Toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

Adaptiv  o‘zgarishlar
  –  bu  holatda  patologik  o‘zgarishlar 
bo‘lmaydi.  Masalan,  ayrim  insonlar  sovuqqa,  ayrim  insonlar  issiqqa 
moslashib oladilar. Ovqat, ish turlariga ham adaptatsiya bo‘ladi.  
Kompensator o‘zgarishlar
  – bu  holatda  hujayra  organoidlari  yoki 
ayrim  hujayralarda  zo‘riqishlar  bo‘ladi  va  bu  hujayra  buzilishiga, 
shaklini, hajmini o‘zgarishiga olib keladi (gipertrofiya, atrofiya), ayrim 
funksional o‘zgarishlar kuzatiladi.  
Tiklanadigan  o‘zgarishlar.
  Ba'zi  vaqtlarda  ta'sirot  yo‘qotilganda, 
hujayradagi o‘zgarishlar yo‘qoladi va tuzilmalar tiklanadi. Hujayraning 
har  xil  buzilishlarida  umumhujayraviy  o‘zgarishlar  vujudga  keladi. 
Me'yorda  hujayralar  bo‘yalganda,  mayda  donachalar  hosil  qiladi,  lekin 
hujayra  tuzilmalari  buzilganda  u  diffuz  bo‘yaladi.    Aksincha,  tiklanish 
yuz berganda yana donachalar hosil bo‘laveradi.  
Ta'sirotlar natijasida hujayrada bo‘ladigan o‘zgarishlar umumiy va 
maxsus  bo‘lishi  mumkin.  Umumiy  o‘zgarishlarga  membranali 
tuzilmalardagi  o‘zgarishlar  (shishlar,  o‘tkazuvchanlikning  o‘zgarishi), 
yadrodagi 
o‘zgarishlar 
(xromatin 
kondensatsiyasi, 
sintetik 
jarayonlarning sustlashuvi, perinuklear bo‘shliq kengayishi) yuz beradi.  
Mitoxondriylar  shishib,  kristalari  kamayadi,  endoplazmatik  to‘r 
parchalanib, mayda pufakchalarga aylanadi, ribosomalar kamayib, oqsil 
sintezi buziladi. Hujayralar o‘lganda yadrolari bujmayadi (kariopiknoz), 
parchalanadi  (karioreksis)  yoki  erib  ketadi  (kariolizis).  Maxsus 
o‘zgarishlarda  hujayrada  metobolitik  jarayon  buzilib,  ayrim  moddalar 
to‘planib  qolishi  mumkin  (yog‘li  distrofiyada  yog‘lar,  uglevodli 
distrofiyada uglevodlar to‘planib qoladi) va x.k.  
Ta'sirotlar hujayraning o‘limi (nekrozga) ham olib kelishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda fanda hujayralarning ikki xil o‘limi farqlanadi: nekroz va 
apoptoz (21-rasm).  
Nekroz  vaqtida
  tashqi  ta'sirot  natijasida  hujayra  membrana 
tuzilmalari  buziladi,  uning  o‘tkazuvchanligi  o‘zgaradi,  organellalar 
o‘zgaradi, hujayrada energiya hosil bo‘lishi sintetik jarayonlar buziladi, 
DNK  sintezlari  to‘xtaydi,  lizosomal  fermentlar  ko‘payib,  hujayrani 
parchalab tashlaydi.  


 
52 
Apoptozda
  hujayraning  o‘ldiruvchi  dasturi  -  genlar  ishlaydi. 
Apotoz  hujayraning  dasturiy  o‘limi    hisoblanadi  apoptozni  o‘zini-o‘zi 
o‘ldiruvchi  genlar  boshqaradi.  Apoptoz  jarayoni  tez  kechmaydi  va  u 
nekrozdan  farq  qiladi.  Avval  yadro,  keyin  sitoplazma  fragmentlarga 
parchalanadi, ya'ni hujayra bo‘laklarga bo‘linadi va apoptotik tanachalar 
hosil  bo‘lib,  ular  makrofaglar  tomonidan  fagotsitoz  qilinadi  yoki  erib 
ketadi.  Apoptoz  jarayoni  embriogenez  jarayonida  juda  katta  rol 
o‘ynaydi.  Bu  jarayonda  apoptozning  buzilishi,  turli  stenoz,  atreziya 
(ichak,  chiqaruv  naylari  teshiklarining  torayib  qolishi,  yoki  berkilib 
qolishi)  xolatlariga  olib  keladi.  Mitoz  va  apoptoz  o‘rtasida  me'yoriy 
balans  bo‘ladi.  Apoptoz  tezlashganda  yoki  sekinlashganda,  bu  balans 
buziladi va kasallikka olib kelishi mumkin bo‘ladi. Hozirgi vaqtda turli 
o‘sma kasalliklari ham apoptozning buzilishi bilan tushuntiriladi.  
 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə