|
 Toshkent pediatriya tibbiyot institutiumumiy va xususiy sitologiyaMitozning ahamiyati.
Mitoz tufayli - 1. Hujayrada irsiy
moddaning yangi hujayralarga o‘tkazilishi; 2. Irsiy moddalarning yangi
hujayralarga teng taqsimlanishi; 3. Organizmlar o‘sishi, rivojlanish,
regeneratsiyalanishi ta'minlanadi.
Meyoz jinsiy hujayralarning yetilish usulidir. Meyoz natijasida qiz
hujayralarda xromosomalarning gaploid to‘plami hosil bo‘ladi. Meyozda
ham bo‘linuvchi hujayralar avval interfazani o‘tadilar
. Meyoz ikkita
ketma-ket keluvchi (1-meyoz, 2-meyoz) jarayonlardan iborat.
Ularning
birinchisini reduksion bo‘linish, ikkinchisi esa ekvatsion bo‘linish deb
yuritiladi (9-rasm).
Asosiy o‘zgarishlar 1-meyozda va uning 1-profazasida kuzatiladi.
1-profaza 5ta (leptotena, zigotena, paxitena, diplotena, diakinez)
bosqichlardan iborat. Bu bosqichlarda gomolog hromosomalar
yaqinlashib (konyugatsiya), ular bir- birlarining o‘xshash qismlari bilan
almashinishadi (krossingover). 1 metafazada ekvatorga bivalentlar
(tetradalar) holida ikki qator bo‘lib joylashadi. 1 anafazada gomolog
xromosomalar butunligicha qutblarga ajrala boshlaydi. 1 telofazada esa
hromosomalari gaploid, DNK miqdori esa 2s bo‘lgan xujayralar hosil
bo‘ladi. 1 meyoz va 2 meyoz orasida interfaza kuzatilmaydi. Qisqa
interkinezdan keyin 2 -profaza boshlanadi. 2 metafazada ayrim
xromosomalar
ekvatorga
bir
qator
joylashadi.
2-anafazada
xromosomalar xromatidalarga ajralib, qutblarga siljishni boshlaydi. 2
telofazada esa xromosomalar gaploid to‘plamiga (p), DNK gaploid
miqdoriga (s) ega bo‘lgan hujayralar hosil bo‘ladi.
|
|
|