15
Auditoriyada bajarish uchun 2-topshiriq:
1.
Byudjet daromadlari qanday mezonlar asosida klassifikatsiya qilinadi?
2.
Byudjet daromadlari manbalariga ko‘ra qanday guruhlanadi?
3.
To‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarning tarkibini aks ettiruvchi
chizma tayyorlang va xulosa yozing.
Auditoriyada bajarish uchun 3-topshiriq:
1.
Davlat byudjeti daromadlariga Byudjet
kodeksiga muvofiq qanday
daromadlar kiritilgan?
2.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati?
3.
Soliqlarning xarakterli belgilari va funksiyalari?
4.
Davlat byudjeti daromadlarining guruhlanishini aks ettiruvchi chizma
tayyorlang va xulosa yozing.
Auditoriyada bajarish uchun 4-topshiriq:
1.
Soliq tizimi deb nimaga aytiladi?
2.
Soliq islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha
davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari nimalardan iborat?
3.
Soliq kodeksining tegishli moddalarini o‘rganish asosida soliqlarning turli
belgilariga ko‘ra guruhlanishini aks ettiruvchi chizma tayyorlang va xulosa yozing.
Auditoriyada bajarish uchun 5-topshiriq:
1.
Xodim mehnatiga 2022 yilning yanvar oyida 1500000 so‘m,
fevral-aprel
oylarida esa, 1650000 so‘mdan ish haqi to‘langan. Xodimga yanvar oyida 2000000
so‘mlik maishiy texnika sovg‘a qilingan. Yanvar-mart oylarida xodimdan 643993,64
so‘m soliq, shu jumladan 5366,61 so‘m ShJBPJga ushlab qolingan bo‘lsa, Davlat
byudjetiga xodimning daromadidan qancha miqdorda daromad solig‘i ushlab
qolinadi?
2.
Imtiyozga haqli bo‘lgan xodimga 2022 yilning yanvar oyida 1600000 so‘m,
fevral-aprel oylarida esa, 1760000 so‘mdan ish haqi to‘langan. Yanvar oyida unga
nikohdan o‘tishi munosabati bilan 3500000 so‘m moddiy yordam ko‘rsatilgan va
2700000 so‘m qiymatga ega sovg‘a topshirilgan. Agar yanvar-mart oylarida
xodimdan 474551,98 so‘m, shu jumladan 3954,6 so‘m shaxsiy jamg‘arib boriladigan
16
pensiya jamg‘armasiga ushlab qolingan bo‘lsa, 2022 yilning
aprel oyida xodimning
daromadidan davlat byudjetiga qancha miqdorda soliq o‘tkaziladi?
3.
Xodimning mehnatiga 2022 yilning yanvar oyi uchun 1100000 so‘m, fevral-
aprel oylari uchun esa, 1200000 so‘mdan haq to‘langan. Xodim Toshkent
shahrida
joylashgan, maydoni 60 m
2
bo‘lgan turar joy binosini 2022 yilning 1-yanvaridan
boshlab ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 3000000 so‘m ijara haqi oldi.
Agar 2022 yilning yanvar-mart oylarida fuqarodan 420000 so‘m soliq, shu jumladan
3500 so‘m shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasiga ushlab qolingan
bo‘lsa, 2022 yilning aprel oyida xodimning daromadidan davlat byudjetiga qancha
miqdorda soliq o‘tkazilishi lozim?
Dostları ilə paylaş: