Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti "tasdiqlayman"



Yüklə 5,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/87
tarix27.12.2023
ölçüsü5,36 Kb.
#163029
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87
1-kompyuter-grafikasi-asosiy-majmua3

«Зеркало » - «Ko‘zgu» buyrug‘i 
 
Kompyuterda grafik axborotlarni biror chiziqqa nisbatan simmetrik tasvirlarini 
«Zerkalo»-«Ko‘zgu» buyrug‘idan foydalanib osongana yasaladi. «Зеркало »-«Ko‘zgu» buyrug‘i 
quyidagi algoritm asosida bajariladi: 
1. Ob’ekt ajratiladi va «Зеркало »-«Ko‘zgu» 
buyrug‘i «Sichqon» yordamida yuklanadi. 
Shunda, muloqotlar darchasida navbatdagi «Simmetriya o‘qining birinchi nuqtasini kiriting» 
so‘rovi paydo bo‘ladi. Bu so‘rovga, so‘ralgan nuqta kiritilgach, navbatdagi «Simmetriya o‘qining 
ikkinchi nuqtasini kiriting» so‘rovi paydo bo‘ladi.
 
2. Ikkinchi so‘ralgan nuqta kiritilgach, so‘ngi «Berilgan tasvir yo‘qotilsinmi yoki 
yo‘qotilmasinmi (Da\Net) so‘rovi paydo bo‘ladi. Bu qo‘shimcha buyruqlarni birortasini bosh harfi 
kiritiladi. Agar 
D
harfi kiritilsa, berilgan tasvir chizmadan yo‘qolib, unga simmetrik bo‘lgan tasvir 
paydo bo‘ladi. Agar 
N
harfi kiritilsa, berilgan tasvir chizmada o‘z o‘rnida qolib, unga simmetrik 
bo‘lgan tasvir paydo bo‘ladi. Kompyuter har doim N harfini taklif qiladi. Shuninig uchun ikkinchi 
so‘rovga simmetriya o‘qining ikkinchi nuqtasini kiritib, 
«Enter»
tugmasi yuklansa, berilgan 
chizmaga simmetrik bo‘lgan tasvir, masalan berilgan ikki aylanaga, simmetriya o‘qi-tasvirdagi 
to‘g‘ri chiziqqa nisbatan ikkita aylana chizilib qoladi. 
 
«Подобие » - «Ob’ektni o‘zgartirmay berilgan masofaga surish» buyrug‘i va undan foydalanish 
algoritmi 
«Подобие »-«Ob’ektni o‘zgartirmay berilgan masofaga surish» 
buyrug‘idan 
foydalanib biror chizmani ekranning bir joyidan ikkinchi joyiga berilgan masofada o‘ziga parallel 
holda, bir va bir nechta tasvirlarini yasash mumkin. Ekrandagi biror kesmaga 25 mm uzoqlikda 
o‘ziga parallel bo‘lgan kesmani bir yoki bir nechta tasviri bu buyruqdan foydalanib, kuyidagi 
algoritm asosida bajariladi:
 
1. «Подобие »-«Ob’ektni o‘zgartirmay berilgan masofaga surish» buyrug‘i «Sichqon» 
yordamida yuklanadi. 
Muloqatlar oynasida quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi: «Surish masofasini kiriting». So‘ralgan 
masofa, masalan, asosiy yozuv kataklarini bajarish uchun 5 mm (mm lar yozilmaydi) terib kiritiladi 
va «Enter» bilan qayd etiladi. Shunda, muloqatlar qatorida navbatdagi so‘rov paydo bo‘ladi: 
«Surish ob’ektini tanlang».
2. Kesma kvadrat nishoncha bilan ajratiladi. Shunda, navbatdagi so‘rov paydo bo‘ladi: 
«Surish nuqtasini va yo‘nalishini belgilang». Surish nuqtasi va tomoni kursor yordamida «Sichqon» 
bilan ko‘rsatiladi va yuklanadi. Natijada, kesmadan berilgan masofada unga parallel bo‘lgan kesma 
chiziladi. Bu amallarni qayta-qayta bajarib, oraliqlari berilgan masofaga teng va o‘zaro parallel 
bo‘lgan kesmalar dastasini chizish mumkin. Bunda har gal ohirgi chizilgan kesma surish ob’ekti 
sifatida olinadi, (1-rasm).

Yüklə 5,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə