52
Apoptozda
hujayraning o‘ldiruvchi dasturi - genlar ishlaydi.
Apotoz hujayraning dasturiy o‘limi hisoblanadi apoptozni o‘zini-o‘zi
o‘ldiruvchi genlar boshqaradi. Apoptoz jarayoni tez kechmaydi va u
nekrozdan farq qiladi. Avval yadro, keyin sitoplazma fragmentlarga
parchalanadi, ya'ni hujayra bo‘laklarga bo‘linadi va apoptotik tanachalar
hosil bo‘lib, ular makrofaglar tomonidan fagotsitoz qilinadi yoki erib
ketadi. Apoptoz jarayoni embriogenez jarayonida juda katta rol
o‘ynaydi. Bu jarayonda apoptozning buzilishi, turli stenoz, atreziya
(ichak, chiqaruv naylari teshiklarining torayib qolishi, yoki berkilib
qolishi) xolatlariga olib keladi. Mitoz va apoptoz o‘rtasida me'yoriy
balans bo‘ladi. Apoptoz tezlashganda yoki sekinlashganda, bu balans
buziladi va kasallikka olib kelishi mumkin bo‘ladi. Hozirgi vaqtda turli
o‘sma kasalliklari ham apoptozning buzilishi bilan tushuntiriladi.
Dostları ilə paylaş: