Toshkent tibbiyot akademiyasi gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi


Yoshga qarab o’zgarishlar va jinsiy xususiyatlar



Yüklə 29,44 Kb.
səhifə4/4
tarix30.12.2023
ölçüsü29,44 Kb.
#164734
1   2   3   4
Ontogenez

Yoshga qarab o’zgarishlar va jinsiy xususiyatlar.
Jinsiy etilish natijasida organizmning qayta ishlab chiqarishga qobilyatli holati-jinsiy etuklik boshlanadi. Qizlarda hayz va bolalarda pollusiya boshlanishi bilan nasl berishga biologik qobilyat va o`spirin yoshlarda 20-24 yoshda shakllansada haqiqiy jinsiy etilishanchagina kechroq-qiozlarda 18-20 yoshda boshlanadi. Bunda nasl qoldirish qobilyati psixologik va sosial etuklik bilan to`ldiriladi.Ayollar organizmining etukligi faqat homilador bo`lish, homiladorlik va tug`ish qobilyati bilan tugallanmaydi. Yangi tug`ilgan bolani, keyin esa emizikli bolani parvarish qilish,uni munosabatda bo`lishga o`rgatish, yangi odamning jismoniy va ma`naviy rivojlanishi uchun sharoit yaratish zarur.
Bolaning otasi homiladorlikni ta`minlashga qobilyatli bo’libgina qolmay, balki ayolga uni olib yurish va bolani parvarish qilish uchun, uning rivojlanishi va tarbiyasi uchun hamma sharoitni ta’minlab berish kerak. Manashu ishlarning hammasiga odam 15-16 yoshda qobiliyatli bo’ladimi? Albatta yo’q. U faqat jismoniy yetilibgina qolmay, ham ma’naviy, ham sotsial to’la qimmatli shaxs bo’lishi, oila qurish va bolalarni tarbiyalash yuzasidan axloqiy va moddiy ma’suliyat ni o’z ustiga olishga qobiliyatli bo'ladi.

Organizmning rivojlanish jarayoni embrion va yangi tug’ilgan bolalarda bir tekis bormaydi. Embrion davrida gavdaning yuqori qismi yo’ldoshdan keladigan toza qon bilan ko’proq ta’minlanadi. Shuning uchun ham embrionning bir bo’lagi organizmning pastki qismiga nisbatan yaxshi rivojlanadi. Jumladan yangi tug’ilgan (bu davr 3-4 haftagacha cho’ziladi) chaqaloqning kallasi bo’yinning 1/2 bo’lagiga (kattalarda esa 1/7-1/8 bo’lagiga) teng keladi. Chaqaloqlarning oyoqlari juda kalta bo’lib, deyarli qo’llariga teng turadi. Chaqaloqlarning uzunligi 50sm, og’irligi 3000-3500 g gacha bo’ladi. Chaqaloq tug’ilgach ehtiyoj orqali nafas oladi, qon aylanishi mustaqil bo’lib, o’pkada tozalanadi. Modda almashinuvi jarayoni hazm qilish tizimi orqali bajariladi. Shunday qilib, yangi tug’ilgan chaqaloqlar gavdalarining shakllari va tuzilishidan keskin farq qiladi. Bola tug’ilganidan keyin organizmdagi rivojlanish davrida mavjud bo’lgan qismlarning kattalashishi hisobiga boradi. Gavdaning rivojlanish jarayoni bir tekisda davom etmaydi. Shuning uchun bu rivojlanish jarayoni to’t davrga ajratib o’rganiladi.
  1. Chaqaloqning tishlari chiqmagan, ko’krak emish davri 4 haftadan 1 yoshgacha bo’ladi. Bu davrda chaqaloqning qorni ko’kragiga nisbatan ko’tarilgan bo’lib, chig’anog’i tor bo’ladi, miya po’stloq osti yadrolari yaxshi rivojlana boshlaydi.
  2. Sut tishlarining chiqish davri 1-7 yoshgacha davom etadi. Bu davrda bolalarning bo’yiga qarab o’sishini oyoqlarining rivojlanishidan bilinadi, o’g’il bolalar bilan qizlarning tashqi belgilari sezilarli darajada rivojlanmagan bo’ladi.

  3. Biseksual bolalik davri 8-15 yoshgacha bo’lib, o’g’il bolalar bilan qizlarning gavdalarida tashqi ko’rinishdagi ikkilamchi belgilar rivojlanadi. Qizlarning yog’ to’qimalari o’g’il bolalarga nisbatan yaxshi takomillashadi, terisida tuklari kam bo’ladi, ko’krak bezlari yaxshi rivojlanadi. O’g’il bolalarning terisi sertuk dag’alroq bo’lib, ko’krak bezlari qoldiq sifatida uchraydi.

  4. Balog’atga yetish (o’spirinlik) davri 15-20 yosh. Bu davrda o’g’il bolalar o’spirin bo’lib, qizlar (13-14 yoshdan 18 yoshgacha), balog’atga yetadi. Organizmning umumiy rivojlanishi 23-25 yoshgacha davom etadi. Shunday qilib erkak va ayol ajratadigan (jinsiy a’zolar va bezlardan tashqari) ikkilamchi yoki tashqi alomatlar paydo bo’ladi. Umuman ayollar tanasi erkaklar tanasiga qaraganda uzunroq bo’lib, qo’l va oyoqlari kattaroq, yelkalari qisqaroq, chanoq bo’lagi keng va kattaroq bo’ladi. Ayollarning bo’yi erkaknikidan pastroq, og’irligi esa o’rtacha, bir oz kam bo’ladi. Erkak muskullarining jami vazni umumiy gavda vaznining 40% ni tashkil etsa, ayollarda erkaklarga nisbatan 8-10% kam bo’lib, 32% ni tashkil qiladi. Ayolning ko’krak qafasi erkaknikiga nisbatan kalta va torroq, qorin kattaroq bo’ladi.

5.O’spirinlik davridan katta yoshga o’tish, ayollarda 20 yoshdan 40 yoshgacha, erkaklarda 25 yoshdan 45 yoshgacha davom etib, so’ngra keksalik va 70 yoshdan boshlab esa qarilik davrlari boshlanadi. Uzoq umr ko’ruvchilar 90 yoshli odamlardan boshlab hisoblanadi.

Adabiyotlar



  1. Ivaniskiy M.F.Anatomiya cheloveka. M.,1985.

  2. Lipchenko V.Ya., samusev R.P. Atlas normalnoy anatomii cheloveka. M., 1988.

  3. Nikityuk B.A., Chtesov V.P. Morfologiya cheloveka. M.,1983.

Xudoyberdiyev R.I. Odam anatomiyasi.T.,1975.
Yüklə 29,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə