Toshkent moliya instituti


Banklarning vakillik hisob varaqalari ochilishi va yuritilishi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/3
tarix13.02.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#100754
1   2   3
nazorat ishi

Banklarning vakillik hisob varaqalari ochilishi va yuritilishi.

Bank hisobvarag‘i - bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish orqali bank mijoz (hisobvaraq egasi) hisobvarag‘iga kelib tushgan pul mablag‘larini qabul qilish va kiritib qo‘yish, mijozning hisobvarag‘idagi tegishli mablag‘larni o‘tkazish va berish hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi topshiriqlarni bajarish vazifasini o‘z zimmasiga olishi natijasida bank va mijoz o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni amalga oshirish vositasi.


Mijozlar banklarda quyidagi turdagi bank hisobvaraqlarini ochishlari mumkin:
a) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari;
b) jamg‘arma depozit hisobvaraqlari;
v) muddatli depozit hisobvaraqlari;
g) ssuda hisobvaraqlari;
d) boshqa depozit hisobvaraqlari1.
Jamg‘arma depozit hisobvarag‘i - bu mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamg‘ariladigan va shu maqsad uchun yo‘naltiriladigan yoxud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablag‘lar hisobi yuritiladigan hisobvaraqdir.
Muddatli depozit hisobvarag‘i - shartnomada qat’iy kelishilgan muddatga qo‘yilgan mijozlarning mablag‘lari hisobi yuritiladigan hisobvaraq.
Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i - mijozlarning birinchi talabi bilanoq beriladigan yoki o‘tkazib beriladigan mablag‘larning hisobi yuritiladigan hisobvaraq.
Ssuda hisobvarag‘i - belgilangan tartibda mijozlarga berilgan kreditlarning hisobi yuritiladigan hisobvaraq.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng birinchi marta milliy valyutada ochgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt asosiy hisobvarag‘ini ochgandan keyin milliy va chet el valyutasida ochadigan barcha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari uning ikkilamchi hisobvaraqlari hisoblanadi. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar yuridik shaxsning asosiy hisobvarag‘idan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko‘rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha banklarda milliy va chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, shuningdek, jamg‘arma, muddatli, ssuda va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish huquqiga egalar.
Byudjetdan mablag‘ oluvchi muassasalarga Davlat byudjeti hisobidan ajratiladigan mablag‘larni kirim qilish va bu mablag‘lardan foydalanish uchun byudjet hisobvaraqlari, shuningdek ushbu muassasalarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobini olib borish uchun talab qilib olinguncha, jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlari ochiladi. Markazlashgan mablag‘lar hisobidan kapital qurilishni moliyalashtirish uchun yagona buyurtmachiga har bir qurilish ob’ekti bo‘yicha alohida ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar ochiladi.
Bank o‘zining mijozlari yuridik va jismoniy shaxslarga hisobvaraqlar ochilayotganda, bank hisobvaraqlari (milliy yoki chet el valyutasidagi jamg‘arma depozit, muddatli depozit, talab qilib olinguncha depozit va ssuda hisobvaraqlari) bo‘yicha shartnoma tuziladi. Bank hisobvarag‘i shartnomasi bo‘yicha yuzaga keladigan munosabatlar tegishli qonuniy va me’yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida bank mijozning hisobvarag‘iga kelib tushayotgan mablag‘larni hisobvaraqqa kirim qilish va uni kiritib qo‘yish, mijozning hisobvaraqdagi mablag‘larni tasarruf etish borasidagi topshiriqlarini ijro etish shartlari, bu boradagi mijoz hamda bank huquqlari va majburiyatlari, bank xizmatlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan komissiyalar hamda boshqa shartlar belgilab olinadi.
Tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni to‘lanishiga qarab, pullik va bepul xizmat turlariga bo‘linadi. Ammo bu bankdagi xizmat turlarining ba’zilari bepul yoki pulli degan ma’noni bildirmaydi. CHunki, tijorat banklari o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, hisob-kitob, depozit va kredit operatsiyalarining tarkibidagi ba’zi xizmat turlariga haq to‘lashni belgilamasliklari mumkin2.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturining ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda amaldagi bank xizmatlariga belgilangan tariflarni qayta ko‘rib chiqdi. Bank xizmatlari bo‘yicha Tavsiyaviy tariflar ishlab chiqildi va mamlakat tijorat banklarining tarif siyosatlarini optimallashtirish bo‘yicha Banklararo kelishuv imzolandi. Tavsiyaviy tariflarga muvofiq, 187 ta xizmat turi ko‘rib chiqilib, 63 ta xizmat turi bepul amalga oshirilishi, 86 ta xizmat haqi 15 foizdan 95 foizgacha arzonlashtirilishi, shuningdek, xorijiy valyutada o‘rnatilgan 7 ta xizmat haqi milliy valyutaga o‘tkazilishi yuzasidan kelishuvga erishildi. Bepul amalga oshirilishi belgilangan xizmatlarning 29 tasi jismoniy shaxslarga, 25 tasi yuridik shaxslarga, 9 tasi esa yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlardir.
Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun bankka tegishli hujjatlar taqdim qilingan kundan so‘ng, banklar ikki ish kuni mobaynida hisobvaraqlar ochadilar. Hisobvaraqlar ochish uchun hujjatlar mijozning imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchasida ko‘rsatilgan yoki mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxslar tomonidan shaxsan taqdim qilinadi.
Milliy valyutada talab qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish tartibi. Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
a) 2-ilovadagi hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
b) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha (3-ilova);
v) mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati. SHaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng, bank tomonidan undan nusxa olinadi3. Tadbirkorlik faoliyati sub’ekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar hamda Byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza (2-ilova);
v) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha (3-ilova);
g) tadbirkorlik faoliyati sub’ekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis hujjatlari hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari, shuningdek, yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdan nusxa;
d) davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (Yuqoridagi 1948-13-sonli yo‘riqnomaga asosan).
Norezident yuridik shaxslar va norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik bilan belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan doimiy muassasalari milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:
a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza (2-ilova);
b) agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha (4-ilova);
g) norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxa olinadi (yuqoridagi 1948-13-sonli yo‘riqnomaga asosan).
Rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka (yuqoridagi 1948-13-sonli yo‘riqnoma,5-ilovasi) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinadi. Hisobvaraq ochish uchun ariza jismoniy shaxslar tomonidan shaxsan taqdim etilishi lozim. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan asosiy hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bankda jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun tegishli shakldagi ariza taqdim qilinadi. Jismoniy shaxslar tomonidan jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun tegishli shakldagi ariza va qo‘shimcha ravishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat shaxsan taqdim qilinadi.
Jismoniy shaxslarga bankning omonat kassalarida shaxsiy hisobvaraqlar ochish omonat kassasi nazoratchisi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi4. YUridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar boshqa banklarda ikkilamchi talab qilib olinguncha, muddatli, jamg‘arma depozit hisobvaraqlarini ochishda ham asosiy hisobvaraq ochish uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarni taqdim etishlari shart. Asosiy hisobvaraq ochilgan bankda qo‘shimcha ravishda milliy valyutada ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan maqsadli tadbirlar uchun hamda qonunchilik hujjatlari asosida ochiladigan ikkilamchi depozit hisobvaraqlar bundan mustasno. Boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Chhet el valyutasidagi talab qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish tartibi. Mijozlar tomonidan chet el valyutalarida hisobvaraqlar ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
a) tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza, imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha, mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
b) tadbirkorlik faoliyati sub’ekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan muvofiq hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza; imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha; tadbirkorlik faoliyati sub’ekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis hujjatlari hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari, shuningdek, yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
v) norezidentlar tomonidan hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza; davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha; norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
g) rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza (yuqoridagi 1948-13-sonli yo‘riqnomaga asosan).
Bunda, jismoniy shaxslar tomonidan qo‘shimcha ravishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat shaxsan taqdim qilinadi va bank tomonidan ushbu hujjatlardan nusxa olinadi. Mijozlarga bitta bankda ma’lum bir chet el valyutasida faqat bitta talab qilib olinguncha depozit hisobvaraq ochilishiga ruxsat etiladi.
Kredit shartnomasi kuchga kirgandan so‘ng keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan bank rahbari yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxs tomonidan beriladigan kreditning muddati, miqdori va foiz stavkasi ko‘rsatilgan holda, mijoz uchun ssuda hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida buxgalteriyaga berilgan farmoyishga asosan shu ish kunidan kechiktirmasdan mijozga ssuda hisobvarag‘i ochiladi.




  1. Yüklə 0,56 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə