Toshkent moliya instituti mustaqil ish



Yüklə 80,72 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü80,72 Kb.
#134733
RAQOBAT Mustaqil ish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Mavzu

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


MUSTAQIL ISH


Kafedrasi:___________________________________
Fan:_Raqobat nazariyasi________________________
Tayyorladi:_Qobuljanov Samandar_____________________
Tekshirdi:_Tursunov B.O.____________________________


Mavzu : Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi faoliyatining samaradorligini oshirish.
Reja:

  1. Monopoliyaga qarshi qonunchilik__________________________3

  2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori_____________________________________6

  3. Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining vakolatlari_______16

  4. Foydalanilgan adabiyotlar________________________________22

1. Monopoliga qarshi qonunchilik.


Monopoliyaga qarshi siyosat — davlatning monopoliyaga qarshi kurash siyosati. Dunyo tajribasiga koʻra, Monopoliyaga qarshi qonunchilik, asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi. Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortigʻini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining maʼlum cheklangan miqdoridan ortigʻiga ega boʻla olmasligi belgilab qoʻyiladi. Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarta karshi qonunlar joriy qilinadi.
Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati milliy iqtisodiyotida raqobat oddindan shakllanib boʻlgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga, bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni shakllantirishga qaratilgan. Bozorda monopoliyani oʻrnatishga urinishlar va monopol mavqeni suiisteʼmol qilishni taqikdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun — Sherman qonuni AQShda 1890-yilda qabul qilingan. Monopoliyaga qarshi qonunchilikq. va uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan choratadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Rivojlangan barcha davlatlarda sogʻlom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli koʻrinishdagi, monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi. Masalan, AQShda monopoliyaga qarshi davlat siyosati — Federal savdo komissiyasi va Adliya departamentining trestlarga qarshi boshqarmasi, Rossiyada — Monopoliyaga qarshi siyosat va tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash vazirligi, Yaponiya va Janubiy Koreyada — Halol raqobat boʻyicha komissiya, Yevropa Ittifoqida esa — Raqobat boʻyicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekistonda monopoliyaga qarshi organ 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Monopoliyaga karshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil qilindi. 1996-yil 15-mayda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzurida Mo-nopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. 2000-yil 2 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarilib, mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi.
Oʻzbekiston davlatining raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy oʻrin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk oʻz egalari qoʻliga topshirilsa, ikkinchidan, koʻp ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muxiti vujudga keladi.
Raqobatni shakllantirishda iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak boʻlgan sohalardagi korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xoʻjalik yuritish mexanizmini ishlab chiqarish muhim oʻrin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari iqtisodiy jihatdan erkin boʻlishini, ularning faoliyati tijoratlashgan boʻlishini nazarda tutadi. Bozor iqtisodi-yotiga oʻtish davrida raqobatning asosiy usuli narx boʻlganligi sababli, narxlarni erkin qoʻyib yuborish raqobatli muhitni vujudga keltirishning asosiy talabi hisoblanadi. Shu maqsadda Oʻzbekistonda "Monopolistik faoliyatini cheklash toʻgʻrisida"gi qonun (1992-yil 3 avgust) qabul qilindi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga karatilgan bir turkum normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga koʻra, bozorda ataylab takchillik yaratish, narxlarni mo-nopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga toʻsqinlik qilish, raqobatning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda, agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35% dan ortiq boʻlsa, bu korxona monopolist korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi (oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% qilib belgilangan).
Respublikada monopoliyalar roʻyxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqeyini tartibga solishda bir qator usullardan: a) monopol mav-qedagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellik chegarasini belgilab qoʻyish; b) oʻz monopol mavqeini suiisteʼmol qilgan monopolik birlashmalarni bulib tashlash yoki maydalashtirish usullaridan foydalaniladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Isteʼmolchilarning hu-qukdarini himoya qilish tugʻrisida" (1996-yil 26-aprel) qonuni asosida gʻirrom raqobatga, shu jumladan, bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarning kirishiga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar bozorlarida monopolistax faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" qonuni (1996-yil 27 dekabr) monopolistlar tomonidan hukmronlik mavqeini suiisteʼmol qilishning oldini olish va mo-nopoliyadan chiqarish va sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadlarini koʻzlaydi. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqdarida raqobat muhitini shakllantirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Bu tarmoqdagi korxonalar, odatda, "tabiiy monopoliyalar" deb ataladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida"gi qonunida (1997-yil 25 aprel; yangi tahrirda 1999-yil 19 avgust) respublikada tabiiy mo-nopoliyalarga nisbatan davlat siyosatining huquqiy asoslari belgilab berildi. Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarning tub mohiyatidan kelib chiqqan holda monopoliyalarga qarshi va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilib, ularning Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan qonunchilik andozalariga mos kelishi taʼminlab borilmoqda.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 14 yanvardagi PF–5630-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi1-ilovaga muvofiq;
Oʻzb ekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda – Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi) boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 242 nafar, shu jumladan, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 75 nafar etib belgilansin.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining raisiga:
zarur hollarda, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari tuzilmasini tasdiqlash;
boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash;
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilib, ularga, istisno tariqasida, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorlarini belgilash;
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xodimlari uchun, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, ular egallagan asosiy lavozimi boʻyicha mansab maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar belgilash;
xalqaro amaliyotdan va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun kontrakt asosida jalb qilinadigan malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorini belgilash huquqi berilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda – Davlat raqobat qoʻmitasi) monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish va tovar-xom ashyo birjalarini litsenziyalash borasidagi barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan alohida masalalar boʻyicha – bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va hisobdor boʻladi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda u bilan kelishilishi shart;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha tashkilotlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi hamda Tekshiruvlarni elektron shaklda roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olinishi shart;
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining raisi, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha tegishli ravishda vazir, vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xodimlariga nisbatan qayta tashkil etilgan Davlat raqobat qoʻmitasi xodimlari uchun nazarda tutilgan tibbiy xizmat koʻrsatish tartibi saqlanib qoladi;
Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan ilgari berilgan hujjatlar va ular qabul qilgan qarorlar oʻz kuchini saqlab qoladi hamda uning qayta tashkil etilishi munosabati bilan bekor qilinmaydi yoxud oʻzgartirilmaydi.
4. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga:
raqobat muhitini rivojlantirish va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish masalalari yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlarga iqtisodiy, moliya, soliq organlari va boshqa organlar xodimlarini jalb qilish;
monopoliyaga qarshi siyosat va raqobatni muhofaza qilish sohalaridagi qonun buzilishi holatlarini hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlariga kiritish huquqi berilsin.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2019 yil 1 iyuldan boshlab xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qoʻshib olinishi boʻyicha bitimlar, shuningdek, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (jamgʻarmasi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish boʻyicha bitimlarga dastlabki rozilik berish uchun eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
6. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda byudjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) tashkil etilsin va uning manbalari quyidagilar etib belgilansin:
raqobat va tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlarning summasi;
raqobat, tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi taqdimnomalarini bajarilmaganlik uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablagʻlari;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qoʻshib olinishi boʻyicha bitimlar, shuningdek, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (jamgʻarmasi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish boʻyicha bitimlarga dastlabki rozilik berish uchun yigʻimlar;
Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga qoʻyishdan olingan daromadlar;
xalqaro institutlar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari mablagʻlari va homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari:
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining joriy xarajatlarini moliyalashtirishga;
xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlash, shuningdek, ular tomonidan turar joy sotib olinishini imtiyozli moliyalashtirishga;
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga;
jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar faoliyatiga, xalqaro va xorijiy tashkilotlarga haq toʻlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga sarflanadi.
8. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ikki oy muddatda:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining byudjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda:
Qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash metodikasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
qonun hujjatlariga raqobat va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, axborot bermaslik yoki bila turib notoʻgʻri axborot berish, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi taqdimnomalarini bajarmaslik, shuningdek, uning xodimlari faoliyatiga aralashganlik hamda ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni qonuniy bajarishlariga toʻsqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda taʼsir oʻtkazganlik uchun yuridik shaxslarga jarimalar qoʻllash va maʼmuriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzurida Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligini tashkil etish hamda tegishli davlat organlari va muassasalarining shtat birliklarini hamda isteʼmolchilar huquqini himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshirish borasidagi vakolatlarini unga oʻtkazish boʻyicha takliflar kiritsin;
v) 2019-2023 yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, unda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilsin:
raqobatni himoya qilish va rivojlantirish tizimini transformatsiya qilish hamda monopoliyaga qarshi tartibga solishning milliy iqtisodiyotda va jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy oʻzgarishlar va jarayonlarning yuksak talablariga javob beradigan mutlaqo yangi ilgʻor modelini yaratish;
tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishning moslashuvchan, shu jumladan, xulq-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) tamoyillariga asoslangan vositalari va usullarini joriy etish;
raqobatni himoya qilish boʻyicha oldini oluvchi vositalarni, shu jumladan, monopoliyaga qarshi komplayens mexanizmi – birinchi navbatda tovar va moliya bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar ichida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqlikni taʼminlash tizimini joriy etish;
ragʻbatlantiruvchi tariflar shakllantirishning raqobatni kuchaytiruvchi taʼsir koʻrsatadigan yangi yuqori samarali usullari va ularni qoʻllashni nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish hisobiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari (tariflari)ni davlat tomonidan tartibga solish tizimini tubdan takomillashtirish;
raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini, shu jumladan, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari transchegaraviy shakllarining oldini olish maqsadida yaratish;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun huquqiy taʼsir koʻrsatish choralarini kuchaytirish va bir vaqtning oʻzida huquqni qoʻllashda keng ixtiyor beradigan vakolatlarni bekor qilish;
“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qoʻyish maqsadida huquq-tartibot organlari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish;
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti metodikasi boʻyicha tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish indikatorlaridan foydalangan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) joriy etish;
raqobatni cheklash holatlarini aniqlash va ularga nisbatan taʼsir choralarini koʻrish tezkorligini oshirish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatiga innovatsion ishlanmalar va axborot texnologiyalarini joriy etish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining kadrlar salohiyatini tizimli ravishda oshirish, oliy oʻquv yurtlari oʻquv dasturlariga raqobat siyosati va raqobat huquqi sohasida kadrlarni tayyorlash boʻyicha maxsus yoʻnalishlarni joriy etish;
munosib moddiy taʼminot va ijtimoiy sharoitlar borasida ijtimoiy kafolatlarni nazarda tutgan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyati samaradorligini oshirish hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi turli omillarning oldini olish.
9. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining statistik axboroti majburiy tarqatiladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari doirasida ushbu qarorni 2019 yilda amalga oshirish boʻyicha Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xarajatlari uchun mablagʻlar ajratsin va 2020 yildan boshlab har yili zarur byudjet mablagʻlarini nazarda tutsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2019 yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur pul mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin va 5 ta xizmat, shu jumladan, 4 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun limit belgilasin;
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan maʼmuriy binolarini taʼmirlash hamda moddiy-texnika bazasini shakllantirish maqsadida zarur mebel, uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish uchun zarur pul mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasini telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
13. Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari qayta tashkil etilishi munosabati bilan yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni undirmagan holda tegishliligi boʻyicha:
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tasarrufiga oʻtadigan avtotransport vositalarini ichki ishlar organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazishni;
koʻchmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka boʻlgan huquqlarni Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga qayta rasmiylashtirishni amalga oshirsin.
14. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
15. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Toshkent shahri, Labzak koʻchasi, 3-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hududiy boshqarmalarini qayta tashkil etilgan Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy organlarining hozirgi joylashgan binolarida joylashtirilishini, zarur hollarda, yangi bino ajratilishini taʼminlasin.
16. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B.Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

3. Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasining vakolatlari.


O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mutasaddilik qiladigan davlat organlari ro‘yxatidan chiqariladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Raqobatni ta’minlash va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida belgilangan.
Farmonda belgilanishicha:
• O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mutasaddilik qiladigan davlat organlari ro‘yxatidan chiqariladi;
• Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi iste’molchilarning huquqlari bo‘yicha Ombudsman rolini bajaradi;
• Qo‘mitaning raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oliy Majlisi Senati tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
• Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va Agentlikning direktori Qo‘mita raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Belgilanishicha:
a) Qo‘mitaning asosiy vazifalari:
• raqobatni himoya qilish borasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va o‘zlari mas’ul bo‘lgan tarmoqlarda raqobatni rivojlantirish bo‘yicha davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
• tadbirkorlik sub’ektlarining tovar va raqamli bozorlarga erkin kirishidagi to‘sqinliklarni bartaraf etishda ko‘maklashish, shuningdek tovar va xizmatlarning erkin harakatlanishini ta’minlash;
• xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, «kartel» kelishuvlari va til biriktirish, nohalol raqobatga chek qo‘yish, shuningdek, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik;
• davlat aktivlarini sotishda, shuningdek, davlat xaridlari va strategik ahamiyatiga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlar va korxonalarining xaridlari davomida raqobatni himoyalash;
• bozor ishtirokchilariga monopol va yuqori likvidli tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishda, davlat xizmatlaridan, shuningdek ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tabiiy monopoliyalarning infratuzilmasidan foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash;
• qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash va imtiyozlar hamda preferensiyalar ko‘rinishidagi davlat ko‘magining ko‘rsatilishini nazorat qilish va uning samaradorligini baholash;
• tartibga solinadigan narxlari qo‘llanilishini, iqtisodiy konsentratsiya va birja savdolarini nazorat qilish;
• raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solish, shu jumladan transchegaraviy xarakterga ega bo‘lgan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarining oldini olish maqsadida;
• monopoliyaga qarshi komplayensni, shuningdek xulq-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) tamoyillariga asoslangan monopoliyaga qarshi tartibga solishning moslashuvchan vositalarini joriy etish;
• raqobatni targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni o‘tkazish va jamiyatda raqobatni cheklashning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasizlikni shakllantirish;
b) Agentlikning qo‘shimcha vazifalari:
• qonun hujjatlari va ularning loyihalarini iste’molchilarning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga ta’sirini kompleks baholash;
• elektron tijoratni amalga oshirishda, shu jumladan transchegaraviy xususiyatiga ega bo‘lgan, shuningdek elektron to‘lov xizmatlari yuzasidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish va amalga oshirish;
• tovarlarning ongli ravishda sifatli tanlovi va oqilona iste’mol qilish modellarini keng targ‘iboti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;
• iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini joriy etish;
• iste’mol mahsulotlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona mexanizmlarni ishlab chiqish va mahsulot bilan bog‘liq xatarlardan iste’molchilarni xabardor qilish;
• Agentlikni jamiyatda “xalq tuzilmasi” sifatida ijobiy tasavvurini shakllantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Quyidagi qo‘shimcha huquqlar beriladi:
a) Qo‘mita va uning hududiy organlariga:
• mulkchilik shakllaridan qat’i nazar barcha tashkilotlarda Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tekshiruvlarni tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda hamda tekshiruvlarni elektron shaklda ro‘yxatga olish yagona tizimida majburiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish orqali amalga oshirish;
• o‘z vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlarga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlariga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishini bartaraf etish yuzasidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan yozma ogohlantirishlar va ko‘rsatmalar berish;
• raqobatni himoya qilish masalalari, tabiiy monopoliya sub’ektlari faoliyatini nazorat qilishda amalga oshirilayotgan tadbirlarga iqtisodiy, moliyaviy, soliq, huquqni muhofaza qilish va boshqa organlari xodimlarini jalb etish;
• birja savdolarida narxlarning asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir xaridor tomonidan birja savdolarida xarid qilinadigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning maksimal hajmini belgilash;
• monopolist-korxonalarga va davlat ulushi ustun bo‘lgan tashkilotlarga mahsulotlarni savdo sessiyalariga qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatma berish;
• insofsiz raqobat to‘g‘risida ishlarni ko‘rib chiqishda intellektual mulk ob’ektning o‘xshashligi ekspertizasini o‘tkazish;
• davlat xizmatlari uchun belgilangan to‘lov miqdorlarining asoslanganligini nazorat qilish va zaruriyat bo‘lgan taqdirda ularni kamaytirish yuzasidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
• raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik holatlarini, shu jumladan kelishuvlarni (kelishilgan harakatlarni) aniqlash va ularga chek qo‘yish, ustun (monopol) mavqe va yuqori muzokara ustunligini suiiste’mol qilish, savdolar jarayonida raqobatni cheklash bo‘yicha harakatlar, auksion (birja) savdolarida narxlarni manipulyatsiya qilish, insofsiz raqobat va raqobatga qarshi harakatlarni aniqlash va oldini olish maqsadida monopoliyaga qarshi tergov o‘tkazish, bunda quyidagi harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi:
• tarafning joylashgan joyidagi va taraf yoki uchinchi shaxs o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan boshqa yerlardagi joylar, transport vositalari, yer va boshqa ob’ektlarga kirish va ularni ko‘zdan kechirish;
• hujjatlarni ular qanday saqlanayotganligidan qati nazar tekshirish;
• tegishli hujjatlarni olib qo‘yish, ulardan nusxa olish yoki skaner qilish, va agar texnik sabablarga ko‘ra buni amalga oshirish mumkin bo‘lmasa, monopoliyaga qarshi organning vakolatli shaxsi hujjatlarni olib qo‘yishi va mazkur hujjatlardan nusxa olish uchun talab qilinadigan butun vaqt mobaynida ularni saqlab turishi mumkin;
• tekshiruv davomida barcha xizmat joylari va hujjatlarga band qo‘yish;
• taraf vakili yoki uning xodimlaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar, shuningdek tergov predmeti bo‘lgan faktlar haqidagi hujjatlarni olish va agar yozma tushuntirish zarur bo‘lsa, monopoliyaga qarshi kurashish organining vakolatli shaxsi tushuntirish taqdim etilishi shart bo‘lgan muddatni belgilash;
• kelishuvlarni (kelishilgan harakatlarni) aniqlash va ularga chek qo‘yish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilmasdan to‘satdan tekshirishlarni amalga oshirish (dawn raid);
b) Agentlik va uning hududiy organlariga:
• iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda ularning nomidan ishtirok etadi;
• iste’molchilar huquq va manfaatlarini amalga oshirish yuzasidan suddan tashqari tergov o‘tkazish;
• davlat organlari va tashkilotlarining iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, iste’mol tovarlari va xizmatlari sifati va xavfsizligini ta’minlash, reklama bozorini tartibga solish sohasidagi, shu jumladan iste’molchilarning muammolarini ko‘rib chiqish va hal qilish tizimini samarali faoliyat yuritish faoliyatini muvofiqlashtirish;
• iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan savdo qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
• Agentlikning axborot tizimini iste’molchilarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalash;
• iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganishni tekshiruvlarni elektron shaklda ro‘yxatga olish yagona tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan holda ushbu jarayonni va huquqbuzarlik faktlarni qayd etish hamda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirish maqsadida shaxsiy kamera-videoregistratorlardan foydalanish sharti bilan amalga oshirish;
• chakana savdo nuqtalarida tovar va xizmatlarning nazorat xaridini amalga oshirish va ishlab chiqaruvchilardan hamda ulgurji yetkazib beruvchilardan tovar, buyum, xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlari namunalarini, shuningdek, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish qonunchilik talablariga muvofiqligini tahlillar, tadqiqotlar va ekspertizalar o‘tkazish uchun hujjatlarni olib qo‘yish;
• iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, Agentlikka axborot bermaslik yoki bila turib noto‘g‘ri axborot berish, uning ko‘rsatmalarini bajarmaslik, shuningdek uning faoliyatiga aralashganlik hamda uning xodimlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni qonuniy bajarishlariga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir o‘tkazganlik uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan jarimalar qo‘llash;
• O‘zbekiston Respublikasining har bir tarmog‘i va hududi bo‘yicha iste’molchilarni himoyalanganligi darajasi yuzasidan reytinglar tuzish;
• zaruriyat bo‘lgan taqdirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida tadbirlarni o‘tkazishda jamoat tartibini ta’minlash uchun ichki ishlar organlarning xodimlarini jalb qilish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI :

  1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari. O’zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “O’zbekiston”, 2014.

  2. O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi Qonuni. Qonunlar to’plami. T.:“Adolat”, 2011.

  3. O‘zbekistonRespublikasining”Xususiykorxonalarto‘g‘risida”giQonuni.Q onunlar to’plami.T.: “Adolat”, 2003

  4. O’zbekistonRespublikasiPrezidentining“Xususiylashtirish,monopoliyadanchiqarishvaraqobatnirivojlantirishdavlatQo’mitasinitashkiletishto’g’risid a”giFarmoni, 2012 – yil 13 – noyabr.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni, 2008 yil 28 yanvar. №PF-3135.

  6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 14 yanvardagi PF–5630-son Farmoni


Yüklə 80,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə