Toshkent moliya instutiti andijon fakulteti “ijtimoiy–gumanitar va mutaxassislik fanlari” kafedrasi “sbia” yo‘nalishi 70. 22-guruh talabasi Abdulazizova Yorqinoy Shuxratjon qizining Iqtisodiyot nazariyasi fanidan “Kreditning mohiyati va vazifalari”



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/9
tarix20.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#102865
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Abdulazizova Yorqinoy

Kreditning funksiyalari:


1. Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish. Bunda kreditor va qarz oluvchi o‘rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, kreditor qarz oluvchiga resurslarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu resurslarni ishlatadi va bunda qarzga beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi o‘rtasida aylanadi.
2. Qayta taqsimlash. Kredit takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlariga – ta’minot, ishlab chiqarish, taksimlash, muomila va iste’molga xizmat kiladi.
3. Muomila harajatlarini tejash. Bu funksiya yordamida nakt pulsiz hisob-kitoblar rivojlantirilib, hisob-kitoblarni tezligini va kam harajatliligi ta’minlanadi. Kapitalning muomilada bo‘lish vaqtini tejalishi uning ishlab chiqarishda bo‘lish vaqtini oshiradi va ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydani ortishiga olib keladi.
4. Kapital to‘planishining jadallashuvi va markazlashuvi. Kapital to‘planishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z maqsadiga erishishining muhim sharti hisoblanadi. Bu ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kredit yordamida katta xajmdagi mablag‘ga ega bo‘lishga imkon yaratadi. Ushbu funksiya xozirgi sharoitda rejali iqtisodiyot davrida rivojlanmagan va mablag‘lar bilan ta’minlanmagan faoliyat jabhalarini moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash jarayonini sezilarli tezlashtiradi.
5. Muomilaga to‘lov vositalarini chiqarish. Bu funksiyani amalga oshirish jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul muomilasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, to‘lovlar aylanishining tezlashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kredit tufayli pul muomilasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni, naqd pulsiz hisob-kitoblarga almashtiradi. Bu esa ichki va tashki bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashinishining kerakli elementi sifatida muhim o‘rin tutadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə