan muddatda qaytarib berish va u bo‘yicha foiz to‘lash majburiyatini 
oluvchi tomondir. Bank kreditiga kelsak, kredit munosabatlarining subyektlari 
bo‘lib, albatta, kredit beruvchi bank va qarzdor bo‘lib turli yuridik va jismoniy 
shaxslar hisoblanadilar. Kreditning bu turi asosan banklarning jalb qilingan 
mablag‘lar bilan ishlashi bilan bog‘liq. O‘zida jalb qilingan mablag‘larni ehtiyoji 
borlarga qayta taqsimlash orqali banklar kreditor sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 
O‘zbekiston Respublikasida xususiy, davlat, jamoa va kollektiv 
mulkchiligiga asoslangan korxona va tashkilotlar tuzilishi hamda faoliyat 
ko‘rsatishiga huquqiy asoslar yaratildi. Shu bilan birgalikda, aralash mulkchilikka 
asoslangan korxonalar ham ochilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘ldi. 
Ayniqsa, hukumat tomonidan xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni 
rag‘batlantirish, aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish, ularni 
xususiylashtirish va banklar faoliyatini erkinlashtirish sharoitida kredit 
munosabatlari subyektlarining ko‘lami oshib bormoqda. 



Yuqoridagilardan kelib chiqib, kreditlash tarkibini quyidagicha tasvirlash 
mumkin: 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə