Yaratish usuliga ko`ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi:
► 2D (inglizcha two dimension - ikki o`lchamli jumlasidan olingan).
► 3D (inglizcha three dimension - uch o`lchamli jumlasidan olingan).
Ikki o`lchamli grafika yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar bo`lib, ularga
misol sifatida printerda qog`ozga
chop etilgan fotosurat,
rassom tomonidan xolst
(maxsus mato)da chizilgan rasmlarni keltirish mumkin.
Uch o`lchamli grafika yordamida hajmga ega jismlar tasvirlanadi.
Bunda
jismning fazoda egallagan o`rni mayda kublar bilan to`ldiriladi. Agar
bu kublar
yetarlicha kichik bo`lsa, inson ko`zi ularni ilg`amaydi
va kublar yaxlit bir jism
sifatida ko`z o`ngimizda gavdalanadi.
Uch o`lchamli grafikadan animatsiya, kompyuter o`yinlari va virtual (xayoliy)
borliq yaratishda keng foydalaniladi. Virtual borliq, asosan, maxsus bosh kiyim –
shlemlarda tasvirlanadi.[16]
Oddiy grafika vaqt o`tishi bilan o`zgarmaydigan
tasvirlarni yaratish bilan
shug`ullanadi.
Ularga misol sifatida rasmlar,
fotosuratlar,
chizmalarni keltirish
mumkin. Kompyuter animatsiyasi vaqt o`tishi bilan o`zgaradigan tasvirlar yaratadi.
Masalan, multfilmlar, videoklip va videoroliklar.
Multimedia mahsulotlari rasmlar va animatsiya
bilan birga boshqa turdagi
axborotlarni, masalan, ovoz va matnni ham o`z ichiga oladi. Multimedianing o`ziga
xos jihati uning interfaolligi bo`lib, unda bir joy dan ikkinchi joyga o`tish imkoniyati
ko`zda tutilgan bo`ladi. Multimediaga yorqin misol sifatida butun olam to`ri -
wwwni, undagi www-saytlar va www-sahifalarni keltirish mumkin.