|
Toshkent tibbiyot akademiyasi gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasiO’sish davri-bu davrda butun morfologik, fiziologik va bioximik tizimlari shakllanadi
|
səhifə | 3/4 | tarix | 30.12.2023 | ölçüsü | 29,44 Kb. | | #164734 |
| Ontogenez O’sish davri-bu davrda butun morfologik, fiziologik va bioximik tizimlari shakllanadi. Yetilish davri-organizmning butun biologik xususiyatlari to’liq yetiladi, rivojlanadi va ma’lum vaqt mobaynida o’zgarmaydi. Keksayish davri-bu tana hajmlari kichiklashadi, ma’lum fiziologik funksiyalari sustlashadi. Biologik yosh haqida tushuncha
1965 yilda mashhur antropolok V.V.Bunak odamning biologik yoshini aniqlashdan ontogenez jarayoni 3 ta bosqichdan, ya’ni progressiv, barqaror va regressiv bosqichlardan iborat ekanligini ko’rsatdi.
Progressiv bosqichda tana bo’yiga qarab aktiv o’sadi. Organizmda qurilish jarayonlari yemirilish jarayonlariga nisbatan ustunlik qiladi. Miqdoriy va sifatli o’sish to’xtashi bilan bosqich tugallanadi.
Barqaror bosqichda organizmning funksional ko’rsatkichlari ma’lum bir stabil holda o’zgarmaydi, teri osti yog’ qatlami qalinlashadi, tananing umumiy vazni oshadi.
Regressiv bosqich-tana vazni kamayadi, tana harakatlarining tezligi sustlashadi, organizmning funksional ko’rsatkichlari ham pasayadi. Bu bosqichda yemirilish jarayonlari qurilish jarayonlariga nisbatan ustunlik qiladi. Tavsiya etilgan jadvalda Bunakning individual taraqqiyotining davrlarga bo’linishi ko’rsatilgan.
Postnatal taraqqiyotning davrlarga bo’linishi umumlashtirilgan jadvali qabul qilingan. Bu jadval antropologiyada, pediatreyada va pedagogikada keng qo’llaniladi.
Chaqaloqlik davri-1-10 kun.
Ko’krak emish davri- 10 kundan 1 yilgacha
Erta bolalik davri- 1 yoshdan 3 yoshgacha
Birinchi bolalik davri- 4 yoshdan 7 yoshgacha
Ikkinchi bolalik davri-8-12 yoshgacha ( o’g’il bolalarda), 8-11 yoshgacha (qizlarda).
O’smirlik davri-13-16 yoshgacha(o’g’il bolalarda), 12-15 yoshgacha (qizlarda).
Balog’atga yetilish davri- 17-21 yosh (o’g’il bolalarda), 16-20 yosh (qizlarda).
Yetilgan davri (I bosqich)-22-35 (erkaklarda), 21-35 (ayollarda); (II bosqich)-36-60 (erkaklarda), 36-55 (ayollarda).
Keksalik davri-61-74 yosh (erkaklarda),56-74 yosh (ayollarda).
Qarilik davri-75-90 yosh (erkak va ayollarda).
Uzoq yashovchilar-90 yosh (erkak va ayollarda).
Dostları ilə paylaş: |
|
|