Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi


-rasm. Tijorat banklarida Kredit mexanizmi tarkibi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/32
tarix19.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#122451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni (1)

2-rasm. Tijorat banklarida Kredit mexanizmi tarkibi
11
 
Kredit subyekti, obyekti, ta‘minoti, kreditlash metodlari va usullari, kredit 
monitoringini yuritish va boshqalar kredit mexanizimini tashkil etadi va ular 
kreditlash mexanizmining asosiy elementlari hisoblanadi. Albatta, kredit 
mexanizmining mohiyatiga turlicha yondashuvlar mavjud, lekin shu bilan birga, 
yuqorida keltirilgan elementlar kredit mexanizmining asosini tashkil etadi. Kredit 
11
Abdullayeva SH.Z. Bank ishi. T.: “Iqtisod-moliya” nashriyoti, 2017. – B. 237. 
Kreditlash mexanizmi 
Kreditlash 
subyektlari 
Kredit ta’minoti 
Kreditlash 
obyektlari 
Kreditlash 
usullari 
Kredit 
monitoringi 
Kreditor 
Qarz oluvchi 
Qarzga berilgan 
qiymat 


11 
munosabatlarini o‘rnatishda mazkur elementlarning qaysi biridir muhim 
ahamiyatni o‘zida mujassamlashtirishi va kreditorning qaror qabul qilishida hal 
qiluvchi omilga aylanishi mumkin. Masalan, obro‘li va xalqaro bozorda o‘z 
o‘rniga ega bo‘lgan kompaniya yoki firma, joriy faoliyatida moliyaviy 
qiyinchiliklarga duch kelib bank kreditiga murojaat etdi. Bunda bank iloji boricha 
unga kreditni berishga harakat qiladi, chunki bunday mijozni yo‘qotish bank 
uchun foydali emas. 
Qishloq xo‘jaligida banklar dehqonchilik va chorvachilik xarajatlari; 
mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i va boshqa xarajatlarni kreditlashadi. Umuman 
olganda, qisqa muddatli kreditlar quyidagi 3ta asosiy obyektni kreditlashga 
yo‘naltiriladi:
 
– Tovar-moddiy boyliklar;
– Ishlab chiqarish xarajatlari; 
– Hisob-kitoblar uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar.
Uzoq muddatli kreditlar quyidagi kreditlash obyektlariga yo‘naltirilishi 
mumkin: 

ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun; 

ishlab chiqarish obyektlarini qaytata’mirlash, texnik qurollantirish 
va kengaytirish uchun; 

texnikalar, asbob-uskunalar va transport vositalarini sotib olish 
uchun; 

yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun; 

noishlab chiqarish sohasidagi obyektlarni qurish va hokazo. 
Ko‘rinib turibdiki, kreditlarning turlariga qarab ularning kreditlash 
obyekti va subyekti farqlanadi. Masalan: 

tijorat kreditida − kreditlash obyekti tovar hisoblanib, subyekt 
esa sotuvchi bilan xaridor hisoblanadi; 

bank 
kreditida 
yuqorida 
ko‘rib 
chiqqan 
barcha 
obyektlar 
boiishi mumkin; 

iste’mol kreditida − kreditlash obyekti iste’mol tovarlari hisoblanadi; 


12 

xalqaro kreditda − kreditlash subyekti bo‘lib asosan davlatlarlar 
va xalqaro moliya tashkilotlari hisoblanadi va hokazo. 
Tijorat 
banklarida 
kreditlash 
jarayoni 
beshta 
tamoyil 
asosida 
amalga oshiriladi: 
5.
Kreditning maqsadliligi. 
6.
Kreditning muddatliligi.. 
7.
Kreditning qaytaruvchanligi. 
8.
Kreditning ta’minlanganligi. 
9.
Kreditning to‘lovliligi.
Kredit iqtisodiy munosabatlarni belgilangan tizimi sifatida boshqa 
pul munosabatlaridan farq qiladi, ya’ni pulning xarakati qaytarib berish 
sharti bilan amalga oshiriladi. 
Banklar tomonidan kreditlar albatta ma’lum bir maqsad uchun 
ajratiladi. Masalan, aylanma mablag‘larni to‘ldirish, asosiy vosita xarid 
qilish, ish haqi to‘lash va boshqalar uchun ajratiladi. 
Kredit so‘ralayotgan maqsad va uning samaradorligi darajasi kredit 
olish uchun taqdim etiladigan biznes rejada o‘z aksini topadi. Bank 
tomonidan ushbu reja va unda aks ettiriladigan maqsad hamda uning 
samaradorligi kreditning belgilangan muddatida qaytishiga to‘liq ishonch 
hosil qilingandagina kredit ajratish uchun qaror qabul qilinadi. 
Kreditning muddatlilik tamoyili, qaytarishlik tamoyili bilan uzviy 
bog‘liq bo‘ladi. Kreditlashning muddatliligi ikki tomonlama xarakterga 
ega. Birinchidan, kreditning mohiyati vaqtincha foydalanishga berilgan 
mablag‘larning qaytarilishinigina bildirib qolmay, balki bu qaytarilishni 
aniq muddatlarini belgilashni ham taqozo etadi. Kreditning muddati, bir 
tomondan foydalanishga berilayotgan kredit resurslarining bo‘sh turish 
muddati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan qarz oluvchining mablag‘- 
larga bo‘lgan vaqtinchaiik ehtiyojlarining muddatiga bog‘liq.
Qaytaruvchanlik 
tamoyili 
kreditning 
mazmunini 
ifodalab, 
bank 
tomonidan mijozlarga beriladigan har bir so‘m pul mablag‘lari yana 


13 
bankka qaytarilishi lozim. Qaytarib berishni iqtisodiy asosi sifatida mab- 
lag‘larning uzluksiz doiraviy aylanishi hisoblanadi. Qaytaruvchanlik kreditning 
ajralmas atributi hisoblanadi. Kreditning sanab o‘tilgan tamoyillari uning 
qaytaruvchanligini ta’minlash uchun xizmat qiladi

Kreditning keyingi tamoyili − kreditning ta’minlanganligidir. Bunda 
kreditning ta’minlanganligi kredit berilishiga asosan qarz oluvchining 
mulki, moddiy boyliklar zaxiralari, ko‘chmas mulki yoki ishlab chiqarish 
xarajatlari summasiga mos kelishi bilan belgilanadi, Bu o‘z navbatida 
kreditni 
o‘z muddatida qaytarilishiga kafolat berilishini tasdiqlaydi. 
Tijorat 
banklarining 
kreditlash 
amaliyotini 
tashkil 
qilish, 
uning 
samaradorligini ta'minlash xususidagi masalalar to‘g‘risida to‘xtalib, D.MakNoton 
rivojlanayotgan mamlakatlarda kreditlash amaliyotini tashkil qilishning zaruriy 
shartlaridan biri kreditlarni garov ta'minoti asosida berishni odatiy hol sifatida 
qabul qilishdir, degan xulosaga keldi.
12
Uning fikriga ko‘ra, garov sifatida 
olinadigan mulkning sotilish bahosi kredit va uning foizini qaytarishga yetishi 
lozim. Bizning fikrimizcha, olimning mulkni davriy baholash to‘g‘risidagi fikri 
respublikamiz amaliyoti uchun ham juda muhim hisoblanadi. Chunki mulklarning 
joriy bahosini tez-tez o‘zgarish holati mamlakatimizning xo‘jalik amaliyotiga xos 
bo‘lgan holat hisoblanadi. 
Ssudaning 
o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash uchun kredit 
shartnomasiga ko‘ra qarz oluvchi garovga ma’lum qiymatga ega bo‘lgan 
mol-mulkni qo‘yib rasmiylashtiradi. Agar kredit oluvchi kreditni o‘z 
vaqtida qaytara olmasa, u holda garovni sotish choralari ko‘riladi. Kredit 
miqdori garovga qo‘yilgan mulk qiymatining 50 foizidan 80 foizigacha 
miqdorida beriladi.
Kreditlashning yana bir tamoyili - olingan kredit uchun haq to‘lash 
yoki foizlilikdir. Bunda shartnomaga ko‘ra kredit oluvchi korxona o‘z 
ehtiyoji uchun kreditga olgan pul mablag‘laridan vaqtincha foydalan- 
12
МакНотон
Д. Банковские учреждения в развивающихся странах.
– Вашингтон : ИЕР МБРР,1993.- с.75.


14 
ganligi uchun bankka belgilangan haqni to‘lashi lozim. Amaliyotda bu 
tamoyil bankning foiz mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Yuqoridagi 5 ta tamoyil asosida kreditlar mijozlarga taqdim etiladi va 
ularning nazorati, monitoringi amalga oshiriladi.
Banklarning kreditlashini tashkil qilish turli me'yoriy-xuquqiy hujjatlarga, 
ya’ni davlatimiz qonunlari, prezident qaror va farmonlari Markaziy bank nizomlari 
va boshqa qonunosti hujjatlariga asoslanadi. Quyida ularga to‘xtalib o‘tamiz. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6-maydagi PQ-2344-son 
Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tijorat banklarining 
investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli 
kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida» 2009 yil 28 iyuldagi PQ-1166-sonli qarori bilan tijorat 
banklariga kredit portfeli tarkibidagi uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashtirish 
ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lash 
yuzasidan berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2020-yilning 1-yanvariga 
qadar uzaytirildi. 
Imtiyozli kreditlash maxsus Jamg‘armasining resurslari hisobidan berilgan 
kreditlar orqali tijorat banklari oladigan daromadlari, bo‘shayotgan mablag‘larni 
mazkur Jamg‘arma resurslarini oshirish uchun maqsadli yo‘naltirish sharti bilan, 
foyda solig‘ini to‘lashdan 5 yil muddatga ozod qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya 
vazirligining 2013-yil 14-oktyabrdagi 329-B va 98-son qaroriga asosan 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 19-noyabrda 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 2527-sonli “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli 
jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi 
to‘g‘risida”gi nizomga asosan:
Davlat maqsadli jamg‘armasi - O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka 
ko‘maklashish davlat jamg‘armasi;
Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi - davlat maqsadli jamg‘armasi 


15 
tomonidan kichik tadbirkorlik sub'yektlarini kreditlash uchun tijorat banklariga 
ajratiladigan mablag‘lar;
Qarz oluvchilar (qarzdor) - yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, 
kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik 
sub'yektlari e'tirof etilgan. 
Mikrokreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, muddatlilik, shuningdek maqsadli 
foydalanish shartlari asosida beriladi. 
Mikrokreditlar 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga qaytarish 
muddatini uzaytirish huquqisiz eng kam ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda 
beriladi. 
Mikrokreditlarning foiz stavkasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida 
belgilanadi. Bunda bank marjasi foiz stavkasining 50 foizini tashkil etadi. 
Imtiyozli davr bilan berilgan mikrokreditlar bo‘yicha foizlar ular berilgan 
kundan boshlab hisoblanadi va asosiy qarz imtiyozli davr tugaganidan keyingi 
kundan boshlab undiriladi. 
Mikrokreditlar: 

ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish; 

alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish; 

savdo-vositachi va umumiy ovqatlanish tashkilotlari aylanma mablag‘larini 
shakllantirish; 

savdo va umumiy ovqatlanish ob'yektlarini qurishni moliyalash, qimor va 
tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda ular uchun 
uskunalar sotib olish;

ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib
olish; 

ma'muriy xarajatlarni to‘lash, jumladan xizmat avtomobillari ta'minoti; 
Mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga to‘lov 
maqsadlari uchun berilishi mumkin emas. 
Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan mikrokreditlar: 


16 

chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish;

mahsulotlar ishlab chiqarish, xom ashyo va materiallarni tubdan qayta 
ishlash; 

hunarmandchilikni rivojlantirish; 

kasanachilikni tashkil etish;

xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun beriladi.
Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan ishlab chiqarishni 
kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun 
ajratiladigan mikrokreditlarni olishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi 
qatlamlari ustuvorlikka ega bo‘ladi: 

kam ta'minlangan oilalar a'zolari; 

tarkibida nogironlar, jumladan Ko‘zi ojizlar jamiyati a'zolari bo‘lgan oilalar; 

tarkibida ikki va undan ortiq ish bilan band bo‘lmagan a'zolari bo‘lgan 
oilalar; 

boquvchisini yo‘qotgan oilalarning a'zolari; 

yosh oilalarning a'zolari. 
Qarz oluvchi o‘zining mazkur bandda nazarda tutilgan oila a'zosi ekanligini 
tasdiqlash uchun bankka fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining 
ma'lumotnomasini taqdim etishi lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qaroriga asosan 
“Kichik tadbirkorlik sub'yektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi 
nizom”i (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil
27- dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami – 2546) ga asosan: 
1.
.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon 
va fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy korxonalar kreditlash ob'yektlari hisoblanadi. 
2.
i
Kreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta'minlanganlik, muddatlilik va 
maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi. 
3.
i
Kreditlar tijorat banki va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan kredit 
shartnomasiga muvofiq beriladi. 


17 
4. Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o‘zini-o‘zi qoplashini hisobga olgan 
holda quyidagi muddatlarga beriladi: 

qarz oluvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag‘larni 
shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab 
chiqishga - 12 oy muddatgacha; 

aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 18 oy muddatgacha; 

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma
mablag‘larni to‘ldirishga - 24 oy muddatgacha. 
5.
i
Tijorat banklari kreditlar bo‘yicha kreditlashning imtiyozli davrini 
belgilashlari mumkin. 
6. Kreditlar qonun hujjatlarida taqiqlangan faoliyat turlarini amalga oshirish 
uchun ajratilishi mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 18-iyulda 
1697-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Tijorat banklari tomonidan yosh 
oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi to‘g‘risida Nizom qabul qilindi. 
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining 
Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida», 
«Mikromoliyalash to‘g‘risida», «Ipoteka to‘g‘risida», «Iste'mol krediti 
to‘g‘risida»gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yosh 
oilalarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida» 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son Farmoniga muvofiq, tijorat 
banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli shartlar asosida mikrokreditlar, 
ipoteka va moliyaviy iste'mol kreditlari berish tartibini belgilaydi.
Mamlakatimizda paxta va g‘alla yetishtirish uchun kreditlar berish 2007-yil
14-aprelda Adliya vazirligida 1675 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan "Qishloq 
xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla 
yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi" to‘g‘risidagi 
Nizomga asosan amalga oshiriladi va bu kreditlar davlat extiyojlariga sotiladigan 
mahsulot qiymatining 60 foizigacha miqdorlarida yillik 3 foizlik ustama haq 


18 
to‘lash sharti bilan (2 foizli qismi bank marjasi) g‘alla uchun 12 oygacha, paxta 
xom ashyosi uchun 18 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi; 
Kreditlashni amalga oshirish bilan bog‘liq yana ko‘plab me’yoriy hujjatlarni 
nizomlarni keltirish mumkin, misol uchun mikrokreditlar va mikromoliyaviy 
xizmatlar 2006-yil 15-sentabrda qabul qilingan “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi 
qonunga binoan amalga oshiriladi. Kreditlash jarayoni uchun banklarga yo‘l 
boshlovchi bo‘ladigan yana bir me’yor bu ularning o‘zi ishlab chiqadigan kredit 
siyosati hisoblanadi. Kredit siyosati tijorat banklari kengashi tomonidan har
yili tasdiqlanadigan va bankning kredit faoliyati maqsadlarini, kredit portfelini 
samarali boshqarish maqsadida bank tomonidan kreditlashda yuzaga keladigan 
risklarni boshqarishda qo‘llaniladigan asosiy tamoyillar usullar va yondashuvlarni 
belgilab beradigan hujjat hisoblanadi. Tijorat banklari kredit siyosatini 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 2-martda qabul qilingan 
«Tijorat banklari kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida» gi nizomiga 
asosan ishlab chiqishadi. Bankning Kredit siyosati bank qanday kreditlar, qancha 
miqdorda, qanday shaklda, kimga qaysi shartlar va muddatlarda berilishini 
belgilaydi va bank kengashi tomonidan yiliga kamida bir marta tegishli yilning
1-fevraligacha ishlab chiqiladi. 
Shunday qilib banklarda kreditlash jarayoni biz yuqorida keltirib o‘tgan 
nazariy va huquqiy asoslarga va tamoyillarga binoan amalga oshiriladi va tartibga 
solinadi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə