Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Shakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar



Yüklə 78,21 Kb.
səhifə19/26
tarix11.05.2022
ölçüsü78,21 Kb.
#86735
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Mallaboyeva Mavluda.doc99

Shakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar. Bunday sifatlar orqali predmetning turli shakl-ko’rinishlari, ichki va tashqi forma-lari ifodalanadi: dumaloq, yassi, o’zunchoq, qiyshiq, to’garak, do’ng va b.

Shakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar bilan holat bildiruvchi sifatlar ba’zan mos kelishi mumkin: semiz, ozg’in, pachoq, bukir kabi. U oriqqina bo’lsa ham qo’li, boldirlari tiqmachoq, uzunchoqroq yonoqlari ham yapaloqroq, «8» rakamiga o’xshab ke-tadigan lablari ham etuk qizlarga xos bo’liq tirsillama (A. Muxtor).

O‘quvchilarga nazariy ma’lumot tushuntirilgach sinov tariqasida bir necha savol beriladi. Qoniqarli javob olingach, ularning buni qay darajada o‘zlashtirganligini aniqlash hamda uni mustahkamlash maqsadida mashq bajartiramiz. Gaplarni o‘qing. Sifatlarni topib, ularni izohlang. Ushbu mashqni bajarishda 6 x 6 x 6 metodidan foydalaniladi. Bu guruhning har bir a’zosini faollik, o‘z fikrini ifoda etish, guruhdoshlarining fikrini tinglash va tanlay olish, o‘rtaga tashlangan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatadi. Ushbu metodda 5,6,7,8 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lishi mumkin. 6 tadan qo‘yilgan stulga o‘quvchilar joylashib olib, bo‘linadi. Mashqdagi gap o‘qiladi. Shakl-ko’rinish sifatlarni topib, ular izohlanadi guruh a’zolari maslahatlashib javoblarini guruh sardori yozib, javobini eshittiradi. Birinchi va to‘g‘ri, chiroyli yozib bo‘lgan guruh har bir a’zosi rag‘batlantirilib, baholanadi.


  1. Kasbning katta-kichigi bo‘lmaydi. (M.Oripova). Katta-kichik zid ma’noli, ma’no umumlashgan.

  2. Shu payt toshdan tushib kelayotgan sarg‘ish-qo‘ng‘ir ayiqning bahaybat gavdasi ko‘rinib qoldi. (P.Qodirov). Sarg‘ish-qo‘ng‘ir o‘zaro yaqin ma’noli, ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat.

  3. G‘ir-g‘ir shaboda turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keldi. (Oybek). Turli- tuman o‘zaro yaqin,ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat.

  4. Baland-past devorlar orasidagi mevalarning oq, pushti, qizil guliga tabassum bilan qaraysan. (O‘.Umarbekov). Baland-past o‘zaro zid ma’noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan.

Yuqoridagi mashqda shakl-ko’rinish sifat topib izohlash bilimlari tekshirilib ko‘rilsa quyidagi mashqda esa nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlarning mosini qo‘yib juft sifat yasash bilimi tekshiriladi. Dastlab orqa partada o‘tirgan o‘quvchilar bitta- bitta gaplarni ifodali o‘qib berishadi. Mashqni yana guruh bo‘lib bajariladi. Uchta qatorda joylashgan partalarga qarab o‘quvchilarni 3-guruhga bo‘lib olamiz. Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun tamoyiliga amal qilib, qaysi qator to‘lib mashq topshiriq asosida jamoada hamjihatlik o‘quvchilarda inoqlik bilganlarini tortinmasdan aytish ko‘nikmasi shakllana boradi.

Bexato va to‘g‘ri, tez bajargan guruh a’zosi taqdirlanadi.



    1. Shoshilish, yengil –yelpi ishlarga havas, jahldorlik-nodonlar ishi.

    2. Goho-goho keladigan uzuq –yuluq xabardan boshqa aloqa yo‘q. (O.Yoqubov).

    3. Sehrli qalpoq axtarib eski-tuski kiyim-boshlar tashlanadigan burchak- surchaklarni tintuv qilib yurgan edim. (X.To‘xtaboyev).

    4. Mayda-chuyda narsalar tugilgan ro‘molni ko‘tarib qorovulxonaga kirdi. (N.Yoqubov).

    5. Mahallaning qora-qura bolalari shoxdan-shoxga tirmashadi. (O‘.Hoshimov).

Uyga vazifa.

Gaplarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga izoh bering. Ular ishtirokida gaplar tuzing. Namuna: Esli-hushli yoshlar yurtimiz ravnaqiga hissasi beqiyosdir.



  1. G‘adir-budir past-balandliklar tekislanib ulkan binolar qad ko‘tarmoqda.

  2. Arzon-garov o‘yinchoqlar o‘zimizda ishlab chiqiladi.

  3. Bu yilgi yog‘ingarchilik o‘ydim-chuqur yo‘llarni ko‘payishiga sabab bo‘ldi.

  4. Alg‘ov-dalg‘ov ishlar chek-chegarasi yo‘q edi.

  5. Kech kirib, yakkam-dukkam quyoshning nuri qolgan edi.

Hajm-o’lchov-masofa bildiruvchi sifatlar. Bunday sifatlar predmetning hajmi, o’lchovi, miqdori kabi belgilarini ifoda etadi: keng, tor, uzun, chuqur, chog’, yirik va b. Bu sifatlar ayrim tomonlari bilan shakl va holat bildiruvchi sifatlarga o’xshab ketadi: Qeng dala,.. hamma yoq lolalardan libos kiygan ( Sh. R a sh i do v). Ummatali yukni orqalab, katta ko’cha tomonga yurdi (Shuhrat). Qatakday kichik, er bag’irlagan qing’ir qiyshiq. xarob uylarda rus ishchilari yashaydi (O y b e k). B i z olis, begona, notanish sohillar sari yo’l oldik.

O‘qing. Hajm-o’lchov-masofa bildiruvchi sifatlar topib, ularning ma’nolarini tushuntiring. O‘quvchilarni uch guruhga bo‘lib olamiz. Og‘zaki ravishda ushbu mashqni bajartiramiz. Har bir guruh darslikda berilgan mashqni o‘z a’zolari bilan maslahatlashib birinchi to‘g‘ri bajargan guruh g‘olib sanaladi hamda taqdirlanadi. Uch guruh ham belgilangan mashqni bajargandan so‘ng guruh sardorlari javoblarini uch bo‘lakka bo‘lingan doskaga yozishadi. Javoblar jamoa bo‘lib tekshiriladi. Xatolikka yo‘l qo‘ymagan guruh taqdirlanadi.



  1. O‘z onamni elas-elas xotirlayman. Ko‘zlari qop-qora chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. (O‘.Hoshimov). Elas-elas, takroriy so‘z ma’no ta’kidlanayapti, uzun-uzun bir asosning aynan takrorlanishidan hosil bo‘lgan ma’no kuchaytiryapti.

  2. Qishloq obod bo‘lsa katta-katta ko‘chalar tushsa, kim qarshilik qiladi. (O‘.Umarbekov). Katta-katta bir asosning aynan takroridan hosil bo‘lgan takroriy sifat. Takroriy sifat belgini kuchaytirishga xizmat qilyapti.

  3. Kimdir yelpib-yelpib, barra-barra go‘shtlardan kabob pishiryapti. Yelpib- yelpib, barra-barra bir asosning aynan takroridan hosil bo‘lgan sifat. Takroriy sifat belgini kuchaytirishga xizmat qilyapti.

  4. Yangi-yangi ariqlar kavlab, ariqlar ochamiz. (A.Muxtor). Yangi-yangi bir asosning aynan takroridan hosil bo‘lgan sifat. Takroriy sifat belgini ta’kidlaydi.

Mashqni bajarish davomida o‘quvchilar nafaqat jamoa bo‘lib balki yakka mustaqil tanqidiy fikrlashga, mavjud bilimidan foydalanib, jamoaga o‘z fikrini bildirishga, ta’sir etishga hamda fikrini qisqa va lo‘nda ifodalashga o‘rgatadi.


Yüklə 78,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə